Bajardi: Artiqova Madina Tekshirdi: Bababekova Nargiza Reja: Keynsning makroiqtisodiy muvozanat nazariyasi


Download 29.35 Kb.
bet2/6
Sana17.06.2023
Hajmi29.35 Kb.
#1537588
1   2   3   4   5   6
Jamg`arish-investitsiya grafigi

1936 yili ingliz iqtisodchisi Jon Meynard Keyns kapitalizm iqtisodiyotiga yangi, ish bilan bandlik nazariyasini kiritadi. U o`zining «Pul, foiz va ish bilan bandlikning umumiy nazariyasi» asarida yangicha iqtisodiy muvozanat nazariyasini izohlab berdi.


Keyns makroiqtisodiy muvozanatga to`liq bo`lmagan bandlik sharoitida ham erishish mumkinligini, to`la ish bilan bandlik qonuniy holat emasligini, balki tartibga solinmagan iqtisodiyotda tasodifiy ro`y berishigina mumkinligini isbotlab berdi. Shuningdek, bu nazariyada iqtisodiyotdagi tebranishlar faqat urush, tabiiy ofat va shu kabi vaziyatlargagina bog`liq emasligini, balki u tinchlik yillarida ham ichki omillarning salbiy oqibatlaridan kelib chiqishi mumkinligi asoslagan. Ishsizlik va inflatsiyaning kelib chiqishi investitsiya va jamg`armalarga bevosita bog`liq. Narxlarning oshishi va ish haqining pasayishi boshqa salbiy omillar bilan birga iqtisodiyotning beqarorligiga olib keladi.
Bunday nomutonosibliklar rejalashtirilgan investitsiyalar va jamg`armalarning bir-biriga mos kelmasligi tufayli ro`y beradi.
Bunga sabab birinchidan, jamg`arish va investitsiyalash to`g`risidagi qarorlarni har xil guruhlardagi odamlar turli maqsadlarda qabul qilishi bo`lsa. ikkinchidan, jamg`aruvchilar va investorlarni jamg`arish va investitsiyalashga turlicha sabablar undaydi. Keynschilar fikricha, jamg`arma va investitsiyalar bitta omilga bog`liq bo`lmagan holda turli sabablar asosida amalga oshiriladi. Masalan, kishilar qiymati o`zining ish haqi miqdoridan ortiq bo`lgan mahsulotlarni sotib olish uchun, masalan avtomobil yoki televizor xarid qilish uchun jamg`arishadi. Jamg`armalar biror shaxs yoki oilaning kelajakdagi iste‘molini qondirish maqsadida, ya‘ni, uy xo`jaliklari oila boshlig`ining nafaqaga chiqqandan keyingi hayotini yoki bolalari kelajagini ta‘minlash maqsadida amalga oshiriladi. Bundan tashqari jamg`armalar tasodifiy vaziyatlarda foydalanish maqsadida ham amalga oshiriladi.
Investorlarni investitsiya qilishga undovchi sabablar esa foiz stavkasi bilan birga kutilayotgan sof foyda normasi hamdir.
Klassiklar nazariyasi bo`yicha jamg`arma va investitsiyalar miqdorini aniqlaydigan asosiy omil foiz stavkasi hisoblanadi. Agarda, u oshsa, uy xo`jaliklari kamroq iste‘mol qilib, ko`proq jamg`arishga harakat qilishadi. Uy xo`jaliklarida jamg`armalarning ko`payishi kredit narxlarining kamayishiga olib keladi. Bu esa o`z vaqtida investitsiyaning o`sishini ta‘minlaydi.
Keynschilar fikricha esa, foiz stavkasi emas, balki aholining ixtiyoridagi daromadi iste‘mol va jamg`arish dinamikasini belgilab beradi. Keltirilgan nazariy asoslarga tayangan holda Keyns o`zining makroiqtisodiy muvozant modelini ishlab chiqdi.

Download 29.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling