Bajardi: bet-50 Hasanov Elbek


Download 0.77 Mb.
Sana08.01.2022
Hajmi0.77 Mb.
#247418
Bog'liq
statistika mustaqil ish


Mavzu: Aholi harakati statistikasi

Bajardi: bet-50 Hasanov Elbek

Mustaqil ish

Makroiqtisodiy ko’rsatkichlarni aniqlashni, ijtimoiy salohiyat (resurslar)ni o'rganishni aholi statistikasini o‘rganishdan boshlanadi. Aholi sonini aniqlash manbai bo'iib quyidagilar hisoblanadi: vaqti-vaqti bilan o'tkazilib turiladigan aholi ro'yxati; aholining tabiiy o'sishi yoki kamayishi bo'yicha ma’lumotlar; aholining mexanik harakatlari bo'yicha ma'lumotlar.

Aholining tabiiy o'zgarishini. ya'ni tughlganlar va o'lganlarni. nikohdan o'tgan va ajralishlami fuqarolik holatini qayd qiluvchi idora (FHDYo)lar hisobga oladi.

Aholining migratsiyasini, ya'ni bir mamlakat, viloyat, tuman va aholi yashaydigan punktlarga keiuvchilarni hamda boshqa yerga ketganlarni shaharlarda uy daftarida (o‘tkaziladigan va chiqariladigan), qishloq joylarda esa, qishloq kengashlarining xo'jalik daftarlari va ro'vxatlarida hisobga olib boriladi.

Har qanday hududning aholi soni uning tuzilishi tug'ilish, vafot etish va migratsiya hisobiga o'zgarib turadi. Aholi sonini tug‘ilishlar va vafot etishlar hisobiga o'zgarishi aholining tabiiy harakati deb ataladi.

Bu yerda:

A0- aholining yil boshidagi soni;

A —joriy yilda tug'il- ganlar soni:

Ao’l - joriy yilda o'lganlar soni;

Akel - joriy yilda kelganlar soni;

Aket -joriy yilda ketganlar soni.

Aholining tabiiy harakati, avvalo mutloq ko'rsatkichlar bilan ifodalanadi: tug'ilishlar soni —T, vafot etganlar soni — VE, tabiiy o'sish soni — (T-VE). Shular qatoriga nikohdan o'tganlar soni — N O T va nikohdan o'chganlar soni — NO'CH ko'rsatkichlari ham kiradi.

Aholining tug'ilishi, vafot etishi va tabiiy o'sish darajasi va o'zgarishi kishilar hayotining ijtimoiy-iqtisodiy shart- sharoitlariga bog'liq. Bu ko'rsatkichlar, avvalo ma’lum davr (masalan, bir yil) uchun mutloq miqdorlarda aniqlanadi va shu jarayonlar haqida ma’lum fikr yuritish imkoniyatini bersa ham, lekin ular bunday tabiiy harakatlarning intensivligi (tezligi) darajasini ifodalab bera olmaydi, chunki mamlakatlar aholisi soni har xil. Masalan, ikkita mamlakatning har birida bir yilda 20 mingdan aholi tug'ilgan bo'lib, u mamlakatlar- ning o'rtacha yillik aholi soni birinchisida 40,0 mln, ik- kinchisida 60 mln. kishiga teng. Tug'ilish darajasi qaysi mamlakatda yuqori yoki past ekanini aniqlash uchun bu

jarayonlarning nisbiy darajalari aniqlanadi. Buning uchun tug'ilish, vafot etish va tabiiy o'sish absolut sonini mamlakatning o'rtacha yillik aholi soniga bo'lish kerak. Statistikada bunday ko'rsatkichni har bir ming kishiga nisbatan (promilleda) ifodalanadi.

Aholining tabiiy harakatini ifodalovchi nisbiy ko'rsatkichlarga quyidagilar kiradi:

Birinchisi—aholi tabiiy harakatining umumiy ko'rsatkichlarini aniqlash uchun demografik hodisalar sonini aholining o'rtacha yillik soniga bo'lib aniqlanadi.

1. Tug'ilishning umumiy koeffitsiyenti ma’lum hududdagi aholining har 1000 tasiga nechta tug'ilish to'g'ri kelishini ifodalaydi

MASALAN

Tug‘ilish umumiy Kt=T x 1000%/A;

«А» shahrining o'rtacha yillik aholi soni 400 ming kishi. 2020-yilda 5,6 ming kishi tug‘ilgan.

Umumiy tug‘ilish Kt= 5,6/400 x 1000%= 14%o;

Demak, shahardagi har ming kishiga 14 bola tug‘ilganini ifodalaydi. Bu ko‘rsatkichni ham vaqt bo'yicha, ham hududlar bo'yicha solishtirish mumkin.

2. Vafot etishning umumiy koeffitsiyenti har ming kishi- dan nechtasi vafot etganini ifodalaydi.

Umumiy vafot etish Kt=VE/A x 1000% «А» shahrida 2020-yilda 4,0 ming kishi vafot etgan. Umumiy vafot etish К1=4,0/400х1000%=10%о Demak, shahardagi har ming kishidan 10 tasi vafot et­ganini ifodalaydi.

3. Aholining tabiiy o'sish koeffitsiyenti har 1000 kishiga

to'g'ri kelgan tabiiy o'sish darajasini ko'rsatadi. Tabiiy o'sish Kl=T-VE/A x 1000% «А» shahri uchun tabiiy o'sish koeffitsiyenti Tabiiy o'sish Kt=5,6-4,0/400 x 1000%=4%o yoki Tabiiy o'sish К1=14-10=4%

Demak, shahardagi har ming kishiga 4ta tabiiy ko'payish to'g'ri kelgan.

4. Yashash koeffitsiyenti tug'ilish va vafot etish orasidagi nisbatni ifodalaydi:

Yashash Kf=T/VE x 100%0; yoki

Yashash Kt = Umumiy tug'ilish Kt / Umumiy vafot etish Kt

Yuqoridagi misolda «А» shahrida yashash koeffitsiyenti

= 1,4 (tug'ilganlar soni vafot etganlar sonidan 1,4 marta ko'p)ga teng.

Ikkinchi guruh ko'rsatkichlar — maxsus va yakka koeffitsiyentlar demografik jarayonlar sonini o'sha guruh aholi soni bilan solishtiriladi. Bu ko'rsatkichlar mamlakatdagi demo­grafik ahvolni keng ma’noda o'rganish imkoniyatini beradi.

1. Tug'ilishning maxsus koeffitsiyenti yil davomida bola

tug'ish yoshidagi har 1000 ayoldan qanchasi farzand ko'rganini ifodalaydi.

2. Tug'ilish va vafot etishning yosh koeffitsiyentlari. Ma­salan, vafot etishning yosh koeffitsiyenti ma’lum yoshdagi kishilarning vafot etish darajasini ifodalaydi



Xulosa qilib aytganda, tug‘ilish, vafot etish, tabiiy o'sish, ko'chib kelish, ko'chib ketish va mexanik o'sish kabi ko'rsatkichlar va ularning koeffitsiyentlari ma’lum tuman, shahar, viloyat yoki mamlakat aholisining sonini, istiqboldagi sonini aniqlash imkoniyatini beradi. Shularni e’tiborga olib tuman, shahar, viloyat yoki mamlakat makroiqtisodiyoti

tashkil etiladi.
Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling