Bajardi: bi 519-guruh kursanti Egamov Diyorjon 3-Amaliyot topshirig'i javoblari


Download 14.15 Kb.
Sana02.08.2020
Hajmi14.15 Kb.
#125337
Bog'liq
5f21df115e4994.24150848


Bajardi: BI_519-guruh kursanti Egamov Diyorjon


3-Amaliyot topshirig'i javoblari

1.Bojxonaga oid huquqiy normalarning turlari.

Bojxonaga oid xuquqiy normalar turli xil asoslarga ko’ra tasniflanishi mumkin. Bojxona huquqiy munosabatlari ishtirokchilari uchun xulq-atvor qoidalari moxiyatiga ko’ra bojxonaga oid huquqiy normalar moddiy va protsessual bo’lishi mumkin.

  1. Bojxonaga oid moddiy huquqiy normalar bojxona qonunchiligini tuzilishini, yuridik va jismoniy shaxslarning bojxona soxasidagi huqulari va majburiyatlarini tartibga soladi.

  2. Bojxonaga oid protsessual huquqiy normalar esa bojxonaga oid moddiy huquqiy normalarning tartibi va sihlashini tartibga soladi.

Huquqlarning asosiy funktsiyalari mavjudligiga ko’ra bojxonaga oid huquqiy normalar tartibga soluvchi himoya qiluvchi normalar bo’lishi mumkin.

  1. Tartibga soluvchi normalar bojxona huquqiy munosabatlari ishtirokchilarining subyejtiv huquqlari va qonuniy majburiyatlarini, ularning vujudga kelishi va harakat qilish shartlarini belgilaydi.

  2. Himoya qiluvchi normalar esa ushbu chora-tadbirlarning predmetiga, xarakteriga va mazmuniga davlat tomonidan majburiy tasir choralarini qo’llash shartlarini aniqlaydi.

Bojxona munosabatlari ishtirokchilarining xulq-atvor yo’nalishi bo’yicha majburiyat yuklovchi, taqiqlovchi hamda huquq va vakolat beruvchi kabi turlarga bo’linadi.

  1. Majburiyat yuklovchi- to’g’ridan to’g’ri yuridik majburiyat yuklaydi. Bojxona huquqiy munosabatlari qatnashchilariga muayyan harakatlarni bajarishni yoki ularni bajarishni rad qilish majburiyatini yuklaydi.

  2. Taqiqlovchi- to’g’ridan-to’g’ri huquqiy choralar. Muayyan harakatlarni bajarishni taqiqlaydi.

  3. Huquq va vakolat beuvchi-bojxona huquqiy munosabatlar qatnashchilariga muqobil harakatlarni amalga oshirish huquqini berish.

Huquqiy munosabatlar ishtirokchilarining xatti- harakatlari qoidalarini ifodalashda aniqlik darajasiga ko’ra, bojxonaga oid huquqiy munosabatlarni aniq va noaniq (mavxum) qa ajratish mumkin.

  1. Aniq-o’zini tutish qoidalarini va ularning ijrochilarini aniq shakllantiradi.

  2. Noaniq(mavxum)- boshqa huquq normalari bo’yicha havolalar mavjud. Misol uchun: fuqarolik, soliq va shu kabi huquq normalarga.

2.Bojxonaga oid huquqiy normalar bilan tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlar.

Quyidagi munosabatlar bojxonaga oid huquqiy normalar bilan tartibga solinadigan munosabatlar hisoblanadi.



-Huquqiy tartibga solish va huquqiy odatlarni tashkil qilish bilan bog’liq ijtimoiy munosabatlar;

- Bojxona organlari tizimini tashkil etish va ularning faoliyati bilan bog’liq ijtimoiy munosabatlar. o’zaro munosabatlarning ushbu guruxida bojxona maqsadlariga oid vazifalar va funktsiyalarni bojxona organlariga tegishli bo’lgan yuridik vakolatlar asosida amalga oshirish bilan bevosita bog’liq bo’lgan munosabatlar aloxida o’rin egallaydi.

-Bojxona ishi soxasidagi ijtimoiy munosabatlar: bojxona chegarasi orqali tovarlar va transport vositalarini olib o’tish tartibini belgilash, bojxona rasmiylashtiruvi va bojxona nazorati jarayonida yuzaga keladigan munosabatlar, bojxona organlari va ularning mansabdor shaxslarining xatti-xarakatlari(harakatsizligi) shuningdek bojxonani o’rnatish va qo’llash bo’yicha munosabatlarni o’z ichiga oladi. Ushbu guruhga shuningdek, bojxona organlari tomonidan amalga oshiriladigan valyuta nazorati, bojxona statistikasi va tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasini yuritish , tovarlar va transportning federal mulkiga aylangan bojxona organlarining vakolatlariga kiradigan masalalar bo’yicha xabardor qilish va maslaxat berish bilan bog’liq munosabatlar kiradi.

-Bojxona soxasida huquqbuzarliklarni sodir etish bilan bog’liq ijtimoiy munosabatlar.
Download 14.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling