Bajardi: Boltaboyev Ilyos Tekshirdi: Shukurov. V. S ishdan


Download 1.14 Mb.
Sana28.12.2022
Hajmi1.14 Mb.
#1015217
Bog'liq
3.3-Laboratoriya ishi


O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta Ta’lim Vazirligi
Toshkent Iqtisodiyot Universiteti Samarqand filiali
Iqtisodiyot tarmoqlar va sohalar
1-Kurs 322-Guruh

LABORATORIYA


ISHI


Mavzu: IQTISODIY MASALALARNI YECHISHDA JADVAL MUXARRIRLARIDAN FOYDALANISH
Bajardi:Boltaboyev Ilyos
Tekshirdi:Shukurov.V.S

Ishdan maqsad
Microsoft Excel dasturida Visual Basic tilidan foydalanib chiziqli va tarmoqlanuvchi jarayonlarni hisoblash, ilovalarini yaratish.
Qo‘llaniladigan jihozlar va materiallar: Pentium kompyuterlari, videoproyektor,ekran.

Ish haqida nazariy ma’lumot


VBA-Visual Basic for Application-bu nom Microsoft kompaniyasi tomonidan Office dasturlarining dasturlash tiliga berilgan nomdir. VBA, shuningdek, boshqa ishlab chiqaruvchilar uchun ham yaroqli bo’lib, ular bu tildan o’z dasturlarida foydalanishlari mumkin.

Visual Basic dasturlash tili ob‘yektga mo‘ljallangan, komponentga mo‘ljallangan til 1991 yil yaratigan, Visual Basic 6.0 (1998), Visual Basic for Applications, 1993; Visual Basic Script, 1996.

VBA da Visual Basicning avtonom versiyasidagiga o’xshash matn muharriri va sozlagich bor, lekin bu elementlar o’z imkoniyatlari bo’yicha bir nechta cheklashlarga ega. VBA da kodni avtonom EXE – faylgacha kompilyatsiya qilish imkoniyati yo’q, bundan tashqari, VBA (native code) protsessorning bevosita yo’riqnomasigacha qadar kompilyatsiya qila olmaydi.

VBA ning noyob imkoniyati ham bor dastur tuzishni makroslar yozishdan boshlashingiz mumkin, ya’ni Office siz uchun kod yozadi.

VBA Excel, Word, Access va Power Point dasturlarining bir qismi hisoblanadi. OutLook dasturi esa Visual Basic ning boshqa, imkoniyati kamroq vbceript versiyasidan foydalanadi.

Visual Basic dasturida chiziqli jarayonlarni dasturlashni Microsoft Excel dasturi orqli ko’rib o’tamiz. Bizga ma’lumki Microsoft Excel tarkibida xam Visual Basic dasturi mavjud va ushbu dasturdan foydalanish uchun makroslardan foydalanamiz.




1-misol: Ikkita musbat butun son berilgan. Ushbu sonlarning yig’indisini toping. Buning uchun Excel dasturida quyidagicha amallarni bajaramiz;




Ko‘rinib turibdiki A sonini kiritadigan yachekamiz (4, 2) kesishgan katakchada joylashgan. Ya’ni 4 satr raqami, 2 esa B ustunga mos keluvchi raqam. A+B esa (7, 2) yachekada joylashgan. Ushbu ma’lumotlarga aniqlik kiritgach Excel dasturining Вид menyusining Макросы bandini tanlaymiz






Макросы bandini tanlaganimizdan so’ng quydagicha oyna xosil bo’ladi


Ushbu oynadan Макросы bo’limini tanlaymiz. Ushbu bo’limni tanlaganimizdan so’ng quyidagi oyna xosil bo’ladi.

Ushbu oynaga dastur nomini yozaniz. Masalan, Amal va Создат tugmasini bosamiz. Создат tugmasi bosilgach quyidagi dastur kodi yoziladigan oyna xosil bo’ladi.

Ushbu oynaga quyidagicha kodni kiritamiz
A =Лист1.Cells(4, 2)
B = Лист1.Cells(5, 2)
S = A + B
Лист1.Cells(7, 2) = S

Ushbu kodni yozgach Excel dasturining Вставка menyusidan Фигуры bo’limidan natija olish uchun to’g’ri to’rtburchak shaklini tanlab rasimdagidek joylashtiramiz



NATIJA tugmasini joylashtirganimizdan so’ng uning konteks menyusidan buyrug’ini tanlaymiz va quyidagicha oyna xosil bo’ladi


Ushbu oynadan dastur nomini tanlaymiz va OK tugmasini bosamiz. Endi esa dasturni ishlatib ko’ramiz

Visual Basicda Tarmoqlanuvchi jarayonlarni ham yuqorida keltirib o’tilgan chiziqli jarayonlarda bajarilgan amallar ketma ketligidan foydalangan xolda amalga oshiramiz. Tarmoqlanuvchi jarayonlarni quyidagi misol orqali ko’rib o’tamiz.


Misol: Ikkita butun son berilgan. Shu sonlardan kattasini toping.

Ushbu dastur kodi quyidagicha yoziladi


A = Лист1.Cells(3, 2)
B = Лист1.Cells(4, 2)
If (A > B) Then
Лист1.Cells(4, 4) = A
Else
Лист1.Cells(4, 4) = B
End If

Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling