Bajardi: Buxgalterya hisobi va audit fakulteti, sirtqi bo`lim, xbas-62 guruh talabasi H. Dehqonov Tekshirdi


Majburiyatni imzolash sanasi va majburiyat olayotgan kassirning


Download 85.63 Kb.
bet11/15
Sana07.11.2021
Hajmi85.63 Kb.
#171423
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Byudjet hisobi kurs ishi Dehqonov H

Majburiyatni imzolash sanasi va majburiyat olayotgan kassirning imzosi.

Bitta kassiri bo‘lgan tashkilotlarda, u vaqtincha almashtirilishi zarur bo‘lgan hollarda, kassir vazifasini bajarish budjet tashkiloti rahbarining yozma buyrug‘i (qarori) bilan boshqa xodim zimmasiga yuklanadi. Bu xodim bilan tegishli shartnoma tuziladi va undan ham kassiming yozma majburiyati olinadi. Kassir ishni to‘satdan qoldirgan (kasal bo‘lgan va boshqa) hollarda uning hisobidagi qiymatliklar darhol budjet tashkilotining rahbari va bosh buxgalteri ishtirokida yoki budjet tashkilotining rahbari tayinlagan shaxslardan tarkib topgan komissiyaning ishtirokida ishni qabul qilayotgan kassir tomonidan qayta sanaladi. Qiymatliklami qayta sanash va topshirish to‘g ‘risida dalolatnoma tuzilib, unga yuqorida ko'rsatilgan shaxslar imzo chekadi. Katta tarkibiy bo'linmalari boigan yoki markazlashtirilgan buxgalteriya tomonidan xizmat ko'rsatiladigan budjet tashkilotlarida ish haqi to‘lash, vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqalari, stipendiya, pensiya va mukofotlami to'lash budjet tashkiloti rahbarining yozma buyrug‘i(qarori)ga muvofiq kassirlardan tashqari, boshqa shaxslar tomonidan amalga oshirilishi mumkin. Bunda ushbu shaxslar bilan tegishli shartnoma tuziladi va ularga kassirlar uchun kassa operatsiyalarini olib borish qoidalarida belgilangan barcha huquq va majburiyatlar tatbiq etiladi. Bunday shaxslar belgilangan tartibga muvofiq jihozlangan kassa punktlari xonalarida pul mablag‘larini beradilar va qabul qiladilar. Kassa hujjatlariga imzo chekish huquqidan foydalanadigan buxgalterlar va boshqa xodimlar kassirlik vazifasini bajarishlari mumkin emas. Shtatlar jadvali bo'yicha kassir lavozimi ko'zda tutilmagan tashkilotlarda kassa operatsiyalarini bajarish vazifasi yuklatilgan boshqa xodimlar zimmasiga kassa operatsiyalarini amalga oshirish bo'yicha majburiyatlar ham xuddi shu tarzda yuklanadi.


Download 85.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling