Bajardi: Buxgalterya hisobi va audit fakulteti, sirtqi bo`lim, xbas-62 guruh talabasi H. Dehqonov Tekshirdi


Download 85.63 Kb.
bet9/15
Sana07.11.2021
Hajmi85.63 Kb.
#171423
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
Bog'liq
Byudjet hisobi kurs ishi Dehqonov H

Kassa kitobi

(....yil . . . yanvar kuni uchun) (so'm va tiyin)



Kassa orderining raqami

Kirimdan olingan yoki kirimga berilgan

Korrespondensiyalanuvchi subschotning raqami

Kirim

Chiqim

1

2

3

4

5




Kunning boshiga qoldiq

 

200,00

 

7

Bankdan 0245536-sonli chek bo`yicha olib kelindi

100

650000,00

 

10

Menenjer Erbolayev Po`latjonga hizmat safari (Konizarga ) uchun bo`nak berildi

160

 

15000,00

11

15-sonli to`lo`v vedomosti bo`yicha hodimlarga ish haqqi berildi

180

 

450000,00

8

Qayumova Ruzvonbibi hizmat safari (Konizarga) uchun olgan bo`nakning sarflanmagan qismi kassaga qaytarib topshirdi

160

5000,00

 

12

Qayumov Ostanaqulga hizmat safari (Konizar) uchun bo`nak berildi

160

 

30000,00

13

Qayumov Mirzakarimga hizmat safari (Bag`dodga)uchun bo`nak berildi

160

 

25000,00

14

Murodov Ahadjobga hizmat safari (Jondorga) uchun bo`nak berildi

160

 

20000,00

15

Ostanaqulova Bibirobiyaga hizmat safari (Konizarga) ucnun bo`nak berildi

160

 

20000,00

16

Sarimsoqov Jo`raqo`ziga hizmat safari (Qirqvoldiga)uchun bo`nak berildi

160

 

20000,00

17

Ostanaqulova Qumrinsoga hizmat safari (Rishton)uchun bo`nak berildi

160

 

20000,00

18

Qayumov Rahimjonga deponent qilinga ish haqi summasi berildi

177

 

15000,00

19

Mamadliyev Turdaliga hizmat safari (Polosonga) uchun bo`nak berildi

160

 

20000,00




Jami bir kunda




655000,00

 




Kuning ohiriga qoldiq




20200,00

 




Shu jumladan ish haqqiga




10000,00

 

Kassir Ostonaqulova Umriniso

ikki kirim va o ‘nta chiqim hujjatlarini ilovalari bilan tekshirib, qabul qilib oldim.

Bosh buxgalter Akbarova Gulsunbibi



Kassa kitobidagi yozuvlar ikki nusxada sharikli ruchka, kimyoviy qalam yoki siyoh bilan, nusxa ko‘chiruvchi qog‘oz orqali, qayd etiladi. Varaqlaming ikkinchi nusxalari yirtib olinadigan bo‘lishi kerak, ular kassiming hisoboti bo‘lib xizmat qiladi. Varaqlaming birinchi nusxalari kassa kitobida qoladi. Varaqlaming birinchi va ikkinchi nusxalari bir xil raqam bilan raqamlanadi. Kassa kitobiga o‘chirib yozish va izohsiz tuzatishlar kiritish man etiladi. Kassa kitobiga yozuvlar har bir order yoki uning o‘miga o‘tadigan boshqa hujjat bo‘yicha pul berilganidan yoki pul olinganidan keyin kassir tomonidan darhol qayd etiladi. Har kuni-ish kuni oxirida kassir bir kunlik operatsiyalar yakunini hisoblaydi, kassada keyingi sanaga pul qoldig‘i chiqariladi va ikkinchi yirtib olinadigan varaq (kassa kitobidagi bir kunlik yozuvlar nusxasi)ni kirim va chiqim kassa hujjatlari bilan birgalikda kassa kitobiga imzo chektirib buxgalteriyaga topshiradi. Agar budjet tashkilotlarida har kuni umumiy summasi 200 so‘mgacha bo‘lgan operatsiyalar amalga oshirilsa, kassa hisobotlari 3-5 kunda bir marta tuzilishi mumkin. Kassa kitobi to‘g‘ri yuritilishini nazorat etish budjet tashkilotining bosh buxgalteri zimmasiga yuklanadi. Oluvchining imzosi bilan tasdiqlanmagan chiqim kassa orderi yoki uning o'mini bosadigan boshqa hujjat bilan kassadan berilgan pul kassadagi naqd pul qoldig'ini hisoblashda e ’tiborga olinmaydi Bu summa kamomad hisoblanadi va kassirdan undirib olinadi. Kassadagi kirim kassa orderlari bilan tasdiqlanmagan naqd pul kassadagi ortiqcha pul hisoblanadi va daromadga olinadi. 178 Bir necha kassirlar ishlaydigan budjet tashkilotida katta kassir ish kuni boshlanishidan oldin boshqa kassirlarga chiqim operatsiyalari uchun zarur bo‘lgan naqd pul miqdorini bo‘nak sifatida kassir tomonidan qabul qilingan va berilgan pul hisobini yuritish kitobiga imzo chektirib beradi. Kassirlar ish kuni oxirida katta kassirga olingan bo‘nak va kirim hujjatlari bo‘yicha qabul qilingan pul to‘g‘risida hisob berishi hamda naqd pul qoldig‘i va amalga oshirilgan operatsiyalarga doir kassa hujjatlarini katta kassirga kassir tomonidan qabul qilingan va berilgan pullar hisobini yuritish kitobiga imzo chektirib beradi. Kassir ish haqi to'lash va stipendiyalar berish uchun olingan bo‘nak pul yuzasidan ulami to‘lash uchun to‘lov vedomostida ko‘rsatilgan muddatda hisobot beradi. Bu muddat tugaguniga qadar to‘lov vedomostlari bo‘yicha berilmagan naqd pul qaytarib topshiriladi. Bu pul kassirlar tomonidan muhrlangan xaltalar, paketlar va boshqalarda summasi ko'rsatilgan holda katta kassirga topshiriladi. Har bir tashkilot naqd pul bilan hisob-kitoblami amalga oshirish uchun o‘z kassasiga cga bo'lishi lozim. Naqdpulni qabul qilish, berish hamda vaqtincha saqlash uchun mo ‘Ijallangan, alohida ajratilgan va maxsus jihozlangan xona kassa deb ataladi. Budjet tashkilotlarining rahbarlari kassaning tegishli ravishda jihozlanishi va pulning kassa xonasida saqlanishini, shuningdek, uni bank muassasasidan olib kelish hamda bank muassasasiga topshirilishi vaqtida but saqlanishini ta’minlashlari shart. Rahbarlaming aybi bilan pul mablag‘larini saqlash va tashish vaqtida pulning but saqlanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratilmagan hollarda, ular qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi. Tashkilotlaming kassalari zarur bo‘lgan hollarda sug‘urta tashkilotlari tomonidan sug'urta qilinishi mumkin. Kassa xonasi alohida ajratilgan bo‘lishi, eshiklari esa, operatsiyalami amalga oshirish vaqtida ichkaridan qulflanadigan bo‘lishi kerak. Kassa ishiga aloqador bo‘lmagan shaxslaming bu xonaga kirishi man etiladi. Budjet tashkilotlaridagi barcha naqd pul va qimmatli qog‘ozlar, odatda, yonmaydigan metall javonlarda saqlanadi. Ular kassa ishi tugaganda kalit bilan qulflanadi va kassiming surg‘uchli muhri bilan muhrlanadi. Metall javonlaming kalitlari va muhrlar kassirlarda saqlanadi hamda ularni kelishilgan joylarda qoldirish, begona shaxslarga berish yoki hisobda turmagan dublikatlarini tayyorlash taqiqlanadi. Metall javonlar turgan xonalaming eshiklarini ochiq qoldirish, shuningdek bu javonlaming eshiklarida kalitlarni qoldirish qat’iyan man etiladi. Kalitlaming hisobda turgan dublikatlari paketlar, qutichalar va shu kabilarga solinib, kassirlar tomonidan muhrlanadi va budjet tashkilotilarining rahbarlarida saqlanadi. Kamida har oyda bir marta komissiya tekshimvi o‘tkaziladi. Kalit yo‘qolganligi aniqlangan hollarda budjet tashkilotining rahbari ichki ishlar organlariga bu haqda xabar beradi va zudlik bilan metall javonni almashtirish chorasini ko‘radi. Muayyan budjet tashkilotiga tegishli bo'lmagan naqd pul va boshqa qiymatliklarni kassada saqlash taqiqlanadi. Kassa xonasini va metall javonlarni ochishdan oldin kassir qulflar, eshiklar, deraza panjaralari va muhrlarning butligini ko‘zdan kechirishi hamda qo‘riqlash tizimi soz holatda ekanligini tekshirib, bunga ishonch hosil qilishi kerak. Muhr shikastlangan yoki buzilgan, qulf, eshik va panjaralar buzilgan, sindirilgan hollarda kassir zudlik bilan bu haqda budjet tashkilotining rahbarini xabardor qiladi. U esa, sodir bo‘lgan voqea to‘g ‘risida ichki ishlar organlariga xabar beradi va militsiya xodimlari yetib kelguniga qadar kassani qo‘riqlash choralarini ko‘radi. Bunday hollarda, budjet tashkilotining rahbari, bosh buxgalteri yoki ulaming o ‘mini bosuvchi shaxslar hamda kassir, ichki ishlar organlarining mxsatini olgandan keyin, kassada saqlanayotgan pul mablag‘lari va boshqa qiymatliklar mavjudligini tekshiradi. Bu tekshiruv kassa operatsiyalari boshlangunga qadar amalga oshiriladi. Tekshiruv natijalari to‘g ‘risida to‘rt nusxada dalolatnoma tuziladi va u tekshiruvda qatnashgan barcha kishilar tomonidan imzolanadi. Dalolatnomaning birinchi nusxasi-ichki ishlar organlariga, ikkinchisi-agar tegishli shartnoma tuzilgan bo‘lsa, sug‘urta kompaniyasiga, uchinchisi-yuqori tashkilotga (agar u mavjud bo‘lsa) beriladi, to‘rtinchisi esa, mazkur budjet tashkilotida qoladi. Ishchi va xizmatchilaming moddiy javobgarligi to‘g ‘risida amaldagi qonunchilikka muvofiq, kassir o‘zi qabul qilib olgan barcha qiymatliklarning but saqlanishi uchun hamda tashkilotga qasddan qilingan harakatlar, shuningdek, o ‘z vazifalariga pala-partish va sovuqqonlik bilan qarashi natijasida yetkazilgan zarar uchun to‘la moddiy javobgarhisoblanadi. Kassirning ishga tayinlanganligi to‘g‘risida buyruq (qaror) chiqarilganidan keyin, budjet tashkilotining rahbari kassirni imzo chektirib O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining «Yuridik shaxslar tomonidan kassa operatsiyalarini amalga oshirish qoidalari» bilan tanishtirishi, bundan so‘ng kassir bilan uning to‘la shaxsiy moddiy javobgarligi to‘g‘risida shartnoma tuzilishi kerak. Kassir to‘la moddiy javobgarligi to‘g‘risida o‘zining shaxsiy delosida saqlanadigan majburiyat beradi. Shtatbo‘yicha kassir lavozimi bo‘lmagan kichik budjet tashkilotlarida naqd pul bilan to‘lanadigan operatsiyalar budjet tashkiloti bo‘yicha buyruq bilan rasmiylashtiriladigan hisobdor shaxslar orqali amalga oshiriladi. Kassir o‘ziga topshirilgan ishni boshqa shaxslarga ishonib topshirishi man etiladi.


Download 85.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling