Bajardi: Ermamatov Sardor Tekshirdi: Xasanova Nigora mavzu: IqtisodiYotning siklliligi va makroiqtisodiy beqarorlik


Download 25.81 Kb.
bet1/4
Sana02.11.2023
Hajmi25.81 Kb.
#1739370
  1   2   3   4


Bajardi: Ermamatov Sardor
Tekshirdi: Xasanova Nigora


MAVZU: IqtisodiYotning siklliligi va
makroiqtisodiy beqarorlik


Reja:


1.Makroiqtisodiy beqarorlik va iqtisodiyotning
siklliligi



2. Iqtisodiy sikl nazariyalari. Sikllarning asosiy turlari

Bu bobda dastlab iqtisodiy sikllarga, yaʼni bozor iqtisodiyoti uchun xususiyatli bo‘lgan ishlab chiqarish, bandlik va narx darajasining davriy tebranishlariga umumiy tavsif beriladi. Keyin iqtisodiy sikl fazalari va davriy tebranishlarning sabablari qarab chiqiladi. Tahlil davomida moliyaviy, tarkibiy va agrar inqirozlarga hamda ularning xususiyatlarini yoritib berishga alohida o‘rin ajratiladi.


«Bugungi kunning eng dolzarb muammosi – bu 2008 yilda boshlangan jahon moliyaviy inqirozi, uning taʼsiri va salbiy oqibatlari, yuzaga kelayotgan vaziyatdan chiqish yo‘llarini izlashdan иборат»1. Shunga ko‘ra, bob davomida hozirgi davrda ro‘y berayotgan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining mazmun-mohiyati, kelib chiqish sabablari va taʼsir yo‘nalishlariga alohida eʼtibor qaratiladi.


Makroiqtisodiy beqarorlik va iqtisodiyotning
siklliligi

Har qanday mamlakat iqtisodiy o‘sish, iqtisodiy resurslarning to‘la bandligi va narxlarning barqaror darajasiga erishishga harakat qiladi. Ammo uzoq muddatli iqtisodiy o‘sish bir tekis va uzluksiz bormaydi, u iqtisodiy beqarorlik davrlari taʼsirida tebranib turadi. Iqtisodiy o‘sish ketidan doimo tanazzul kelib turadi. Vaqti-vaqti bilan obʼektiv qonunlarning o‘zgartirib bo‘lmaydigan taʼsiri ostida takror ishlab chiqarish harakatida ayrim vaqtlarda, ayrim bo‘g‘inlarda uzilishlar paydo bo‘ladi va bu uzilish iqtisodiyot nomutanosibliklarining keskin shaklda namoyon bo‘lishi hisoblanadi. Bu holat iqtisodiy adabiyotlarda iqtisodiyotning siklli rivojlanishi deb ataladi.


Ko‘plab iqtisodchilar ortiqcha ishlab chiqarish sabablarini ochib berishga harakat qilib, talabning ko‘payishi va kamayishi, ishlab chiqarish hajmining o‘sishi yoki qisqarishi kabi hodisalarning davriy tavsifiga eʼtibor qaratdilar. Bu hodisalarning ro‘y berish ketma-ketligidagi maʼlum izchillik ham aniqlandi. Siklli rivojlanishning obʼektivligi va realligi, uning iqtisodiy jarayonlar tavsifiga taʼsiri nuqtai nazaridan ahamiyatliligi to‘g‘risida bir qator taniqli iqtisodchilar, jumladan, A.Shpitgof, M.Tugan-Baranovskiy, T.Veblen, U.Mitchell, J.M.Klark, J.Xiks, J.M.Keyns, Y.Shumpeter va boshqalarning ilmiy asarlarida bayon etilgan.
Taʼkidlash lozimki, turli darslik va o‘quv qo‘llanmalarda mazkur muammoni yoritishga ham turlicha darajada yondashilgan. Jumladan, akademiklar V.I.Vidyapin, A.I.Dobrinin, G.P.Juravleva va L.S.Tarasevich umumiy tahriri ostida tayyorlangan darslikda bu muammoga alohida mavzu orqali keng to‘xtalib o‘tilgan2. Unda iqtisodiy sikllar nazariyasi iqtisodiy o‘sish nazariyasi bilan bir qatorda iqtisodiy dinamika nazariyalari tarkibiga kirishi, iqtisodiy sikl tabiatining o‘zi esa munozarali va kam o‘rganilgan muammolardan biri ekanligi taʼkidlangan. Shuningdek, ijtimoiy hayotda siklli rivojlanishni tan oluvchi hamda inkor etuvchi ikki yo‘nalishdagi tadqiqotchilar mavjudligi ko‘rsatilgan. Siklning mohiyatini ochib berishda dastlab unga jismlar o‘zaro taʼsir jarayonining natijasi sifatida qaralib, falsafiy qoidalar nuqtai nazaridan izohlashga harakat qilingan. Sikl fazalarini ajratib ko‘rsatishda markscha sanoat sikli nazariyasiga keng to‘xtab o‘tilgan. Shundan so‘ng sikllarning asosiy turlari, bugungi kunga qadar mavjud bo‘lgan sikllar to‘g‘risidagi nazariyalar bayon etilgan.
Baʼzi bir darsliklarda esa iqtisodiyotning siklli rivojlanishi muammolariga nisbatan qisqa, umumiy tarzda to‘xtab o‘tilgan3. Ushbu xususiyatlarni hisobga olgan holda iqtisodiy siklning mohiyati va uning fazalari bayoniga to‘xtalib o‘tamiz.


Iqtisodiy sikl deganda, odatda iqtisodiyot rivojlanishining bir holatidan boshlanib, birin ketin bir necha fazalarni bosib o‘tib, o‘zining dastlabki holatiga qaytib kelgunga qadar o‘tgan davr tushuniladi. Iqtisodiyotning rivojlanishidagi harakati bir sikl bilan to‘xtab qolmaydi, balki u to‘xtovsiz to‘lqinsimon harakat sifatida davom etadi. Siklli harakat iqtisodiy o‘zgarishning muhim omili, makroiqtisodiy muvozanat unsurlaridan biri bo‘lib, milliy xo‘jalik turli tarkibiy qismlarining amal qilishidagi notekislikni, uning rivojlanishidagi inqilobiy va tadrijiy bosqichlarning, iqtisodiy taraqqiyot jarayonidagi almashuvini aks ettiradi.



Download 25.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling