Bajardi: Ermamatov Sardor Tekshirdi: Xasanova Nigora mavzu: IqtisodiYotning siklliligi va makroiqtisodiy beqarorlik


Iqtisodiy sikl nazariyalari. Sikllarning asosiy turlari


Download 25.81 Kb.
bet2/4
Sana02.11.2023
Hajmi25.81 Kb.
#1739370
1   2   3   4
Iqtisodiy sikl nazariyalari. Sikllarning asosiy turlari
Iqtisodiy sikllarning kelib chiqish sabablari va ularga taʼsir ko‘rsatuvchi omillarning chuqur va izchil ravishda tadqiq etilishi turli ko‘rinishdagi iqtisodiy sikl nazariyalarining vujudga kelishiga olib keldi.
Ko‘pchilik hozirgi zamon iqtisodchilari iqtisodiy sikllarning obʼektiv tavsifini tan olib, bu hodisani unga taʼsir ko‘rsatuvchi ichki va tashqi omillarni tahlil qilish orqali o‘rganishni tavsiya qiladi.
Iqtisodiy sikllarni tashqi omillarning mavjudligi bilan tushuntiruvchi nazariyani eksternal nazariya deb ataladi.
Tashqi omillarga iqtisodiy tizimdan tashqarida yotuvchi va iqtisodiy hodisalarning davriy takrorlanishini keltirib chiqaradigan omillar kiritiladi. Bu tashqi omillar ichidan quyidagilarni ajratib ko‘rsatish mumkin:
- urushlar, inqilobiy o‘zgarishlar va boshqa siyosiy larzalar;
- oltin, uran, neft va boshqa qimmatli resurslar yirik konlarining ochilishi;
- yangi hududlarning ochilishi va bu bilan bog‘liq ravishda aholi migratsiyasi, yer shari aholisi sonining o‘zgarib turishi;
- ijtimoiy ishlab chiqarish tarkibini tubdan o‘zgartirishga qodir bo‘lgan texnologiya, tadqiqotlar va innovatsiyalardagi qudratli o‘zgarishlar.
Iqtisodiy sikllarni iqtisodiy tizimning o‘ziga xos ichki omillari taʼsirida vujudga kelishini asoslovchi nazariya internal nazariya deb ataladi.
Asosiy kapitalning jismoniy va maʼnaviy jihatdan eskirib, xizmat muddati tugashi va uning yangilanishi ko‘pchilik iqtisodchilar tomonidan iqtisodiy siklni keltirib chiqaruvchi muhim omillardan biri sifatida qaraladi.
Agar bir yoki bir necha tarmoqda mashina-uskunalarga talabning keskin ortishini keltirib chiqaradigan iqtisodiy o‘sish boshlansa, tabiiyki, bu hol mashina va uskunalar to‘liq eskiradigan har 10-15 yildan keyin takrorlanadi. Fan-texnika taraqqiyoti natijasida bu muddat qisqarib boradi va inqirozlar tez takrorlanadi.
Shuningdek, quyidagi boshqa ichki omillar ham ajratib ko‘rsatiladi:
- shaxsiy isteʼmolning o‘zgarishi (qisqarishi yoki kengayishi);
- investitsiyalar, yaʼni ishlab chiqarishni kengaytirish, uni yangilash va yangi ish joylarini vujudga keltirishga yo‘naltiriladigan mablag‘lar hajmi;
- ishlab chiqarish, talab va takliflar hajmiga taʼsir ko‘rsatishga qaratilgan davlat iqtisodiy siyosatining o‘zgarishi.
Iqtisodiy sikllarning kelib chiqishini faqat eksternal yoki internal nazariya orqali tushuntirish to‘g‘ri bo‘lmaydi. Iqtisodiy sikl va umuman iqtisodiy tizimdagi miqdoriy va sifat o‘zgarishlar tashqi va ichki omillar birgalikdagi taʼsiri oqibatida kelib chiqishi mumkin.
Shuningdek, iqtisodiyotning siklli rivojlanishi sabablarini izohlashda bir qator nazariyalar ham ilgari suriladi. Quyida ulardan asosiylarini ko‘rib chiqamiz.



Download 25.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling