Bajardi Eshondedayev Zaynobiddinxo’ja Qabul qildi


II-BOB. Kommunal infratuzilma korxonalarini boshqarish usullari


Download 221.77 Kb.
bet4/5
Sana18.06.2023
Hajmi221.77 Kb.
#1569915
1   2   3   4   5
Bog'liq
Eshondedayev Zaynobiddinxo’ja

II-BOB.
Kommunal infratuzilma korxonalarini boshqarish usullari
Boshqaruv usullari bu boshqaruv subyektining boshqaruv obyektiga maqsadli yo’naltirilgan ta`sir o’tkazishning usullari, ya`ni boshqaruvchining u boshqarayotgan ishlab chiqarish kollektiviga qo’yilgan maqsadlarga erishish jarayonida uning faoliyati koordinatsiyasini ta`minlashdir. Boshqaruv usullari vositasida kommunal infratuzilma obyektlaridagi iqtisodiy jarayonlarga va ishlab chiqarish qatnashchilariga moddiy, moliyaviy, energiya, mehnat resurslarini imkoni boricha kam sarf qilib yuqori natijalarga erishish maqsadida ta`sir etiladi. Ishlab chiqarish samaradorligi ko’p jihatdan boshqaruv usullari mukammalligi va to’g’ri shakllantirilganligi bilan uzviy bog’liqdir. Boshqaruv usullaridan o’rinli foydalanish kommunal infratuzilma obyektlari va korxonalarini boshqarishda muhim o’rinni egallaydi. Mehnat jamoasiga ta`sir etish usullari orasida boshqaruv mexanizmi uchun bozor iqtisodiyoti sharoitida boshqaruv obyektiv qonunlari talablariga muvofiq keluvchilarigina eng maqbul va maqsadga muvofiq deb hisoblanadi. Buning mohiyati shundaki, boshqaruv usullari bozor iqtisodiyotiga mansub qonunlar tizimi bilan uzviy bog’liqdir. Boshqaruv usullari tashqi va ichki omillar ta`sirida o’zgaradi. Tashqi omillarga: tashqi va ichki sharoit o’zgarishi, iqtisodiyotni boshqarishda tub islohatlarni amalga oshirish, xalq xo’jaligi tarmoqlarining texnikaviy qurollanganlik darajasini boshqarish tizimida o’zgarishlar (iqtisodiy islohatlar, 47 iqtisodiyotni boshqarishning tarmoq tizimidan hududiy tizimiga o’tish va x.k.) kiradi. Ichki omillarga: jumlasiga yirik ishlab chiqarish birlashmalarini tashkil etish asosida ishlab chiqarish kontsentratsiyasini amalga oshirish; korxona kattaligi o’zgarishi natijasida uning bir guruhdan ikkinchisiga o’tkazilishi; ishlab chiqarish ixtisoslashish darajasi o’zgarishi; mehnatning texnika bilan ta`minlanish darajasi yaxshilanishi; ishlab chiqarishni rejalashtirish va jadal tartibga solishning mavjud usullarini takomillashtirish va yangilarini joriy qilish (tarmoqli rejalashtirish va boshqarish; ishlab chiqarishni uzluksiz tezkor rejalashtirish, ishlab chiqarishni boshqarishni avtomatlashtirilgan tizimini qo’llash va h.k.) kiritish mumkin. Boshqaruv usullari bevosita ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarga ta`sir etuvchi ishlab chiqarish usuli rivojlanishi va jamiyat ishlab chiqarish kuchlari o’sishi bilan o’zgarib boradi. Kommunal infratuzilma obyektlari va korxonalari muvaffaqiyatli rivojlanishida boshqaruv usullarini to’g’ri tanlash muhim ahamiyatga ega. Boshqaruv usullarini iqtisodiyotning ma`lum aniq sohalarida amal qilishning turli yo’llari orasidagi umumiy hodisa sifatida ajratish mumkin. Masalan, boshqaruv darajalari bo’yicha boshqaruv usullari (davlat sektorini boshqarish usullari, sex, korxona, birlashma, mintaqani boshqarish usullari), yoki tarmoqlarni boshqarish usullari (sanoat, transport, qishloq xo’jaligini boshqarish usullari) haqida so’z yuritish mumkin. Shuningdek, turli subyektlar tomonidan qo’llaniladigan boshqaruv usullarini ajratib ko’rsatish mumkin. Davlat boshqaruvi usullari jamoat tashkilotlarini boshqarish usullari. Yoki iqtisodiyotning ayrim sohalarida qo’llaniladigan boshqaruv usullarini (ishlab chiqarishni, moliyaviy sohani, fan va maorifni boshqarish usullari)ni ham ko’zda tutish lozim. Boshqaruv tashkilotlari tizimi turli-tumanligi bu tashkilotlar faoliyati usullarini ajratish uchun asos bo’lib xizmat qiladi. Bu Yerda so’z vazirliklar, assosatsiyalar, aktsionerlar jamiyati, davlat qo’mitalarini boshqarish usullari haqida so’z boradi. Va nihoyat, turli turkumga kiruvchi ishlovchilar boshqaruv faoliyatida menejerlar, direktorlar, bo’limlar boshliqlari tomonidan qo’llaniladigan boshqaruv usullarini ajratib ko’rsatish mumkin. 48 Demak, boshqaruv nazariya va amaliyotida turli boshqaruv usullari mavjuddir. Ular boshqaruv usullarining har bir guruhi o’z xususiyatlariga ega bo’lgan tizimni tashkil etgan. Iqtisodiyot tarmoqlarida faoliyat yurituvchi korxona va tashkilotlarni boshqarishda quyidagi usullardan foydalaniladi: iqtisodiy, tashkiliy, ijtimoiy, psixologik va huquqiy. Boshqaruvning bu usullari o’zaro uzviy bog’liqdir, shu sababli ularning birortasiga ortiqcha ahamiyat berish butun ishlab chiqarishning normal borishi buzilishiga olib keladi. Hozirgi davrda bozor iqtisodiyotini boshqarishning iqtisodiy usullari muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Boshqaruvning iqtisodiy usullari Boshqaruvning iqtisodiy usullari kishilarga iqtisodiy manfaatlar orqali ta`sir ko’rsatadi. Iqtisodiy usullarning mohiyati xodimlar va ishlab chiqarish jamoasiga ular manfaati bo’lishini ta`minlovchi iqtisodiy sharoit yaratishdan iboratdir. Boshqaruv usullari tizimida iqtisodiy usullar Yetakchi o’rinni egalaydi. Iqtisodiy usullar iqtisodiy ta`sir vositalari yig’indisidan (narx, kredit, biznesreja, foyda, soliqlar, ish haqi, iqtisodiy rag’batlantirish va h.k.), ya`ni xo’jalik faoliyatiga ta`sir etishning har bir jamoa mos xo’jalik bo’g’ini bilan uzviy aloqada amal qilishini ta`minlovchi tadbirlaridan iboratdir. Bozor mexanizmining muhim vazifalaridan biri biznes reja va bozorning uzviy bog’liq bo’lishiga imkon yaratuvchi pul va tovar resurslari to’g’ri nisbatini ta`minlashdir. Bozor - bu tovar-pul munosabatlarining doimo soqlanuvchi balansidir. Bozor munosabatlari sharoitida rejali iqtisodiyotga nisbatan qat`iy boshqaruv tizimi o’rnatiladi. Bozor tamoyillari xo’jalik rahbarlaridan tashabbuskorlik, korxona faoliyati masalalari bo’yicha yuqori natijalarga erishish maqsadida qayishqoqlik, tavakkalchilikni talab etadi. 49 Bozor iqtisodiyoti ma`muriy-buyruqbozlik tizimiga nisbatan qarama-qarshi tizim bo’lib, bozorda narx, soliq, kredit vositasida tartibga solish eng avvalo ijtimoiy maqsadda amalga oshiriladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida narx va ish xaqi o’zgarishni qat`iy tartibga solmay barqarorlikka erishib bo’lmaydi. Shunday qilib, boshqaruvning iqtisodiy usullari juda keng imkoniyatlarga eag bo’lib, ular mohirona va o’z vaqtida tashkiliy-farmoyish, ijtimoiy-psixologik va xuquqiy usullar bilan qo’shib olib borilgan taqdirda yaxshi natijalarga erishish mumkin. Korxonalar, aktsioner jamiyatlari, firmalarda muhim boshqaruv usullaridan biri - biznes-rejalardir. U iqtisodiy jarayonlarni umummilliy manfaatlarni ko’zlab, xo’jalik amaliyotida obyektiv iqtisodiy qonunlardan foydalanish asosida, ongli ravishda, bir maqsadga intilgan holda boshqarishning o’zaro uzviy bog’liq tizimidan iboratdir. Biznes-reja vositasida hal etiladigan asosiy vazifalar quyidagilardan iborat: iqtisodiyot rivojlanishi yo’nalishlari va maqsadlarni amalga oshirish yo’llarini ko’rsatish, iqtisodiyotning barqaror, mutanosib o’sishini ta`minlash, moddiy, mehnat va moliyaviy resurslarni tarmoqlar va ishlab chiqarishlar o’rtasida taqsimlash va qayta taqsimlash, fan-texnika taraqqiyoti yutuqlarini joriy etishni ta`minlash; tarmoqlararo integratsiya, tarmoq ichida ixtisoslashuv va sanoat kooperatsiyasini chuqurlashtirish; xo’jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tezkor tartibga solish va koordinatsiya qilish. Biznes-reja korxona, aktsionerlar jamiyati, kontsernlar faoliyatining hamma tomonlarini: mahsulot ishlab chiqarish va sotish; moddiy-texnikaviy ta`minot va ishlab chiqarish fondlaridan foydalanish, mehnat va ish haqi, jamoada ijtimoiy jarayonlar va h.k.larni qamrab oladi. Bozor munosabatlari sharoitida ularga rejalashtirish borasida keng huquqlar beriladi.

Xo’jalik tashkilotlarining ishlab chiqarishni boshqarish bo’yicha faoliyati boshqaruvning turli tashkiliy-farmoyish usullarini qo’llash bilan bog’liqdir. Boshqaruvning tashkiliy-farmoyish usullari boshqaruvchi va boshqariluvchi tizimlar samarali faoliyat yuritishini ta`minlovchi ta`sir etish tizimidan iboratdir. Boshqaruvning tashkiliy-farmoyish usullari iqtisodiy usullarni to’ldirib, bozor iqtisodiyoti qonunlari. Xuquqiy aktlarni xisobga olish va bajarishga asoslanadi. Davlat maxsus tuzilgan boshqaruv tashkilotlari vositasida boshqariladigan tizimga ma`muriy va tashkiliy jihatdan ta`sir o’tkazadi. Menejment tizimida tashkiliy usullar umumiy maqsadga erishish uchun ishlab chiqaruvchilarning hamkorlikdagi xarakati tartibga solinadigan ma`muriy xujjatlar asosida amalga oshadi. Tashkiliy-farmoyish usulini qo’llash asosini boshqaruvning barcha tamoyilariga rioya qilish tashkil etadi. Nima sababdan boshqaruvning ma`muriy-farmoyish usullari ma`muriy shakllar bilan qo’shib olib boriladi. Bu ko’p hollarda tashkiliy ta`sir ma`muriy xuquqni qo’llash, ya`ni qaror va farmoyishlarni amalga oshirishga asoslanadi. Lekin, «boshqaruvning tashkiliy-farmoyish usuli» tushunchasi «ma`muriy boshqaruv usuli» tushunchasidan bir muncha kengdir, chunki tashkiliy-farmoyish usullari boshqaruvning turli darajalariga turli ko’lamda va shaklda tashkiliy ta`sir etishni o’rganish masalalarini ham qamrab oladi. Tashkiliy-farmoyish usullari tashkiliy aniqlikni ta`minlaydilar, tashkiy tizim, boshqaruvning har bir bo’g’ini vazifalarini belgilab beradi, boshqaruv apparati intizomi va faoliyati samaradorligini ta`minlaydi, ishda tartib o’rnatadi, qaror. Farmoyishlarni bajaradi, kadrlarni tanlaydi va joy-joyiga qo’yadi va x.k. Boshqaruvning tashkiliy farmoyish usullari ularning ishlab chiqaruvchilarga ta`sir etish manbaalari va yo’nalishlari bo’yicha turlarga ajratiladi. Bunga bog’liq holda ta`sir etishning tashkiliyfarmoyish usullari uch guruxga bo’linadi: tashkiliy-barqarorlashtiruvchi, farmoyish va intizom. 51 Ta`sir etishning tashkiliy-barqarorlashtirish usullari asosiy maqsadi hamkorlikda ishlash uchun tashkiliy asos yaratishdir, ya`ni, vazifa, majburiyat. Javobgarlik va vakolatlarni taqsimlash, tartib o’rnatish va h.k. Ma`muriy ta`sirning tashkiliy shakllarining ikki tashkiliy reglamentlash va tashkiliy meyorlash turi mavjud. Tashkiliy reglamentlash vositasida davlat boshqaruvchi va boshqariladigan tizimga ularning maqbul nisbatini, tashkiliy tizimini va har bir darajada boshqaruv chegaralarini aniqlash maqsadida ta`sir etadi. Tashkiliy reglamentlashga misol qilib lavozimlar xaqida Nizomni ko’rsatish mumkin. Tashkiliy meyorlash xujjatlari vositasida xom-ashyo, materiallar sarfini meyorlash, maxsulotlar ishlab chiqarishga mehnat sarfi ishlab chiqarish fondlaridan foydalanish texnikaviy va texnologik meyorlar (standartlar, meyorlar, qayta ishlov berish usuli, tartibi va h.k.) ishlab chiqarishini tashkil etish meyorlari (maqbul ishlanma ko’lami). Ta`sir etishning farmoyish usullari cheklovchi xujjatlarda ko’zda tutilmagan mavjud vaziyatdan kelib chiqqan xolda kundalik jadal boshqarish maqsadida qo’llaniladi. Farmoyish ta`sirining asosiy maqsadi boshqaruv apparatining aniq xarakati, boshqaruvning barcha bo’linma va xizmatlari barqaror ishlashini ta`minlab berishdan iborat. Ta`sir etishning farmoyish usullari buyruq, farmoyish, ko’rsatma va boshqa meyoriy xujjatlar asosida amalga oshiriladi. Buyruq - bu rahbarning qo’l ostidagi xodimlardan ma`lum vazifani bajarishni yozma yoki og’zaki ravishda talab qilishidir. Buyruq faqat chiziqli boshqaruv tizimi rahbari tomonidan beriladi. Farmoyish - xodimlardan ayrim ishlab chiqarish va xo’jalik masalalarini hal etishni talab qilishdir. Farmoyish boshliq o’rinbosarlari, xizmatlar boshliqlari, ular ega bo’lgan vakolatlari doirasida beriladi. Boshqaruv amaliyotida qo’llaniladigan ta`sir qilish usullaridan biri - og’zaki ko’rsatmadir. Ta`sir qilish usullaridan biri - og’zaki ko’rsatmadir. Ta`sir etishning bunday shaklini barcha darajadagi rahbarlar, lekin ko’pincha quyi darajadagi komandirlar, brigada boshliqlari, ustalar qo’llaydilar. Farmoyish vositasida ta`sir etish bajarish muddatlari bilan farq qiladi. buyruq va farmoyishlar uzoq yoki qisqa muddatda mo’ljallangan bo’ladi. 52 Har bir buyruq yoki farmoyishda qanday vazifa bajarilishi, qachon bajarilishi kerakligi belgilanadi. Ta`sir etishning farmoyish usuli tashkiliy ta`sirga nisbatan uning bajarilishini nazorat qilishni ko’proq talab etadi. Ijro etishning borishi nazorat qilingandan so’ng yana farmoyish bilan ta`sir etishga extiyoj tug’iladi. Farmoyish usulining qo’llanish ko’lami boshqaruv kadrlari malakasi, tashabbuskorligi va qobiliyatiga bog’liqdir. Korxonani boshqarishda farmoyish bilan ta`sir etish faqat qonunga zid bo’lmagan xoldagina bajarilishi qat`iy bo’lgan xuquqiy kuchga ega bo’ladi. Shu sababli barcha tizimdagi tashkiliy-farmoyish faoliyati mavjud qonunchilikka bo’ysungan xolda amalga oshishi lozim. Intizomiy ta`sir usullari tashkiliy barqarorlashtiruvchi va farmoyish vositasida ta`sir etish usullarini to’ldirib, intizomiy talablar va majburiyatlar tizimi vositasida tashkiliy aloqalar barqarorligini ta`minlashga qaratilgandir. 4.4-§. Kommunal infratuzilma korxonalarini boshqarishning ijtimoiy-ruhiy usullari Boshqaruvning ijtimoiy-psixologik usullari - bu ishlab chiqaruvchi va ayrim shaxslarga ularning ijtimoiy extiyojlari va psixologik xususiyatlariga ta`sir etish bilan boshqarish vositasidir. Boshqaruvning ijtimoiy-psixologik usullarini qo’llash korxonada yuz berayotgan ijtimoiy xodisalarni chuqur o’rganish xodimlar nerv sistemasi kayfiyatiga ta`sir etuvchi psixologik (ruhiy) omillarni bilishni talab etadi. Ishlab chiqarish sharoitida sotsiologiya kishilar ijtimoiy aloqasi shakllanishining asosi bo’lgan mehnat omillarini o’rganadi, ijtimoiy tizimlar, shu jumladan, ishlab chiqarish tizimi rivojlanishi va amal qilish qonuniyatlari, kishilarning jamiyatning turli qatlamidagi xulq-atvori qonuniyatlarini tadqiq qiladi. Ijtimoiy psixologiya guruh va omma psixologiyasining xususiyatlari, ularning shaxsni ongi va xulqiga ta`siri, kishilar faoliyatini rag’batlantiruvchi omillar, kayfiyat, ijtimoiy fikrni shakllantiruvchi omillarni o’rganadi. Shaxs psixologiyasi oliy nerv faoliyati turlari va inson temperamenti, xarakteri, shaxsning irodasi, 53 qobiliyati, hissiyoti, xotirasi, anglash va xis etish qobiliyatini o’rganadi, mehnat psixologiyasi mehnat faoliyatlari, shu jumladan, rahbar va mutaxassislar (kasbiy xususiyat va qobiliyatlari, kadrlarni o’qitish usullari, ish va dam olish tartibi, kadrlarni tanlash va baholash usullari, mehnat jarayonining psixologik jihatlari) faoliyatini o’rganadi. Kishilar fikrlash usulida o’zgarish yuz berishi va ular madaniy hamda bilim darajasi ortib borishi bilan ijtimoiy-psixologik usullar ahamiyati ham ortib boradi. Bunday sharoitda shaxsning extiyoj va manfaatlari ma`naviy soha tomon o’zgarib boradi. O’z mehnatidan qoniqishning muhim omili bo’lib ishlab chiqaruvchilarning rahbar bilan o’zaro yaxshi munosabati ishlab chiqarishdagi qulay ijtimoiy-psixologik vaziyat xizmat qiladi. Boshqaruvning ijtimoiy-psixologik usullari ishlab chiqarishda mavjud ijtimoiy mexanizmni (o’zaro munosabat tizimi, ijtimoiy extiyojlar) qo’llashga asoslanadi. Boshqaruvning ijtimoiy usullari ijtimoiy tartibga solish vositasida amalga oshiriladi. Ijtimoiy tartibga solish usullari turli guruxlar va shaxslar maqsadi va manfaatlarini aniqlash va rostlash yo’li bilan ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish va uyg’unlashtirish maqsadida qo’llaniladi. Ular jumlasiga ijtimoiy tashkilotlar nizomlari, shartnomalar, o’zaro majburiyatlar, ishchilarni tanlash, taqsimlash va ijtimoiy extiyojlarni qondirish tizimi kiradi. Ijtimoiy tartibga solish usullari inson omili faolligini oshirish, boshqaruvni demokratlashtirish maqsadida ham qo’llaniladi. Boshqaruvning psixologik usullari jamoada maqbul psixologik xolat tashkil etish yo’li bilan kishilar o’rtasidagi munosabatlarni tartibga solishga qaratilgandir. Psixologik usullarga kichik gurux va jamoalarni tashkil etish, mehnatni insoniylashtirish, malakali kadrlar tanlash va ularni o’qitish va boshqalar kiradi. Kichik guruh va jamoalarni tashkil etish usulini qo’llash kichik guruhdagi ishchilar o’rtasidagi maqbul miqdoriy-sifat nisbatini aniqlash imkonini beradi. 54 Mehnat faoliyatini insoniylashtirish deganda ranglar, musiqaning ruhiy ta`siridan foydalanish, bir xil, o’zgarmas mehnatni bartaraf etish, ijodiy yondashuvni kengaytirish tushuniladi. Kasbiy tanlashning mohiyati - kishilarning ruhiy xususiyatlari ular bajaruvchi ishlariga eng mos bo’ladigan qilib tanlashdan iborat. Shaxsning ruhiy xususiyatlari jumlasiga uning qiziqish va mayllari, qobiliyati, temperament va xarakteri kiradi. Shu sababli, rahbar shaxsga rahbarlik qilganda o’z oldiga inson ruhiy xususiyatlari shakllanishi va rivojlanishini o’rganishi, uning qiziqish va qobiliyati, temperament va fe`lini bilish vazifasini qo’yishi kerak. Shaxsning ruhiy xususiyatlarini inson faoliyatida ajratib tushunib bo’lmaydi, chunki kishi qobiliyati va fe`li xususiyatlari uning faoliyati va xulqida namoyon bo’ladi. Inson hayoti va ommaviy faoliyati uning ruhiy holatini shakllantiradi. Insonning qanday hayot kechirishi, nima bilan shug’ullanishini bilmay vujudga kelganligi, u yoki bu narsaga qobiliyat rivojlanganligi, fe`li shakllanganligini anglab bo’lmaydi. Inson avvalo o’zini ijodiy shaxs sifatida baholaydi. Ishchi mehnatga bunday nuqtai nazardan qarashga darrov kelmaydi: moddiy ehtiyojlar birlamchi bo’lib, ular qoniqqandan so’ng nisbatan yuksak insoniy ehtiyojlar ilgari suriladi. Inson faoliyati ma`lum rag’batlantiruvchi omillarga asoslangan bo’lib, ma`lum maqsadga erishishga qaratilgandir. Rag’batlantiruvchi omil - maqsad munosabati inson faoliyati o’zagidir. Umumiy ma`noda rag’batlantiruvchi omil - bu insonni faoliyat yuritish uchun undovchi omil bo’lib, maqsad esa inson uni amalga oshirish natijasida erishishni xohlagan narsadir. Rag’batlantiruvchi omil kishi xulqining ichki kuchidir. Psixologiyada uzoq va qisqa rag’batlantiruvchi omil ajratiladi. Agar inson faoliyatini rag’batlantiruvchi omil va o’z oldiga qo’ygan maqsad yaqin kelajakka mo’ljallangan bo’lsa, u qisqa muddatli, agar ular uzoq istiqbolni qamrab olsa uzoq muddatli deyiladi. Rag’batlantiruvchi omil darajasi bilan insonning mehnatga, yutuq va muvaffaqiyatsizlikka nisbatan bo’lgan munosabati uzviy bog’liqdir. Faqat uzoq muddatli rag’batlantiruvchi omil mehnatga ijodiy munosabatda bo’lish manbaidir. 55 Rahbarga xos bo’lgan muhim xususiyat kishilar faoliyatini rag’batlantiruvchi omillarni yaxshi bilish, har bir kishini u yoki bu vazifani bajarishga qiziqtira olishdir. Bu ayniqsa, u yoki bu korxonaga ishga kirib, ularni kelajakda nima kutishini bilish lozim bo’lgan yoshlar bilan ishlashda muhimdir. Rahbar ishini kim va qachon qaysi skripkani chalishi, qaysi asbobda musiqa chalishini o’rgangan, kim noto’g’ri chalishi mumkinligi, kimni qaysi Yerga qo’yish kerakligini bilishi lozim bo’lgan dirijer mehnati bilan solishtirish mumkin. Kishi ruhiy xususiyatlarning u bajaradigan ish talablariga mos kelmasligi o’z kasbidan qoniqmaslik, uni o’zgartirishga xarakat qilishga, xato qilish ehtimoli ortishiga va natijada mehnat unumdorligi pasayishiga olib keladi. Aksincha, agar inson o’z qobiliyatini to’liq namoyon qila oluvchi ish bilan band bo’lsa, u o’z mehnatidan mamnun bo’ladi, kasbni tez egallaydi va mehnat unumdorligi yuqori bo’ladi. Inson uchun faqat moddiy rag’bat muhim deb hisoblash noto’g’ri. Unga juda ko’p narsa katta umumiy ishda o’z hissasi borligini his etish, o’zini mehnat orqali namoyon etish, o’z malakasi bilan g’ururlanishi, o’rtoqlari hurmatiga sazovor bo’lish va boshqalar ham muhimdir. Ko’pchilik kishilar shaxsiy farovonlikka boshqalar hisobiga erishilgan shaxsiy muvaffaqiyat orqali emas, mamlakat iqtisodiyotiga qo’shgan mehnati hisobiga erishish lozimligini ta`kidlaydilar. Izlanishlar mehnat mehnatga nisbatan munosabatga ta`sir etuvchi rag’batlantiruvchi omillar quyidagi tartibda taqsimlanishini ko’rsatdi: mehnat mohiyati, ish haqi, yuqori lavozimga ega bo’lish imkoniyati, ishning qiziqarliligi, mehnatni tashkil etish, ma`muriyatning ishchiga nisbatan munosabati.
Boshqaruv texnikasi - bu aqliy mehnat texnikasi, boshqaruv tizimida axborotni qayta ishlash texnikasi. Texnika vositalari qanchalik takomillashgan bo’lsa boshqaruv texnologiyasi, boshqaruv mehnatini tashkil etish va butun boshqaruv jarayoni shunchalik samarali bo’ladi. Hisoblarga asosan mamlakat iqtisodiyotini maqbul boshqarish uchun yil davomida 1016 ta elementar arifmetik operatsiya bajarishi zarur bo’lsa, boshqaruv apparati xodimlari 1012 ta, ya`ni 10 ming marta kam operatsiya bajarish qobiliyatiga ega ekanlar16. Bu muammoni muvaffaqiyatli hal etish uchun boshqaruv mehnatini takomillashtirish, axborot to’plash va qayta ishlashni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish zarur. Boshqaruv texnikasini faqat hisoblash mashinalari bilangina bog’lash noto’g’ridir. Dastlabki texnika vositalari 100 yil burun paydo bo’lgan ruchka, chizg’ichdan tortib EHM va kompyutergacha bo’lgan texnika vositalarini quyidagi ikki guruhga ajratish mumkin: orgtexnika va hisoblash mashinalari. Orgtexnika vositalariga juda turli-tuman uskuna va qurollar (oddiy qurol va vosita, axborot olish va qayta ishlash, ko’chirish, ko’paytirish, aloqa vositalari va axborot uzatish, xizmat ko’rsatish, xizmat xonalari uskunalari) kiradi. Boshqaruv mehnati turli oddiy qurol va uskunalardan (qalam, ruchka, idora daftarlari, jadval, grafik va boshqalar) foydalanishga asoslanadi. Eng so’nggi avloddagi EHM va kompyuterlar oddiy texnika vositalari (qalam va chizg’ich) o’rnini to’liq bosa olmaydi. Qulay, oddiy chidamli bu vositalar texnika vositalari singari juda muhimdir. Oddiy qurol va uskunalarni axborotni qayta ishlash bosqichlari bo’yicha guruhlarga ajratish mumkin. Bu avvalo yozuv vositalari (qalam, ruchka, mo’yqalam, trafaret), tasvir vositalari (grafik, diagramma, nazorat va nozirlik oynalari, marshrut sxemalari), hujjatlar saqlash vositalari (tokcha, konvert, kartoteka, pefokarta va h.k.), axborot qabul qilish va mustahkamlash vositalari (tarozi, soat, hisob mashinasi, o’lchov vositalari, ko’chiruvchi mashinalar), aloqa 16 Zaynutdinov SH.N. Menedjment: Uchebnik. – T.: Izdatel`sko-poligraficheskiy tvorcheskiy dom imeni Chulpana, 2011. – 320 s. 64 vositalari (telefon, ATS, rahbar va dispetcher kommutatori, radio aloqa, radiofon, signal uskunalari, ovoz berish uskunalari), axborot uzatuvchilar (ovoz, nur, kartochka, oyna, metall), boshqaruv mashinalarida qo’llaniladigan axborot uzatuvchilar (fleshka, disklar, qog’oz). 5.3-§. Kommunal infratuzilma korxonalarida kommunikatsiya Kommunikatsiya - bu axborot almashishdir. Ana shu axborot negizida rahbar ma`lumotlar olib, samarali qarorlar qabul qiladi va ishchi xodimlarga Yetkazadi. Rahbarlik faoliyati samarali axborot almashinuvni talab qiladi. Agar insonlar o’zaro axborot almashinmasa, ular birgalikda ishlay olmaydi va oldilariga qo’ygan maqsadning shakllanishi, unga erishishi qiyin bo’ladi. Boshqaruv faoliyatida axborot almashuv muhim ahamiyatliligi uchun rahbar o’zining vaqtining 50% - 90%ni kommunikatsiyaga sarflaydi. Axborot almashishning sifati boshqaruv qarorlariga ta`sir ko’rsatadi. Kommunikatsiya majlislar, xizmat yozuv-chizuvlari, telefon orqali muloqotlar, hisobotlar, videotasmalar va yuzma-yuz suhbatlar orqali ko’pgina muammolarni hal qilishda yordam beradi. Korxona tashqi muhit bilan aloqa bog’lashda, turli-tuman vositalardan foydalanadi. Mavjud haridorlar bilan ular reklama orqali bog’lanibgina qolmay, mahsulotni bozorga olib kiradigan boshqa dasturlardan ham foydalanadi. Axborotlar korxona ichida bosqichma-bosqich, ya`ni vertikal kommunikatsiyalar orqali o’tadi. Axborotlar yuqori boshqaruv organlaridan, pastki organlarga o’tadi. Shuningdek, pastki organlardan yuqori boshqaruv bo’limlariga axborotlar oqimi keladi. Aynan ikkinchi jarayon korxonalarda ijobiy o’zgarishlarga olib keladi. Korxonada vertikal kommunikatsiyalardan tashqari, gorizontal kommunikatsiyalar ham mavjud (5.3-rasm). Ma`lumki korxonalarda turli-xil funktsional bo’limlar, sexlar va boshqa bo’limlarning mavjudligi ular orasidagi 65 axborot oqimining kerakligini anglatadi. Masalan, fundamental texnologiya asosida, korxona turli-xil mahsulotlar ishlab-chiqarishi mumkin, shuning uchun ham marketing bo’limining axborot ahamiyatligini saqlab qoladi va uning talablarini o’z vaqtida qondirilishini ta`minlaydi. 5.3-rasm. Kommunikatsiya turlari 5.4-§. Uy-joy fondini boshqarishda zamonaviy axborot kommunikatsion texnologiyalar Uylar qurilishidagi har bir yangilik, zamonaviylik tagida yangi, yuqori texnologiyalarga asoslangan va siz bilan bizga ma`qul bo’lgan yashash, turmush sharoitimizdagi qulaylik, Yengillik, osonlik, ta`bir joiz bo’lsa, g’amxo’rlik tushunchalari ham yotadi. «Aqlli uy» tushunchasi dastlab, 1970 yili Vashingtondagi "Aqlli uy" instituti tomonidan umrimizning uchdan ikki qismi o’tadigan - xonadonimizdagi, xo’jaligimizdagi ish vaqtidan samarali foydalanish maqsadida o’ylab topilgan edi. “Aqlli uy”dagi barcha elektron maishiy xizmat apparat va mashinalari hozir butun dunyo bo’ylab keng joriy etilayotgan: Universal Plug and Play tizimiga ulanib, bitta pult bilan boshqarilmoqda. «Aqlli uy» tushunchasi ostida katta ma`no bor. Uydagi elektronika, axborot-kommunikatsiya vositalari, maishiy texnika asboblari ishini inson izmiga, uning istak va xohishiga bo’ysundirish masalasi turibdi. Shu maqsadda ilg’or davlatlarda «Bino boshqarilishini inson izmiga Kommunikatsiya Vertikal Gorizontal 66 bo’ysundirish bo’yicha mobil elektron tizim» yaratilgan. Bunda xonadonda istiqomat qilayotganlarga qulayliklar yaratish uchun bor bo’lgan barcha mashina: turli apparat, muzlatgich, televizor, kompyuter, boshqa vositalar inson tomonidan bitta tugmachani bosish, kaftni-kaftga urib qarsak chalish yoki ovoz yordamida boshqarilishi kerak. Muhimi, inson ko’zi achib olov yoqmaydi, beli og’rib o’tin yormaydi va o’z ustida ishlash, malakasini oshirish, fikr doirasini kengaytirish, ijod qilish va o’zi bilan shug’ullanish, jismoniy tarbiya qilish uchun bo’sh vaqti ko’payadi. Shu Yerda yana bir narsadan ehtiyot bo’lish kerak, «yalqovlik» insondan avval tug’ilgan degan gap bor. Bu demak, inson bo’sh vaqtda televizor ko’rish, mobil telefon o’ynash, «ese-mes-ka» jo’natishu qabul qilish, (albatta zarur bo’lib qolgan paytlardan tashqari), internetga kirish va soatlab unda qolib ketish, sigaret chekish yoki boshqa zararli odatlar bilan shug’ullanishdan o’zini tiyishi kerak. Sababi, hayot murakkablashmoqda, maktab, litsey, kollej, institut va universitetlar bilimni kerak bo’lgan hajmda to’la berib ulgura olmayapti. Qo’shimcha mablag’ sarf qilib repetitorlar yollashga to’g’ri kelayapti. Har bir soha, kasb-hunar bo’yicha mutaxassis bilishi kerak bo’lgan axborot hajmi yildanyilga ortib bormoqda. Yo ulardan o’z vaqtida xabardor bo’lib turishimiz kerak, hatto shart, yoki malakasi o’rtamiyona mutaxassis bo’lib qolaveramiz. Mutaxassis sifatida borligingiz ham bilinmaydi, yo’qligingiz ham. Bundan to’g’ri xulosa chiqarayotgan yoshlar hozirgi kunda kam emas. Ular katta yutuqlarga erishmoqda. Internet orqali til o’rganib, o’zlariga ma`qul bo’lgan o’quv yurtlari, ish joylarini topib dunyoning istagan burchaklariga yo’llanma olib o’qishda, o’z ustida ishlashda, sevgan ishi bilan shug’ullanishda davom etishmoqda. “Aqlli uy” degani bu zamonaviy dizayn, qulay tuzilishli uy bo’lib, uni qurishda nanotexnologiya va yuqori sifatli qurilish materiallari qo’llanadi (5.4rasm). “Aqlli uy”ning inkor etib bo’lmaydigan afzalliklariga quyidagilar kiradi: - Shaharni har taraflama ko’rish imkoni; - Shovqin va termoizolyatsiya; 67 - Masofaviy boshqarish imkoniyati; - Mahalliy internetga ulanganlik; - Shovqinsiz tez ishlaydigan liftlar; - Yong’in xavfsizligining sensor signalizatsiyasi; - Yer osti avtomobil to’xtash joylari; - Yo’l-yo’lakay xarid qilish mumkin bo’lgan savdo markazlari. «Aqlli uy» masofadan turib boshqariladi. Ya`ni, siz maxsus pult yordamida besh kilometr masofadan turib uy ichkarisida nimalar bo’layotganini aniqlay olasiz17. Buning uchun turar joy binolarini avtomatlashtirilgan yangi texnologiyalar bilan to’liq jihozlash zarur. 5.4-rasm. Turar joylarni avtomatlashtirishdagi yangi texnologiyalar18 17 http://www.dom-electro.ru 18 Rahimov Q.E. “Uy-joy fondini boshqarish”. Oʻquv qoʻllanma. T.: 2019 yil. 120-bet. 68 "Aqlli” uy barcha buyruqlarni tushuna oladi: «Eshikni yop va chiroqlarni o’chir». “Aqlli” uy barcha oila a`zolarning ovozini va ohangni ajrata oladi19. Nazorat uchun savollar 1. Axborot so’zi qanday ma`noni anglatadi? 2. Axborotning qanday turlari mavjud? 3. Kelib chiqish manbaasiga bog’liq ravishda axborot qanday turlarga bo’linadi? 4. Axborotni saqlovchi vositalarni aytib bering. 5. Avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimi qanday vazifalarni bajaradi? 6. Vertikal kommunikatsiya nima? 7. Gorizontal kommunikatsiya nima? 8. Uy-joy fondini boshqarishda zamonaviy axborot kommunikatsion texnologiyalar foydalanishning zaruriyati nimada? 9. “Aqlli uy”ning qanday afzalliklari mavjud.
Tayanch iboralar: qaror, boshqaruv qarori, qaror qabul qilish, strategik qaror, operativ qaror, texnik qaror, ijodiy qaror, murakkab qaror, oddiy qaror, umumiy qaror, xususiy qaror, shaxsiy qaror, majmuaviy qaror, standart qaror, nostandart qaror, maqsadni aniqlash, muammoni tushunish, axborot yig’ish, qarorning samaradorligi, qarorning asoslanganligi. Kommunal infratuzilma korxonalarini boshqarishda qaror qabul qilish texnologiyasi mohiyati va ularning tasnifi Har bir fuqaro qabul qilayotgan qarorlarimiz real foyda berayotganini sezishi kerak. Shavkat Mirziyoyev Kommunal infratuzilma korxonalari boshqaruv faoliyatining samaradorligi ko’pincha qabul qilinayotgan qarorlarga bog’liq. Kommunal infratuzilma korxonalaridagi butun savol va muammolar zanjiri ularning aniq Yechimi va boshqaruvchiga yuklangan, ishlab chiqarish, texnik, ijtimiy, iqtisodiy, marketing va huquqiy vazifalar bo’yicha qarorlarni to’g’ri qabul qilish va o’z vaqtida bajarilishiga bog’liqdir. Yechilayotgan muammolarning hammasi har qanday boshqaruvchi tomonidan hisobga olinadi va bu narsa uning boshqaruv uslubida hamda butun boshqaruv jarayonida aks etadi. Inson faoliyati davomida shunday vaziyatlar bo’ladiki, bunday holatda bir necha harakatlar variantlaridan bittasi tanlanadi. Har bir kishi kun davomida yuzlab, minglab qaror qabul qilishiga to’g’ri keladi. Masalan, qarorlarni qabul qilishga uncha ahamiyatga ega bo’lmagan ish kiyimini tanlash, ish joyini tanlash, umr yo’ldoshni tanlash va boshqalar ham 70 kiradi. Boshqa qarorlarga kelsak, masalan, universitetni tugatgandan so’ng qayerda yashash, yoki qanday yashash masalalari bizni kunlab, oylab, yillab o’ylab va undan keyin qaror qabul qilamiz. Ba`zi bir qarorlarni biz daqiqalarda qabul qilamiz. Ba`zan aql bovar qilmaydigan qaror qabul qilamiz. Masalan, ba`zi bir odamlar bir juft poyafzal sotib olish uchun haftalab ezilib yuradilar va qiymati 2530 ming dollar turadigan turar-joyni esa, bir necha soat ichida sotib olishi mumkin. Ammo boshqaruvda qaror qabul qilish shaxsiy hayotga qaraganda ko’proq tizimlashgan jarayondir. Boshqaruvchi faqat o’zi uchun emas, balki korxona va boshqa ishchilar uchun ham harakat yo’nalishini tanlaydi. Yirik kommunal infratuzilma korxonalarining boshqaruvchilari ba`zida yuz millionlab so’m bilan bog’liq qarorlar qabul qiladilar. Boshqaruv qarori ko’plab insonlar, har bir xodim hayotiga ta`sir ko’rsatadi. Masalan, boshqaruvchi 20 minutdan ortiq kechikkan xodimni yoki ish vaqtida jamiyat ishlari bilan shug’ullanuvchilarga jarima solishi mumkin. Boshqa bir rahbar esa bu kabi masalalarda ortiqcha qattiqqo’llik ruhiy muammolar kelib chiqishiga, pirovard natijada ishga kechikish, kadrlar qo’nimsizligiga iste`molchilarga ko’rsatiladigan xizmat sifatiga, unumdorlik va mahsulot sifati pasayib ketishiga olib keladi degan qarorga kelish mumkin. Qaror – ma`lum bir faoliyatni amalga oshirish uchun shart bo’lgan vazifaning aniq bir tartibini belgilab berish uchun rahbar tomonidan bildirilgan xulosaviy munosabat hisoblanadi (6.1-rasm). Shavkat Mirziyoyev O’zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bag’ishlangan Oliy Majlis palatalarining qo’shma majlisida “Albatta, biz rejalashtirayotgan barcha o’zgarishlarning nihoyatda ko’pqirrali va o’ta muhim ekanini men chuqur tushunaman.

XULOSA
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar va bunyodkorlik ishlari respublikamiz iqtisodiy salohiyatini yuksaltirish orqali ijtimoiy sohani rivojlantirish va xalqimizning farovon hayot kechirishini ta ’minlashga qaratilgan.
Barkamol avlodni tarbiyalash va xalqimizning farovon hayot kechirishlarini ta ’minlashda ijtimoiy soha oldiga qo‘yiladigan vazifalar ikki guruhga bo‘linib, birinchi guruhga inson ongini rivojlantirishga va ma’naviy barkamol qilib tarbiyalashga qaratilgan: ta’lim, fan, madaniyat, san’at, sport kabi sohalar kirsa, ikkinchi guruh insonlar moddiy ehtiyojlarini qondirishga va yaxshi yashashlari uchun shart-sharoitlar yaratib berishga xizmat qiluvchi: savdo, maishiy xizmat,
uy-joy qurilishi, kommunal xojaligi sohalaridan tashkil topadi.
Albatta aholining moddiy ehtiyojlari va yashash sharoitlari to‘g‘risida gapirganda eng awalo, uy-joy qurilishi va kommunal xojaligi tizimining rivojlanish darajasi asosiy ko‘rsatkich sifatida o‘rganiladi. Aynan uy xojaligini, turar-joy binolari va ulardan foydalanishni tashkil etishni, kommunal xojaligi tizimi va kommunal xizmatlarni ko‘rsatishni tashkil etishni o‘rganish va chuqur tahlil qilgan holda, ilmiy asoslangan xulosalarga tayanib rivojlantirish aholiga farovon hayot kechirishlari uchun yetarli sharoit yaratish imkonini beradi.
Shu sababli mazkur darslikda asosiy e’tibor eng awalo tayyorlanayotgan mutaxassislarga uy-joy kommunal xojaligi tizimi va unining faoliyati to‘g‘risida tizimli va mantiqiy bog‘liqlikda bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan.
Darslik Uy-joy kommunal xojaligi iqtisodiyoti fani dasturi asosida tayyorlangan va unda mavzular mantiqan mujassamlangan beshta bo‘limga ajratilgan bo‘lib, ularda uy-joy, kommunal xojaligi bilan bog‘liq barcha masalalarni qamrab olishga harakat qilingan.
Darslikning birinchi bo‘limida uy-joy kommunal xojaligi tizimining jamiyat taraqqiyotidagi rolini va vazifasini ochib berish bilan bir qatorda mamlakatimizda kommunal xojaligini rivojlanish tarixi, hozirgi kunda bu sohada Prezidentimiz I.Karimov tashabbuslari bilan amalga oshirilayotgan islohotlar va davlatimizning uy-joy siyosati keng yoritilgan. Darslikda mamlakatimiz mustaqilligining dastlabki kunlaridan boshlab hozirgi kunga qadar uy-joy xojaligi sohasida amalga oshirilgan islohatlarni va ahamiyatga molik ishlarni yoritish barobarida ulardan ko‘zlangan maqsadga va tizimning kelajak istiqboliga e’tibor qaratilgan.
Darslikning ikkinchi bo‘limida uy-joy fondi, turar-joy binolari klassifikatsiyasi, binolarning tuzilishi, ularning asosiy konstruktiv elementlari va muhandislik jihozlari o‘rganilgan. Binolardan foydalanishni samarali tashkil etish va ularda o‘z vaqtida ta’mirlash ishlarini amalga oshirish to‘g‘risida yetarli tushuncha hosil qilish uchun zarur ma’lumotlar berilgan.
Uchinchi bo‘limda kommunal xizmatlar va ularning tashkiliyiqtisodiy asoslari o‘rganilgan. Mavzularni shakllantirishda asosiy e’tibor kommunal xojaligi tizimining tarkibiy tuzilishi, kommunal xizmatlarni tashkil etish mexanizmlari,
uy-joy kommunal xojaligi tizimida kommunal xizmatlardan foydalanish me’yorlari va bahoni shakllantirish metodologiyasiga o‘rganishga qaratilgan.
To‘rtinchi bo‘limda asosiy e’tibor kommunal xojaligi korxonalari va ularning iqtisodiy faoliyatini tashkil etishni o‘rganishga qaratilgan. Bunda kommunal xojaligi korxonalarida ishlab chiqarish quwatlarini, asosiy fondlarni va aylanma mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanishni samarali tashkil etish yo‘llarini o‘rganilgan.
Shuningdek, kommunal xojaligi korxonalarining faoliyatini samarali tashkil etish uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan korxonalami hududda joylashtirish va ular faoliyatini tashkil etish hamda kommunal xizmatlar ko‘rsatuvchi korxonalarda tejamkorlik, resurslarning texnologik sartlarini o‘rganish va texnologik yo‘qotishlarni hisoblashga alohida e’tibor qaratilgan. Respublikamizda uy-joy fondini boshqarishda xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarini tashkil etish muhim ahamiyatga ega bo‘lib, darslikda shirkatlar faoliyati va rivojlanishi bilan bog‘liq ma’lumotlar, shirkatlarining tashkiliy-huquqiy asoslari va vazifalari, shirkatlar faoliyatini yanada rivojlantirish va turar-joylarga xizmatlar ko‘rsatish ishlari bozorini shakllantirish masalalari o‘rganilgan.
Yangi tashkil etilgan xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatining moliyaviy-iqtisodiy faoliyatini tashkil etish, buxgalteriya hisobini olib borish masalalarini mukammal o‘rganish uchun zarur ma’lumotlar keltirilgan. Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari faoliyatini rivojlantirishda amaldagi kredit siyosati yoritilgan.
Darslikda uy-joy kommunal xojaligi sohasida yangi tashkil etilayotgan Yagona buyurtmachi xizmati, uning asosiy vazifalari, davlat tasarrufidagi uy-joy fondini yagona buyurtmachi xizmatiga berish tartibi va yagona buyurtmachi xizmatini boshqarish hamda xojalik-moliyaviy faoliyatini tashkil etish masalalari o‘rganilgan.
Mazkur darslik talabalarda -respublikamizda ijtimoiy sohani rivojlantirish va aholi turmush farovonligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni, uy-joy xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish infratuzilmasini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish, ularni kelajakda soha uchun yetuk mutaxassis bo‘lib yetishishlarni va sohani rivojlantirishda o z hissalarini qo‘shishlariga xizmat qiladi.



Download 221.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling