Bajardi Eshondedayev Zaynobiddinxo’ja Qabul qildi
Download 221.77 Kb.
|
Eshondedayev Zaynobiddinxo’ja
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bajardi
- I-BOB. Uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida “Ta’mirlash-tiklash xizmati” davlat-unitar korxonasi faoliyati samaradorligini oshirish.
- II-BOB. Kommunal infratuzilma korxonalarini boshqarish usullari
- Foydalanilgan adabiyotlar KIRISH
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA`LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI NAMANGAN MUHANDISLIK-QURILISH INSTITUTI Iqtisodiyot va boshqaruv fakulteti Shaharsozlik va kommunal infratuzlimani boshqarish kafedrasi Kommunal infratuzilmani tashkil etish va boshqarish Fanidan Kurs ishi 35-SHQKI-20 guruh talabasi Bajardi Eshondedayev Zaynobiddinxo’ja Qabul qildi Turg‘unov M Namangan -2023 yil MUNDARIJA
KIRISH Respublikamiz mustaqillikka erishganidan so‘ng o‘tgan qisqa vaqt mobaynida iqtisodiyotning barcha sohalari kabi, uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida ham ulkan qayta qurishlar amalga oshirildi. Eng avvalo uy-joy fondi xususiylashtirildi. Uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida amalga oshirilayotgan tarkibiy o‘zgarishlarning qonuniy-huquqiy asoslari shakllantirildi. Kommunal xo‘jaligini boshqarish tizimi isloh qilindi. Sohadagi korxona va tashkilotlar faoliyati erkin bozor tamoyillari asosida tashkil etildi. Iste’molchi va xizmat ko‘rsatuvchilar o ‘rtasida shartnomaviy munosabatlar joriy etildi. Kommunal xizmatlar sohasida bahoni shakllantirish va yoqlig‘i resurslarni iqtisod qilish bo‘yicha ijobiy natijalarga erishildi. Respublikamizda turar joylarni boshqarish, ularga xizmat ko‘rsatish va ularni ta’mirlash bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatishning aniq bozorini shakllantirish ishlarini tubdan yaxshilash, aholining ko‘p kvartirali uylarni saqlash va mukammal ta’mirlashdan manfaatdorligini oshirish, shuningdek uy-joy mulkdorlari shirkatlarining o‘zini o‘zi boshqarish instituti sifatida shirkatlarning nufuzini, tashkiliy va moliyaviy mustaqilligini hamda ular faoliyatining samaradorligini oshirish maqsadida 2006-yil 12-aprelda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Xususiy uy-joy mulkdorlarining shirkatlarini yanada rivojlantirish va turar-joylarga xizmatlar ko‘rsatishning aniq bozorini shakllantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi 64-sonli Qarori qabul qilindi. Mazkur Qarorga muvofiq uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasini rivojlantirishning keng qamrovli dasturi ishlab chiqildi va amalga oshirilmoqda. Jumladan, mazkur dasturga muvofiq sohada malakali kadrlarga bo‘lgan o ‘tkir ehtiyojdan kelib chiqib, Servis (uy-joyva kommunal, maishiy xizmatlar) va Ko‘chmas mulk ekspertizasi va uni boshqarish bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yildi. Servis (kommunal xo‘jaligi sohasi), Ko‘chmas mulk ekspertizasi va uni boshqarish, Iqtisodiyot(qurilish), va Menejment (qurilish) ta’lim yo‘nalishlarida Uy-joy kommunal xo‘jaligi iqtisodiyoti va boshqaruvi fani kiritildi. Kommunal xo‘jaligi iqtisodiyoti faniga soha uchun malakali kadrlar tayyorlashda asosiy va muhim fan sifatida qaralib, unda kommunal xo‘jaligi sohasi faoliyatini ta’minlayotgan iqtisodiy tizimni, unda amal qilayotgan iqtisodiy qonuniyatlarni, sohani rivojlantirishning o‘ziga xos xususiyatlarini, amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohatlarning mohiyatini, sof raqobat muhitida kommunal xizmatlar bozorini shakllantirish va uy-joy fondidan foydalanishni tashkil etishda xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatifaoliyati bilan bog‘liq iqtisodiy masalalarni ochib berishga alohida e’tibor qaratildi. Darslikda uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasiga yagona tizimsifatida qaralib, tizimda xizmat ko‘rsatish va ishlab chiqarishni tashkil etish jarayonlari oddiy va tushunarli tilda bayon etilgan. Respublikamizda uy-joy qurilishi, kommunal xo‘jaligi sohasidaolib borilayotgan islohotlarning o‘z vaqtida, to‘g‘ri va maqsadli amalga oshirilayotganligini asoslab berishga harakat qilindi. Mazkur darslik kirish, beshta bo‘lim va xulosadan iborat. Darslikning birinchi bo‘limida uy-joy kommunal xo‘jaligi tizimi, uning aholi turmush darajasini yaxshilashdagi ahamiyati va respublikamizda kommunal xo‘jaligi tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar to‘g‘risida so‘z yuritiladi. Ikkinchi bo‘limda uy-joy fondiva tura-joy binolari tarkibiy tuzilishi o‘rganilsa, uchinchi bo‘limda kommunal xizmatlar va ularni tashkiliy-iqtisodiy asoslari yoritibberiladi. To‘rtinchi bo‘limda kommunal xo‘jaligi korxonalari faoliyatini tashkil etish, resurslardan samarali foydalanish va tejamkorlik masalalari o‘rganiladi. Beshinchi bo‘limda respublikamizda xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari va uy-joy fondidan foydalanishni tashkil etish bilan bog‘liq jarayonlar yoritilgan.Darslik bakalavriatning Ko‘chmas mulk ekspertizasi va uni boshqarish ta’lim yo‘nalishi o‘quv rejasidagi Uy-joy kommunal xo‘jaligi iqtisodiyoti va boshqaruvi fani dasturiga muvofiq tayyorlandi va u mazkur yo‘nalishda ta’lim olayotgan talabalarva kommunal xo‘jaligi sohasida kadrlar tayyorlovchi kasb-hunar ta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan. Shuningdek darslikdan uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlar foydalanishlari uchun tavsiya etiladi. Download 221.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling