Bajardi: guruh: tekshirdi: Navoiy-2023 Mavzu: Aqilni o`lchashning Veksler shkalasi. Shvarslanderning “Muvaffaqiyatga erishish” testi. “Intilish darajasini o`lchash” testi


Motivatsiya va intilish darajasi diagnostikasi


Download 388.9 Kb.
bet5/5
Sana13.04.2023
Hajmi388.9 Kb.
#1355555
1   2   3   4   5
Bog'liq
Pisixalogya

Motivatsiya va intilish darajasi diagnostikasi.

Psixologiyada motivlashtirish deganda psixologik hodisalarning o`zaro mustaqil bog`langan, lekin bir-biriga to`la mos kelmaydigan nisbatan mustaqil uchta turi tushuniladi; a) Individning ehtiyojlarini qondirish bilan bog`liq bo`lgan faoliyatga undovchi sabablar sifatidagi motivlashtirishdir. Faollik holatini paydo bo`lishini sub’ektiv ehtiyojlarini izohlab beradi. b) Motivlashtirish faollik kimga qaratilgani boshqa xulq-atvor emas, balki xuddi shunaqasi tanlaganligini izohlab beradi. Motivlar xulq-atvor yo`nalishini tanlashni belgilaydigan sabablardir. Bular birgalikda kishi shaxsining yo`nalishini tashkil etadi. v) Kishi axloqi va faoliyatini boshqaradigan vosita hisoblanadi. Bularga emotsiyalar, istaklar, qiziqishlar kiradi.




Motivlarni kognitiv baxo yordamida diagnostika qilish. Erishganlik motivatsiyalari o’rganish uchun metodikalar.

Motivatsiyaga kognitiv yondoshuv nazariyasi – inson xulq atvorini tushuntirishda uning ongi va bilimi bilan bog`liq fenomenlarga alohida e’tibor beriladi. Faoliyat nazariyasi (A.N.Leont’ev) ga asosan motivlarni yuzaga keltiruvchi kuchlar ehtiyojlardir. Bundan shunday qonuniyat yuzaga keladiki, motivlar rivojlanishi faoliyat kengligining rivojlanishi bilan bog`liq bo`lib, u predmet faoliyatini tashkil etuvchisidir.


Insonning emotsional hayoti, uning his-tuyg`ulari, quvonch tashvishi, xunsandchiligi azal-azaldan insonlar e’tiborini o`ziga tortib kelgan. Motivatsiyaga kognitiv yondoshuv nazariyasi – inson xulq atvorini tushuntirishda uning ongi va bilimi bilan bog`liq fenomenlarga alohida e’tibor beriladi.
Kognitiv dissonans motivatsiyani, kognitiv dissonans bilan motiv esa xulqni belgilaydi. Xulqda axborotni qayta baholash oqibati ham o‘z aksini topadi.
Turli xil axborot va ma’lumotlar shaxs tomonidan qabul qilinadi yoki qabul qilinmaydi, mabodo qabul qilinmasa, u taqdirda kognitiv dissonans vujudga keladi.
Festinger motivatsiyani insonni qurshab turgan borliqni bilish bilan aloqada uyg‘unlik tarzda olib qaraydi. Uning dalillashicha, dissonantlar (nomutanosibliklar) mavjud bo‘lganida dissonans holati vujudga keladi, konsonant holatida (munosiblik) esa namoyon bo‘lmaydi.
Festinger nazariyasining an’anaviy bixevioristik sxemadan farqi shundaki, u motivatsiyani bilish, kognitiv jarayon bilan uyg‘unlikda tadqiq qiladi.
Kognitiv dissonans motivatsiyani, kognitiv dissonans bilan motiv esa xulqni belgilaydi. Xulqda axborotni qayta baholash oqibati ham o‘z aksini topadi.
Turli xil axborot va ma’lumotlar shaxs tomonidan qabul qilinadi yoki qabul qilinmaydi, mabodo qabul qilinmasa, u taqdirda kognitiv dissonans vujudga keladi.
Motivlar ehtiyoj negizida vujudga keladi, rivojlanadi va takomillashadi. Biroq ehtiyoj paydo bo‘lishi bilan bir davrda uni shakllanish bosqichlariga o‘xshash darajalarni bosib o‘tish orqali motiv vujudga keladi. Motiv mazkur negizda vujudga kelib, barqarorlashib, ehtiyojning mustahkamlanishiga yordam beradi va o‘z navbatida ehtiyojlarning barqarorlashuvi motivatsiyaning samarali shakllanishini ta’minlashga xizmat qiladi.
Odatda inson faoliyati va harakatiga ta’sir o‘tkazuvchi jarayonda o‘zaro bog‘liq holda ehtiyoj tomonidan motiv va maqsad aniqlanadi (belgilanadi). Harakat faoliyatning tarkibi bo‘lganligi sababli faoliyat maqsadi va motivi bilan boshqariladi. Lekin psixologiyada “Motiv – faoliyat”, “Maqsad – harakat”, “Sharoit – operatsiya” munosabatlari o‘rtasida qat’iy aloqa (uyg‘unlik) hukm surmaydi.



  1. Xulosa:

Psixоlоgiya fаni vа аmаliyotidа shаxsni o’rgаnishning prоyеktiv mеtоdikаlаri аlоhidа o’ringа egа. Uning yuzаgа kеlishi vа rivоjlаnishidа shаxs, uning ichki dunyosini bilish imkоniyati hаqidаgi g’оyalаrgа bo’lgаn psixоlоgik qаrаshlаr evоlyutsiyasi аks etаdi. Yarim аsrlik rivоjlаnish tаrixigа egа prоyеktiv psixоlоgiya bugungi kundа insоn hаqidаgi psixоlоgik bilim sоhаlаridаn biri bo’lib, uni o’zlаshtirmаy shаxs hаqidаgi yaxlit tаsаvvurlаrni shаkllаntirish mumkin emаs. Shаxsni tаdqiq qilishning prоyеktiv mеtоdi prоyеktsiyalаrni аniqlаsh vа tаsvirlаshgа аsоslаngаn.
«Prоyеktsiya» tushunchаsi dаstlаb Z. Frеyd tоmоnidаn sub’еktning оngli vа оngsiz tаrzdа ko’chirilgаn shаxsiy xususiyatlаri, tаshqi оb’еktlаrgа nisbаtаn hоlаtlаrning mаzmunini ifоdаlаsh uchun qo’llаnilgаn. Prоyеktsiya lоtinchа «proektio» so’zidаn оlingаn bo’lib, оldingа irg’itish, tаshlаsh mа’nоsini bildirаdi. Shаxsni o’rgаnishning prоyеktiv mеtоdi ekspеrimеnt nаtijаlаrigа аsоsаn prоyеktsiyalаrni аniqlаsh vа so’ngrа ulаrni tаhlil qilishni ko’zdа tutаdi.

TEST BLANKI


1.Mening otam kamdan kam___________________________________________
o’ylayman.
2.Agar hamma menga qarshi chiqadigan bo’lsa_____________________________
3. Men doimo __________________________________xohlardim.
4.Agar men rahbar bo’lsam_____________________________ ________
5.Kelajak menga go’yo __________________________________tuyulmoqda.
6.Mening boshlig`im ______________________________
7.Yomonligini bilaman ammo _________________________ qo’rq.
8. Haqiqiy do’st___________________________ bo’ladi deb o’ylayman.
9.Men bolalik vaqtlarimda ____________________________
10. Men uchun ideal ayol (erkak) ________________ bo’ladi.
11.Agar ayollarni erkaklar bilan birga ko’rsam_________
12.Boshqa oilalar bilan taqqoslaganda mening oilam_________________
13.Mening uchun eng yaxshisi______________________________
14. Men va mening onam _____________________
15.Men unutish uchun barchasiga tayyorman____________________________
16.Agar faqat otam xohlagan bo’lsa___________________
17.Menetarlicha______________________________qobiliyatga egaman.
18. Agar________________________________ bo’lsa men juda baxtli bo’lar edi
19.Kimdir mening qo’l ostimda ishlaydigan bo’lsa, _____________________________
20.O’ylaymanki________________________________________________________
21.Mening maktabdagi o’qituvchilarim_____________________________
22.Ko’pchilik o’rtoqlarim mening _____________________ qo’rqishimni bilmaydi.
23. _________________________________________ odamlarni yoqtirmayman.
24.Institutga qadar men____________________________________
25.Ko’pchilik o’spirinlar va qizlar ________________________ deb o’ylayman.
26.Er-xotinlik munosabati menga_________________________________ tuYuladi.
27.Mening oilam menga xuddi _____________________________ murojaat qiladi.
28.Men bilan birga ishlaydigan odamlar_________________________________
29.Mening onam___________________________________________________
30.Mening eng katta xatoim________________________________________
31.Meni hech bo’lmaganda otam_____________________________________
32.Mening eng yaxshi tomonim_________ iborat.
33.Mening hayotdagi eng yashiringan istagim____________________________
34.Menga tobe kishilar_____________________________________________
35. Men_____________________________________________ kun kelsa edi.
36.Menga qachon boshlig`im yaqinlashib kelsa__________________________
37.Menga qo’rqishni bas qilish vaqti kelganda__________________________
38.Hammadan ham___________________________ odamlarni yaxshi ko’raman.
39.Agar men yana yosh bo’lib qolsam edi_________________________________
40.Ko’pchilik ayollar (erkaklar)________________________deb o’ylayman.
41.Agar menda me`yordagi jinsiy hayot bo’lganida______________________
42.Ko’pchilik menga tanish oilalar_________________________________
43. Men_______________________________ odamlar bilan ishlashni yoqtiraman.
44.Ko’pchilik onalar__________________________________ hisoblayman.
45.Men yoshlik vaqtimda agar__________________o’zimni aybdordek his qilardim.
46.Mening otam_______________________________________ o’ylayman.
47.Mening omadim chopmay qolganda________________________________
48.Men hayotda ko’proq______________________ bo’lishini xohlardim.
49. Men qachon____________________________ boshqalarga topshiriq beraman.
50.Keksayib qolganda_______________________________________________
51.Mendan o’zini Yuqori tutadigan do’stlarni tan olaman_________________________ __________________________
52.Mening hadiksirashlarim hech ham meni o’ziga bo’ysundirolmadi________________ ______________________________
53.Menda yo’q bo’lsa do’stlarim_____________________________
54. Mening o’tmishdan qolgan eng yaxshi taassurotim ______________________
55.Menga ayollar (erkaklar)ning___________________________ juda yoqmaydi.
56.Mening jinsiy hayotim ________________
57.Mening bolalik vaqtimda oilam_________________________________
58.Men bilan ishlaydigan odamlar________________________________
59.Men o’z onamni yaxshi ko’raman, ammo_________________________
60.Mening uchun eng yomoni__________________________ yuz berishidir.
Har bir guruh gaplari bo’yicha ijobiy, salbiy va befarq tarzdagi munosabat tizimini belgilovchi xulosalar beriladi. Misollar va javoblar variantlarining bahosi:
Menga tanish bo’lgan ko’p oilalar

  1. Baxtsiz, ahil emas, tarqoq______________________- 2

  2. Asabiy, unchalik ahil emas_____________________ - 1

  3. Hammasi bir xil_____________________________ - 0

Kelajak men uchun

  1. Tashvishli, yomon, tushunib bo’lmaydigandek__________ - 2

  2. Mavhum________________________________________ - 1

  3. Noaniq, noma`lum________________________________ - 0






Gaplar guruhi

Topshiriqlar

1

Otaga munosabat

1, 16, 31, 46

2

O’ziga munosabat

2, 17, 32, 47

3

Amalga oshirilmagan imkoniyatlar

3, 18, 33, 48

4

Qo’l ostidagi kishilarga munosabat

4, 19, 34, 49

5

Kelajakka munosabat

5, 20, 35, 50

6

Yuqori lavozimdagi kishilarga munosabat

6, 21, 36, 51

7

Qo’rqish

7, 22, 37, 52

8

Do’stlarga munosabat

8, 23, 38, 53

9

O’tmishiga munosabat

9, 24, 39, 54

10

Qarama-qarshijinsdagikishigamunosabat

10, 25, 40, 55

11

Jinsiy munosabat

11, 26, 41, 56

12

Oilaga munosabat

12, 27, 42, 57

13

Hamkasblariga munosabat

13, 28, 43, 58

14

Onaga munosabat

14, 29, 44, 59

15

Aybdorlik hissi

15, 30, 45, 60


Download 388.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling