Bajardi: Hasanova Farzona


Download 1.54 Mb.
Sana09.04.2023
Hajmi1.54 Mb.
#1347436
Bog'liq
Презентация (20)

Reja:

  • Ma’lumotlar ombori
  • Obyekt va kattalik
  • Ma’lumotlar omborini boshqarish tizimlari
  • Ko'pchilik, terminlarni tushunish bo'yicha biroz qiynalishadi, lekin aynan terminlarni bilish, qo'yilgan vazifalarni yechishda yoki paydo bo'lgan xatoliklarni bartaraf etishda juda kerak bo'ladi. Misol uchun, biror muammo paydo bo'lsa, biz darhol Google'ni yordamga chaqiramiz, agar Google qidiruv tizimiga terminlar orqali so'rov bersangiz, muammo yechish qiyinchilik tug'dirmaydi, agar terminlarsiz oddiy so'zlar bilan qidirishni amalga oshirsangiz, muammoni yechishga ancha vaqt ketib qoladi.
  • Ma'lumotlar ombori bu — tartiblangan ma'lumotlarni saqlovchi va qayta ishlovchi axborot modeli hisoblanadi. Soddaroq qilib aytganda, bir xil turdagi axborotlarni o'zida saqlovchi va berilgan so'rovlar orqali ularni taqdim etuvchi model. Misol uchun, kitoblar javoni, bu ma'lumotlar ombori hisoblanadi, ya'ni bir xil turdagi(kitoblarni) obyektlarni o'zida saqlaydi, yoki bo'lmasa telefon raqamlar yozilgan kitobcha, bu yerda ism, telefon raqam kabi bir xil tipdagi ma'lumotlar saqlanadi, bu ham ma'lumotlar ombori.
  • Ma'lumotlar ombori— bu ma'lumotlar omborini hosil qiluvchi, ma'lumotlarni qayta ishlovchi va qidiruvchi tizim hisoblanadi. Qisqa qilib aytganda, MOBT barcha jarayonlarni amalga oshiradi. Ma'lumotlar ombori faqat ma'lumotlarni saqlaydi, qolgan barcha ishlarni MOBT bajaradi.
  • Ma'lumotlar omboridagi ma'lumotlar, SQL so'rov tillari orqali boshqariladi, bu tilda MOBT'ga so'rov beriladi, bu so'rov u yerda qayta ishlanib, natija olish uchun ma'lumotlar omboriga murojaat qiladi, u yerdan so'rovga mos ma'lumotni olib, so'rovga javob beradi
  • Relyatsion terminini jadval ko'rinishida deyishimiz mumkin. Demak omborda ma'lumotlar jadval ko'rinishida saqlanar ekan. Bu omborni o'rganishni misolda davom ettirsak yaxshi bo'lar edi. Futbol jamoasi bilan bog'liq misolni ko'rib chiqamiz. Bizning asosiy maqsadimiz har bir o'yinda ishtirok etgan o'yinchilar haqidagi ma'lumotlarni yozib borish bo'lsin. Unda jadvalimiz taxminan quyidagicha bo'ladi:
  • Amaliyotda bunaqa ma'lumotlar ombori tashkil qilish tavsiya etilmaydi. O'tgan atrning 70-yillarida E. F. Codd ma'lumotlar omborini yaratish bo'yicha bir qator tavsiyalarbi beradi va bu bilan yuqoridagi muammolarni hal etadi. Bu qoidalar (tavsiyalar) fanda normal formalar (narmal forms) nomi bilan kiritilgan
  • Ma'lumotlar omborini normallash
  • Ma'lumotlar omborini normallash bu ayni bir ma'lumotni qayta-qayta kiritilishini oldini olish maqsadida ma'lumotlarni bir necha jadvalda tarqatib tashlashdir.
  • Atrofimizdagi hayot uzluksiz tarzda kechadigan muayyan jarayonlar, voqealar, hodisalarga nihoyatda boy bo‘lib, ularni ko‘pini aksariyat hollarda sezmaymiz yoki e’tiborga olmaymiz. Chetdan qaraganda ularning orasida bog‘liqlik yoki uzluksizlik bilinmasligi ham mumkin. Ba’zilariga esa shunchalik ko‘nikib ketganmizki, aniq bir so‘z bilan ifodalash kerak bo‘lsa, biroz qiynalib turamizda, “...mana shu-da!” deb qo‘yamiz. Butun suhbat barchamiz bilib-bilmaydigan, ko‘rib-ko‘rmaydigan va sezib-sezmaydigan kattaliklar haqida boradi. Kattaliklarning ta’rifini keltirishdan oldin ularning mohiyatiga muqaddima keltirsak.
  • Yon-veringizga bir nazar tashlang, har xil buyumlarni, jonli va jonsiz predmetlarni ko‘rasiz. Balki oldingizda do‘stlaringiz ham o‘tirishgandir (albatta dars tayyorlab!). Garchi bu sanab o‘tilganlar bir-birlaridan tubdan farq qilsa ham hozir ko‘rishimiz kerak bo‘lgan xossalar va xususiyatlar bo‘yicha ulardagi muayyan umumiylikni ko‘rishimiz mumkin.
  • Berilgan vaqtda obyekt ichidagi modda yoki energiyaning qiymati sig‘im deyiladi. Demak, sig‘im obyektning yoki energiyaning yig‘ish qobiliyati va uning inersionligini ifodalaydi. Sig‘imlari qancha katta bo‘lsa, obyektga ko‘rsatilgan ta’sir natijasida rostlanuvchi kattalikning o‘zgarishi shuncha past bo‘ladi. Sig‘imlari katta bo‘lgan obyektlar sig‘imlari kichik bo‘lgan obyektlarga nisbatan turg‘unroqdir.
  • Sig‘im koeffitsiyenti rostlanuvchi kattalikni bir o‘lchov birligiga o‘zgartirishuchun obyektga qancha modda yoki energiya kiritish yoki undan uzoqlashtirish kerakligini ko‘rsatadi. Umuman, rostlash jarayoni modda yoki energiyani obyekt yaqinlashishi va undan uzoqlashishiga ta’sir ko‘rsatish yo‘li bilan rostlanuvchi kattalikni ma’lum bir qiymatda ushlab turishdan iborat. Rostlanuvchi obyektga kelgan modda yoki energiya qiymati ΔQ ni obyekt tashqi rejimining sonli parametri deb ataymiz. Uning qiymati modda yoki energiyaning yaqinlashish va uzoqlashish qiymatlari ayirmasiga teng:
  • ΔQ = -
  • Rostlanuvchi obyektning ichki rejimi sifatini ta’riflovchi parameter odatda rostlanuvchi kattalik
  • Inersionlik o ‘lchovi chiqish kattaligining doimiy tezlik bilan o‘zgarib, o ‘zining turg‘unlashgan holatiga yetguncha ketgan vaqtini ko‘rsatuvchi vaqt doimiysidir. Bir va ko‘p sig‘imli rostlanuvchi obyektlar mavjud. Bir sig‘imli obyekt bitta sig‘im va bitta qarshilikdan iborat. Bunday obyektlarda modda yoki energiya balansining buzilishi bir vaqtda rostlanuvchi obyektning har bir nuqtasidagi rostlanuvchi kattalikning birlamchi o‘zgarishiga olib keladi.
  • Ko‘p sig‘imli obyektlarning muvozanat holatida rostlanuvchi kattalikning qiymati turli nuqtalarda turlicha bo‘ladi, muvozanat holati buzilganda esa ularda qonunlar bo‘yicha turli vaqtlarda o‘zgaradi. Oqib kirish (uzatish) tomonidagi sig‘im va sarf (iste’mol) tomonidagi sig‘imlar mavjud. Yaqinlashish tomonidagi sig‘im rostlanuvchi kattalikka ijro etuvchi mexanizmning rostlovchi organi orqali ta ’sir ko‘rsatuvchi modda yoki energiyaning xarakteristikalari bo‘yicha aniqlanadi. Sarf tomonidagi sig‘im rostlanuvchi muhit tavsiflari orqali aniqlanadi. Ba’zan sig‘imsiz obyekt tushunchasi uchraydi. Bunda juda kichik sig‘imli obyektlar nazarda tutiladi (ular uncha katta bo‘lmagan
  • Yuklama — obyektga ko'rsatiladigan tashqi ta’sir. Bu ta’sirning qiymati apparat ish rejimi orqali aniqlanadi va texnologik ehtiyojlar uchun obyektdan olinadigan modda yoki energiya qiymatini ifodalaydi. Rostlanuvchi obyektdan modda yoki energiya o ‘tishida apparat yuklamasining (ishlab chiqarishi) o‘zgarishi rostlanuvchi kattalikning o‘zgarishiga olib keladi. Rostlanuvchi obyekt yuklamasining o‘zgarishi g‘alayon manbalaridan biridir.
  • Rostlanuvchi obyektning yuklamasini o‘zgartirish, ya’ni obyektning bir ish rejimidan ikkinchisiga o‘tish ehtiyoji paydo bo‘lsa, bu amalni sekinlik bilan bajarish kerak, bunda rostlash tizimi obyektni yangi ish rejimiga ravon, keskin tebranishlarsiz o ‘tkazadi. Yuklamaning katta o‘zgarishlarida avtomat rostlagichlarni qaytadan rostlash ehtiyoji paydo bo‘lishi mumkin. 
  • Shaxsiy kompyuterlar hisoblash texnikasi vositalarining yangi sinfini tashkil etadi. Ular axborotlarni qayta ishlashning yuqori kafolatlanishi, arzonligi, ixchamligi, turli amallarni bajara olishi, kam elektr quvvatini sarflashi bilan ajralib turadi. Bu xususiyatlar kompyuterlar asosida keng vazifalarga mo‘ljallangan avtomatlashgan ishchi joylari (AIJ)ni yaratish imkonini beradi. Kompyuterda ma‘lumotlar omborini hosil qilish va ular bilan ishlash uchun maxsus dasturlar yaratiladi. Keyingi yillarda chiqarilayotgan kompyuterlarda amal bajarish tezligining juda kattaligi (100 mlrd/s) va uning xotirasi kengayganligi (40—60 Gb) katta imkoniyatlarga ega bo‘lgan ma‘lumotlar omborini yaratish imkonini bermoqda. Kompyuterda ma‘lumotlar omborini yaratish va uni ishlatishni belgilovchi ikkita omil mavjud: birinchi omil — qanday mazmunga ega bo‘lgan ma‘lumotlar (ya‘ni ularni tashkillashtirish) va ikkinchisi — yig‘ilgan ma‘lumotlardan qanday foydalanish kerakligidir. Masalan, xodimlar ro‘yxatini qayta ishlovchi turli xildagi dasturlar mavjud. Lekin bunday dasturlar biror kishining familiyasini izlash yoki u haqda biror ma‘lumotni topishga (ajratishga) qarab bir-biridan jiddiy farq qiladi. 
  • Bundan tashqari, har bir berilgan soha uchun o‘zining dasturi ishlab chiqilishi kerak. Masalan, kimyoviy moddalar haqidagi ma‘lumotlar ombori uchun mo‘ljallangan dasturlar avia passajirlar ro‘yxatini qayta ishlash uchun umuman yaroqsizdir. Ma‘lumotlar omboridan foydalanishni tahlil qilish uchun quyidagi misolni ko‘rib chiqamiz. Siz uchun kerak bo‘lgan biror ma‘lumot (hodisa yoki xolat taxlili) berilgan darslikda yo‘q deylik. O‘qituvchining ko‘rsatmasiga ko‘ra, u falon muallifning kitobida mavjud va bu kitob siz o‘qiyotgan ta‘lim muassasasining kutubxonasida bor bo‘lsin deylik. Kitobni izlab kutubxonaga borasiz (bu erda kitob ma‘lumotlar ombori sifatida namoyon bo‘ladi). Lekin siz borgan paytdanoq kutubxona mahmuriyati kitobni (agar u kitob kutubxonada mavjud bo‘lsa) sizga bermaydi. Siz avval ana shu kutubxonadagi kitoblardan erkin foydalana olish imkoniyatiga ega bo‘lishingiz kerak. Buning uchun esa, mahmuriyatda belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tishingiz kerak. Ro‘yxatdan o‘tganingizdan keyin sizga kutubxonadagi kitoblardan foydalanish imkoniyati beriladi
  • MOning dastlabki oynasida yuqorida sanab o`tilgan 6 ta asosiy ob`еktlarning ilovalaridan tashkari, yana 3 ta buyruq tugmachalari mavjud. Bular: «Открыт» (Ochish), «Конструктор» (Tuzuvchi), «Создат» (Yaratish) tugmachalaridir
  • Yakka tartibda ishlash kompyuter, Kompyuter bilan jihozlangan va yakka tartibda ishlash mo’ljallangan xona savol­javob, yozma topshiriq, amaliy topshiriq. AMALIY MASHG’ULOTNING TEXNOLOGIK XARITASI Faoliyat bosqichlari I­bosqich. Mavzuga kirish.
  • MO tuzishning asosiy usullari quyidagilardan iborat: Ierarxiv (shajara) model– bu modelda ma‟lumotlar daraxtsimon ko„rinishda saqlanadi. Ishlash birligi yozuvdir; Tarmoq model – bu modelda daraxtsimon bog„lanish bo„lsada, tugunlardagi tarmoqlanishlarga cheklanish yo„q; Realyatsion (o„zaro bog„langan) model – bu modelda ma‟lumotlar jadval ko„rinishda saqlanadi.
  • Animatsiya nima? A) Veb­saxifa turi B) Ekranda obyektlarning ko’rinishini formasi va o’lchamlari, xamda joylashishini multiplikatsion ko’rinishda o’zgarishi B)Jadval xisoblashlarini Quyidagi mavzulardan birini tanlab referat tayyorlab kelish: Quyidagi mavzulardan birini tanlab referat tayyorlab kelish: Quyidagi mavzulardan birini tanlab referat tayyorlab kelish: 1.Operatsion tizim va uning vazifalari 1.Operatsion tizim va uning vazifalari 1.Operatsion tizim va uning vazifalari

Etiboringiz uchun raxmat


Download 1.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling