Bajardi: Hursanova Ozoda Tekshirdi: Baydullayev Abruhmon
yil yanvar-aprel oylarida farmatsevtika faolitiga berilgan litsenziya faoliyati turlari
Download 44.9 Kb.
|
farmatsiya sohasi
2021 yil yanvar-aprel oylarida farmatsevtika faolitiga berilgan litsenziya faoliyati turlari dori vositalarini ishlab chiqarish uchun berilgan litsenziyalar soni 9, dori vositalari ulgurji realizatsiyasi qilish uchun berilgan litsenziyalar soni 64, dori vositalarini tayyorlash uchun berilgan litsenziyalar soni 28 tani tashkil etdi..
Hozirgi kunda O‘zbekistonda farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi 220 ta mahalliy korxonalar faoliyat yuritmoqda. Ulardan: - 101 tasi dori vositalari - 29 tasi tibbiy texnika; - 82 tasi tibbiy buyumlar; - 8 tasi dori vositalari va tibbiy buyumlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Qonun talabi asosida dori vositalarini va tibbiy buyumlarni ulgurji realizatsiya qilish farmatsevtika faoliyatini amalga oshirish uchun tegishli litsenziyaga ega bo‘lgan dori vositalari va tibbiy buyumlar ishlab chiqaruvchilar hamda dori vositalarini va tibbiy buyumlarni ulgurji realizatsiya qiluvchi tashkilotlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan dori vositalarini va tibbiy buyumlarni ulgurji realizatsiya qilish hamda saqlash qoidalari bo‘yicha amalga oshirilishi belgilangan. Shunindek dori vositalarini va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish faqat dorixonalar hamda ularning filiallari tomonidan amalga oshirilishi eʼtirof etilgan. Farmatsevtik bozorida 669 ta ulgurji realizatsiya bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar va 13 957 ta dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish faoliyati bilan shug‘illanuvchi dorixonalar va ularning filiallari mavjud. Dori vositalarining, tibbiy buyumlarning va tibbiy texnikaning tibbiyot amaliyotida qo‘llanilishiga, qoida tariqasida, ular davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganidan keyin ruxsat etiladi, hamda ularni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi tomonidan amalga oshiriladi. 2021 yil I chorak yakuniga davomida 220 ta farmatsevtika korxonalari tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilgan mahsulotlar soni 220 tani tashkil etadi, jumladan: - 200 nomdagi dori vositalari, - 13 nomdagi tibbiy buyumlar, - 7 nomdagi tibbiy texnika mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda. Download 44.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling