Bajardi: Hursanova Ozoda Tekshirdi: Baydullayev Abruhmon
Farmatsevtika bozori to‘g‘risida maʼlumot
Download 44.9 Kb.
|
farmatsiya sohasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1,4 mlrd. dollarni
- 14,65 foizga
- 12,9 mln. AQSH
Farmatsevtika bozori to‘g‘risida maʼlumot
Jahon farmatsevtika bozoriga zamonaviy jahon iqtisodiyotining turli omillarining murakkab taʼsiri o‘rganish va uning rivojlanish istiqbollarini tahlil qilishni murakkablashtiradi. Ushbu bozor doimiy ravishda turli davlatlarda sog‘liqni saqlash sohasidagi islohotlar, aholi daromadlari va turmush darajasi, zamonaviy dunyodagi demografik va epidemiologik vaziyatga bog‘liq. Kasallikning ko‘payishi, dunyoning turli mintaqalarida turli xil epidemiyalarning kuchayishi, so‘nggi yillarda ko‘plab yangi kasalliklarning paydo bo‘lishi, shuningdek keskin ijtimoiy-siyosiy vaziyat global farmatsevtika bozorida rivojlanish tendensiyalari va istiqbollarini o‘rganish dolzarbligini oshiradi. Farmatsevtika sohasida ishlab chiqarilayotgan dori vositalarining yuqori ijtimoiy ahamiyati, farmatsevtika ishlab chiqarishining ilmiy intensivligi, sohani qatʼiy davlat tomonidan tartibga solinishi va uning sarmoyaviy jozibadorligi tufayli mamlakat milliy iqtisodiyotida alohida o‘rin tutadi. Shunga qaramay, mamlakatimizdagi farmatsevtika sanoatining hozirgi holati dori vositalarini ishlab chiqish, chiqarish va targ‘ib qilish jarayonining beqarorligi va milliy sog‘liqni saqlashning rivojlanishini taʼminlash yetarli emasligidan dalolat beradi. Hozirgi vaqtda jahon farmatsevtika bozorida rivojlanayotgan mamlakatlar hukmronlik qilmoqda, ammo rivojlangan mamlakatlarning raqobati va pozitsiyalari ancha yuqori bo‘lib qolmoqda. O‘zbekiston farmatsevtika bozorining hozirgi bosqichida hali ham realizatsiyaning umumiy hajmida import qilinadigan dori vositalarning sezilarli darajada ustunligi kuzatilmoqda. Shu sababli import o‘rnini bosish muammosi shu qadar keskin va muximki, so‘nggi yillarda xukumat mamlakatning dori xavfsizligini taʼminlash sohasida ham, jahon farmatsevtika bozorida mahalliy kompaniyalarning raqobatbardoshligini oshirish strategiyasini ishlab chiqishda ham qabul qilingan 50 ga yakin normativ hujjatlar bu harakatlarning isbotidir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 30.12.2019 yildagi PQ-4554-sonli “O‘zbekiston Respublikasi farmatsevtika tarmog‘ida islohotlarni chuqurlashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarorida so‘nggi yillarda dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalar muomalasi tizimini yaxshilash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilganligi, mahalliy farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratilganligi, lekin shu bilan birga, mahalliy farmatsevtika tarmog‘i aholi va davolash-profilaktika muassasalarining farmatsevtika mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojlarini yetarli darajada qanoatlantirmaganligi ko‘rsatib etilgan. Mazkur Qarori bilan 2020-2024 yillarda O‘zbekiston Respublikasining farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish konsepsiyasi tasdiqlangan bulib, unda quyidagilar ko‘zda tutilgan: - ilg‘or ilmiy tajriba va zamonaviy texnologiyalarni qo‘llagan holda ishlab chiqariladigan farmatsevtika mahsulotlarining turlarini kengaytirish, shuningdek, innovatsion farmatsevtika mahsulotlarini yaratish va ishlab chiqarishni rag‘batlantirish, zamonaviy obyektlarni ishga tushirish hamda mavjud obyektlarning moddiy-texnik bazasini modernizatsiya qilish va mustahkamlash orqali farmatsevtika sanoatini rivojlantirish; - tashkilotlar va korxonalarning farmatsevtika mahsulotlarini yaratish va ishlab chiqarish bo‘yicha xalqaro talablar bilan uyg‘unlashtirilgan standartlar meʼyorlariga muvofiqligini taʼminlash orqali mahalliy farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish; - farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha zamonaviy raqobatbardosh ishlab chiqarishlarni tashkil etish uchun, shu jumladan xorijiy farmatsevtika korxonalarining investitsiyalari va ilg‘or texnologiyalarini jalb etish; - keyinchalik dori vositalari ishlab chiqarish uchun dorivor o‘simliklar xomashyosi asosida substansiyalar ishlab chiqarishni tashkil etish va mahalliylashtirish; - faoliyat ko‘rsatayotgan ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiyalash, ko‘paytirish va yangi turdagi dori vositalarini o‘zlashtirish hisobiga, shuningdek, investitsiyalarni jalb qilish orqali farmatsevtika mahsulotlari importini qisqartirish; - mahalliy korxonalarda "Zarur ishlab chiqarish amaliyoti" (GMP), "Zarur farmnazorat amaliyoti" (GVP), shuningdek, distribyutorlik faoliyatida sifat va xavfsizlik tizimini boshqarish (GDP), klinik oldi (GLP) va klinik tadqiqotlarni o‘tkazishni (GCP) tartibga solishga qaratilgan amaliyotlarni bosqichma bosqich joriy etish; - narxlarni shakllantirish mexanizmlarini takomillashtirish, farmatsevtika mahsulotlarini markirovkalash va kuzatish tizimlarini joriy etish; - zamonaviy xalqaro talablarga muvofiq farmatsevtika mahsulotlarini yaratish, ishlab chiqarish va sifatini nazorat qilish sohasidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish orqali milliy regulyator organ salohiyatini mustahkamlash; - ilg‘or xorijiy tajriba asosida respublikaning farmatsevtika tarmog‘i uchun, shu jumladan dori preparatlarining biotexnologiyasi, dori moddalarining kimyoviy texnologiyasi, tayyor dori vositalari va fitopreparatlar texnologiyasi, farmatsiya iqtisodiyoti va uni boshqarish, farmatsevtik kimyo va mikrobiologiya kabi muhim sohalarda kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni taʼminlash; - taʼlim, ilm-fan va ishlab chiqarishni chuqur integratsiyalash orqali ishlab chiqarish, sertifikatlash va standartlashtirish, farmatsevtika mahsulotlarining klinik oldi va klinik tadqiqotlari bo‘yicha yangi texnologiyalarni ishlab chiqish va moslashtirishga qaratilgan fundamental, ilmiy-amaliy va innovatsion tadqiqotlar samaradorligini tubdan oshirish; - original dori vositalarini, shuningdek, talab yuqori bo‘lgan original dori vositalari negizida generik dori preparatlarini (generiklarni) ishlab chiqishga mo‘ljallangan zamonaviy o‘quv laboratoriya va ilmiy-tadqiqot markazlarini tashkil etish. O‘zbekiston farmatsevtika bozori 2020 yil yakuniga ko‘ra xajmi o‘rtacha 1,4 mlrd. dollarni tashkil etadi. 2021 yil I choragida mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan 352,2 mln. qadoq qiymati 670,5 mlrd. so‘mlik farmatsevtika mahsulotlari (shu jumladan dori vositalari 109,1 mln. qadoq, 521,7 mlrd. so‘m) ishlab chiqilgan bo‘lib, o‘tgan yilning mos davrga nisbatan 111,1 foizga (miqdori) va 109,7 foizga (qiymati) o‘sgan, shu jumladan dori vositalar 14,65 foizga (miqdori) va 0,62 foizga (qiymati) pasaygan. 2021 yil yanvar-mart oyida respublika hududiga dori import qilingan mahsulotlari hajmi 283 mln. dollarni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 100 mln. dollarga yoki 54 foizga oshgan. 2021 yilning yanvar-mart oylari yakuniga ko‘ra farmatsevtika korxonalarining eksport hajmi 12,9 mln. AQSH dollarni tashkil etib reja 144,0 foizga bajarildi va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 5,0 mln. dollarga yoki 68 foizga o‘sgan. 2021 yilda I chorak oylarida 23 ta farmatsevtika korxonalari tomonidan jami 16 ta xorijiy mamlakatlariga dori vositalari va tibbiy buyumlar eksportini amalga oshirildi. Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni ishlab chiqarish ularni ishlab chiqarishni hamda ularning sifatini nazorat qilishni tashkil etish qoidalariga muvofiq seriyali ishlab chiqarishdan iborat bo‘lib, u to‘liq texnologik sikl bo‘yicha yoki uning alohida bosqichlari bo‘yicha ishlab chiqarishni o‘z ichiga oladi. 2021 yil I chorak davomida litsenziyalash bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish yuzasidan jami 261 ta kelib tushgan bo‘lib, ushbu arizalar belgilangan tartibda ko‘rib chiqilishi taʼminlanib,ular yuzasidan litsenziyalovchi organning 25 ta qarorlari qabul qilindi. Jami 142 ta arizalar qanoatlantirilib, shulardan: litsenziya berilganlar soni -92 ta, amal qilish muddatini uzaytirib berilganlar soni – 6 ta, litsenziyalari qayta rasmiylashtirib berilganlar soni – 20 ta, yangi litsenziya bitimi tuzilganlar soni -22 ta, litsenziyalarini amal qilish muddati tugatilganlar soni - 2 tani tashkil etdi. Jami -136 ta arizalar bo‘yicha arizalarni rad etish to‘g‘risida qarorlar qabul qilindi. Download 44.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling