Bajardi: Hursanova Ozoda Tekshirdi: Baydullayev Abruhmon
ta farmatsevtika korxonasidan 55 tasida
Download 44.9 Kb.
|
farmatsiya sohasi
220 ta farmatsevtika korxonasidan 55 tasida (25%) xalqaro va milliy standartlar joriy qilingan, jumladan 34 ta korxonada ISO 9001:2008, 7 ta korxonada ISO 13485 xalqaro standarti, 12 ta korxonada O‘zbekiston davlat standarti va 4 ta korxonada boshqa davlatlar “GMP - Zarur ishlab chiqarish amaliyoti” standarti joriy qilingan.
2019 yil 10 aprelda tasdiklangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2019-2021 yillarda respublikaning farmatsevtika tarmog‘ini yana-da jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PF-5707 son Farmoni asosida 2022 yilning 1 yanvariga qadar: - farmatsevtika mahsulotlarining klinik-oldi tadqiqotlarini amalga oshiruvchi barcha laboratoriyalar Zarur laboratoriya amaliyoti (GLP) milliy talablariga muvofiq majburiy sertifikatlashtirilishi lozim; - O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining klinik tadqiqotlar o‘tkazuvchibarcha klinik bazalari Zarur klinika amaliyoti (GCP) milliy talablariga muvofiq majburiy sertifikatlashtirilishi lozim; - farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi barcha mahalliy korxonalar Zarur ishlab chiqarish amaliyoti (GMP) milliy talablariga muvofiq majburiy sertifikatlashtirilishi lozim; farmatsevtika mahsulotlarini ulgurji sotish bilan shug‘ullanuvchi barcha mahalliy korxonalar Zarur distribyutorlik amaliyoti (GDP) milliy talablariga muvofiq majburiy sertifikatlashtirilishi zarurligini belgilangan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 10 apreldagi PF-5707-son «2019—2021 yillarda respublikaning farmatsevtika tarmog‘ini yana-da jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoni, Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 18 sentyabrdagi 788-sonli “Farmatsevtika sohasiga zarur amaliyotlar (GXP) talablarini joriy etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarorini ijro etish yuzasidan farmatsevtik faoliyat yuritayotgan korxonalardan jami 11 ta ariza kelib tushgan bo‘lib, 2021 yilning aprelga kadar dori vositalari ishlab chiqaruvchi 2 ta korxonalarga GMP sertikati berildi. Download 44.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling