Bajardi: inoyatullayeva m. A. Tekshirdi: abdullayeva d. F. Toshkent-2023 Reja
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
BAXTSIZ HODISALAR INOYATULLAYEVA M.
Zaharlanganda birinchi yordam
Ishlab chiqarish sharoitida zaharlanish organizmga zaharli gazlar suyuqliklar yoki changlarni kirishidan sodir bo’ladi. Uglerod oksidi (is gazi) bilan zaharlanish isitish uskunalaridan noto’g’ri foydalanganda yuz beradi. Ichki yonuv dvigatellaridan chiqayotgan gaz tarkibida ham ugrerod oksidi ko’p miqdorda bo’ladi. Uglerod oksidi bilan zaharlanganda bosh og’rig’i, bosh aylanishi, kungil aynishi, hansirash, og’ir holatlarda esa yo’ldan chalg’ish va hushni yo’qotish mumkin. Zaharlanish alomati sezilganda shikastlangan kishini toza havoga olib chiqish, boshiga sovuq kompress bosish va nashatir spirtni hidlatish kerak. SHikastlangan kishi qayd qilmoqchi bo’lsa uni yoni bilan yotqizish lozim. Agar hushini yo’qotsa zudlik bilan vrachni chaqirish va u kelgunga qadar sun’iy nafas berish kerak. Zaharli ximikatlar bilan zaharlanish alomati sezilganda shikastlangan kishiga zudlik bilan birinchi yordam berish kerak. Har qanday zaharlanishda avvalo organizmga zaharlarni kirishini to’xtatish tadbirlarini ko’rish kerak. Agar zaharlanish xonada yuz bersa shikastlangan kishini toza havoga olib chiqish, zaharli ximikatlar bilan ifloslangan kiyimlarini yechish zarur. Agar zahar organizmga tomoq yo’llari orqali kirgan bo’lsa, shikastlangan kishiga bir necha stakan iliq suv yoki margantsovkaning kuchsiz eritmasidan ichirish, so’ng qayt qildirish kerak. Qayt qilgandan keyin, zaharni yo’qotish uchun jarohatlangan kishiga 2-3 osh qoshiq faollashtirilgan ko’mir qo’shilgan yarim stakan suv ichirish zarur. Qayd qilingan tadbirlar, zahar turidan qat’iy nazar qo’llaniladi. Agar zahar turi aniq bo’lsa uning tarkibiga bog’liq ravishda, qo’shimcha tadbirlar qo’llaniladi. Buning natijasida oshqozonga kiritilgan modda zahar ta’sirini neytrallashtiradi. Zaharli ximikatlar teriga tekkanda suv oqimi bilan yaxshilab sovunlab yuvish yoki zaharni teriga ishqalamasdan, artmasdan doka latta yordamida tushirish so’ng esa sovuq suv yoki kuchsiz ishqorli eritma bilan yuvish talab etiladi. Nazorat savollari 1. Ishlab chiqarish jarohatlarining tashkiliy harakterdagi sabablarini sanang? 2. Ishlab chiqarish jarohatlarining texnik harakterdagi sabablarini sanang? 3. Texnik harakterdagi jarohatlarning profilaktikasiga nimalar kiradi? 4. Qon oqish jarohatlari qanday bo’ladi? 5. Arterial qon oqishda jgut jarohat joyining qaeridan bog’lanadi? 6. Jarohatlanganlarga birinchi yordamni kim ko’rsatishi lozim? 7. Yurak urishi to’xtaganda belgilangan tartibda ko’krak qafasi minutinga necha marta bosiladi? 8. Kuyish necha guruhga bo’linadi? 9. Quyosh urishi qanday sodir bo’ladi? 10. Ko’p qon oqish bilan bog’liq jarohatlangan kishiga birinchi yordam ko’rsatilgandan so’ng qancha vaqt davomida tibbiyot muassasasiga yetkazish lozim? Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling