Qon oqmaydigan, shilingan, sanchilgan, kichik jarohatlangan joylarni
5% li yod nastoykasi bilan yog’lash va mikrobga qarshi bog’lash zarur. Uncha
katta bo’lmagan jarohatlarga dezinfiktsiyalovchi va ifloslanishdan saqlovchi
plastir, 5F – 6 kleyi va boshqalar bilan kleylash kerak.
Agar jarohatlangan joydan qon oqsa birinchi yordam ko’rsatish usuli qon
oqishining ko’rinishiga bog’liq bo’ladi. Qon oqishi odatda
qon tomirlari
butunligi buzilganda har xil intensivlikdagi qon oqishi bilan kuzatiladi.
Qon
oqish: tashqi (qon tana tashqarisida, ustidan oqqanda) va ichki (qon ichki
organlarda, to’qimalarda oqqanda) bo’ladi. Qon tomirlarining
jarohatlanishlariga bog’liq ravishda qon oqish ko’rinishlari bir necha xil
bo’ladi.
Tashqi arterial-puls bilan tez, qon rangi-och-qizil, shu bilan birga u
jarohat joyidan favvoralanib oqadi, organizmda umumiy kuchsizlik va
tananing
shikastlangan joyida kuchli og’riq bilan kechadi.
Do'stlaringiz bilan baham: