Bajardi: Islomov Doniyor Tekshirdi: Ubaydullayev Saidazim Toshkent 2022 y
STRELKALI O’TKAZGICHLARDA O’LCHOVLAR
Download 440.39 Kb.
|
3 variant Doniyor
STRELKALI O’TKAZGICHLARDA O’LCHOVLAR.
Markazlashtirilgan strelkali garnitura va o’tkazgichlarining holatini tashqaridan tekshirish qabul qilish va jo’natish marshrutlarida ishtirok etuvchi strelkalarda haftada 2 marta, qolgan strelkalarda esa haftada kamida 1 marta amalga oshiriladi. Bu holatda: strelkani o’tkazmasdan turib ostryakni ramali rel’sga zich yopishishi; o’tkazgichni, garniturasini, nazorat va ishchi tortqilari (tyaga)ni to’g’ri mahkamlanganligi; o’tkazgich korpusida, mahkamlovchi burchaklarida, ishchi va nazorat tortqilarida ko’rinuvchi yoriq va pachoqlanishining yo’qligi tekshirilishi kerak. Ko’zdan kechirish vaqtida strelkali o’tkazgichning normal ishini buzuvchi kamchiliklariga e’tibor berish kerak. Ostryakni ramali rel’sga yopishinini 4 mm va 2 mmli shablonda qabul qilish va jo’natish marshrutlarida ishtirok etuvchi strelkalarda haftada 1 marta, qolgan strelkalarda esa 2 haftada 1 marta tekshiriladi. Ostryak va ramali rel’s orasidagi tirqish 4 mmli shablonga tekshirilayotganda strelkali o’tkazgich ulanishi va o’tkazilganlikni tugaganligi haqida nazorat berishi kerakmas, ya’ni elektro’tkazgich friksiya rejimida ishlashi kerak. 2mmli shablonga tekshirilayotganda esa strelkali o’tkazgich ulanishi va o’tkazilganlikni tugaganligi haqida nazorat berishi kerak. Strelkani normal o’tkazishda va elektrodvigatelni friksiyaga ishlashida iste’mol qiluvchi tokning qiymatini aniqlash strelkali o’tkazgich krestovinasiga, rel’sga, elektrodvigatelga va elektrodvigateldagi ishchi kuchlanishga bog’liq. SP elektroo’tkazgichining friksion ushlagichini to’g’rilash texnologiyasi maxsus qurilma asosida bajariladi, ya’ni dinamometr DOSM-3-1, maksimal o’lchanadigan kuchi 9800 N.11 Strelkani o’tkazish kuchini tekshirish uchun strelkani o’tkazmasdan turib elektroo’tkazgich dvigatelida friksion qurilmani bemalol aylanishini ta’minlovchi holatga friksion ushlagichni qo’yib yuborish kerak. Keyin friksion ushlagichni shunday siqish kerakki strelka o’tkazilishi boshlanadi va dinamometr bilan o’rnatilgan kuch o’lchanadi. Strelkali o’tkazgich izolyatsiyasi asosiy yo’llarda 1 oyda 1marta, qolgan yo’llarda esa 3 oyda 1 marta tekshiriladi. EM va DM qurilmalariga texnik xizmat ko’rsatish jarayonida ularning parametrlari o’lchanadi, sozlanadi, asboblar va uzellarning ishlashini tekshirib to’g’rilanadi, nosozliklari aniqlanadi va bartaraf etiladi, nosoz holga kelgan asboblar almashtiriladi, ularda normal ishini xarakterlovchi parametrlarini tiklash maqsadida ta’mirlanadi. DM qurilmalarining ishonchli ishlashini ta’minlash uchun DM postida, liniya punktlarida, hamda kuchaytiruvchi va uzatuvchi punktlardagi TB va TS signallarini to’g’rilash katta ahamiyat kasb etadi. TB va TS kanallarida signallarning darajasini o’lchash va tekshirishlar DM qurilmalaridan foydalanishdan oldin va ulardan foydalanish mobaynida amalga oshirish maqsadga muvofiq (yilda kamida 2 marta – yozda va qishda). Alohida blok apparaturalarining tekshiruv natijalari va bajarilgan ta’mir turlari TTU (RTU) ishchilari tomonidan maxsus jurnalda qayd etiladi. TB va TS kanallarining to’g’riligi va signal darajasining natijalari ham texnik pasport o’rnini bosuvchi va qurilmalarning kerakli texnik ko’rsatkichlarini aks ettiruvchi tegishli jurnallarga kiritiladi. Download 440.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling