Bajardi: Islomov Doniyor Tekshirdi: Ubaydullayev Saidazim Toshkent 2022 y
REL’SLI ZANJIRLARDA PARAMETRLARINI O’LCHASH VA TEKSHIRISHGA KO’RSATMALAR
Download 440.39 Kb.
|
3 variant Doniyor
REL’SLI ZANJIRLARDA PARAMETRLARINI O’LCHASH VA TEKSHIRISHGA KO’RSATMALAR
Rel’sli zanjirlar parametrlarini o’lchashning barcha usullari taxminlarda rel’s va ballastlarni qarshiligi rel’sli zanjir bo’ylab uni uzunligi bo’yicha bir tekisda taqsimlanganligida asoslangan. SHuning uchun rel’sli zanjirlardagi o’lchovlar natijalarini yanada aniqroq olish uchun oldindan uni sozligi tekshiriladi va ishonch hosil qilinadi. Tekshiruv vol’tmetr yordamida har zvenoni uchidagi rel’slar orasidaga kuchlanishlarni o’lchash yo’li bilan amalga oshiriladi. Rel’sli zanjirlarni sozligida asbobning ko’rsatkichlari ravon o’zgaradi, ko’rsatkichlarni keskin o’zgarishi esa, o’sha joyda ballastni yoki rel’s o’lchagichlarni ahvoli qoniqarsizligini ko’rsatadi. Bir vaqtda izolyatsiyalovchi tutashmalarni ahvoli tekshiriladi, chunki ularning qarshiligi kamayishi katta xatolarga keltiradi. Katta xatolarga daydi toklarni ham kiritish mumkin, uni rel’sli zanjir o’rtasida vol’tmetrlarni ulash orqali aniqlasa bo’ladi, bundan oldin RZni oziqlanishidan o’chirish kerak. Daydi toklar mavjud bo’lgan holatda o’tkazib bo’lmaydi. Apparatura ulanadigan zanjirlarning o’tuvchi qarshiligi kichkina bo’lishi kerak. Rel’sli zajirni shuntlash zarur bo’lganda 6 mm2 dan kam bo’lmagan kesim bilan misli sim ishlatiladi. Asboblarni o’qish ,yaxshisi, kabelni tirgovichlarni zajimlari orqali qilish kerak (fazometrlar va vol’tmetrlardan tashqari). Bunday holatda maxsus o’lchov zajimlar ishlatilishi kerak. Vol’tmetr shunday tanlanishi kerakki, uni ichki qarshiligini 1 V ga 100 Om dan kam bo’lmasligi kerak. Rel’sli zanjirni uzunligi 1 m gacha aniq ulanishi lozim. Ballastni qarshiligi rel’sli zanjir elektrodlarda elektrokimyoviy reaksiyalarni o’tish tezligidan aniqlanadi. Reaksiyaning o’tish tezligi oziqlanish manbaini kuchlanishiga bog’liq, shuning uchun ballastni qarshligi kiritilgan kuchlanishga bog’liq, uni ko’payishi bilan kamayadi, bu doimiy tokli rel’sli zanjirida juda bilinadi. SHu bois rel’s zanjiri birlamchi parametrlarini, normal rejimiga ega bo’lgan rel’s zanjiri boshida kuchlanishlarda va toklarda o’lchash kerak.
XULOSA Xulosa o’rnida shuni aytish kerakki strelkali o’tkazgichlar va rels zanjirlari ulagichlarga qo’yiladigan asosiy talablar temir yo’l TFQda keltirilgan. Qoidada keltirilishicha, markazlashtirilgan strelkalarning o’tkazgichlari va ulagichlari: strelkalarning chetki holatida ostryakni ramali rel’sga va krestovina markazining mo’ylovchalari (usovik)ga zich yopishishi ta’minlanishi kerak; ostryak va ramali rel’s orasidagi tirqish 4mm va undan ko’p bo’lganda strelka ostryagini yopishishiga yo’l qo’yilmasligi kerak; boshqa ostryakni ramali rel’sdan kamida 125 mmga uzoqlashtirishi kerak. Avtomatika va telemexanika qurilmalarni texnik tutishini “SSB qurilmalarga texnik xizmat ko’rsatish yo’riqnomasi” NSH-01 aniqlaydi. SHu yo’riqnomada ko’rsatilgan ishlarni amalga oshirish Signalizatsiya va aloqa distansiyalar zimmasiga yuklatilgan. Distansiyadagi har bir SSB uchastkasi va sexlari uchun qurilma va jihozlarga joriy xizmat ko’rsatish bo’yicha texnologik jarayonning jadvali tuzilgan va tasdiqlangan bo’lishi kerak. Jadvalda SSB qurilmalarni texnik tutish bo’yicha barcha ishlar hamda ularning davriyligi ko’rsatilgan bo’lishi kerak. Xizmat ko’rsatish texnologik jarayonning jadvali bo’yicha bajariladigan ishlar va o’lchovlar haqida ma’lumotlar (ishlar turiga qarab) SHU–2, SHU–64 yoki DU–46 shakldagi jurnallarga yozilib, qayd etiladi. Download 440.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling