Bajardi: Ismoilov Qobul


Asosiy xotira va uning turlari


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/3
Sana23.04.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1388226
1   2   3
Asosiy xotira va uning turlari


16
PROM (Programmable ROM) - programmalanadigan doimiy xotira
qurilmasi (rus tilida - programmirumыye PZU).
EPROM (Erasable PROM) - axborotni o‘chirish va qayta yozish mumkin
bo‘lgan programmalanadigan doimiy xotira qurilmasi (rus tilida -
stirayemoye programmiruyemoye PZU);
EEPROM (Electronically EPROM) - axborotni elektron tarzda o‘chirish va
yozish mumkin bo‘lgan programmalanadigan doimiy xotira qurilmasi (rus
tilida - elektronno-pereprogrammiruyemoye PZU);


17


18
Tezkor va doimiy xotira qurilmalari. Ko‘rib chiqilgan xotiralarning barcha xillari bitta
umumiy xususiyatga ega: ularda axborotni ham yozish, ham o‘qish ikoniyatlarini
mavjud. Bunday xotira tezkor xotira qurilmasi (TXQ) deb ataladi (Random Access 
Memory - RAM, rus tilida - operativnoye zapominayuщyeye ustroystvo - OZU). Tezkor
xotira qurilmasining ikki xili mavjud:
Statik TXQ (Static RAM - SRAM). Bu xildagi xotira D-triggerlar asosida quriladi. Statik
TXQsida axborot, unga manba ulangan vaqt davomida saqlanadi: bu vaqtning
davomiyligi - sekundlarga, minutlarga, soatlarga va kunlarga ham teng bo‘lishi mumkin.
Statik TXQ juda tez ish- laydi, unga murojaat qilish vaqti bir necha nanosekundlarga
teng bo‘lishi mumkin. Shu sababli statik TXQ, ko‘pincha ikkinchi sath kesh-xotirasi si-
fatida ishlatilmoqda.


19
Dinamik TXQ (Dynamic RAM - DRAM). Bu xildagi xotirani qurishda
triggerlar ishlatilmaydi. Dinamik TXQ tranzistorlar va juda kichik
kondensatorlardan qurilgan, yacheykalar to‘plamidan iborat bo‘ladi. 
Kondensatorlar zaryadlangan va zaryadlanmagan holatlarda bo‘lishi mum-
kin, bu hol 1 va 0 ni saqlash imkonini beradi. Kondensatorda zaryad
yo‘qolishi mumkin bo‘lganligi sababli, bu xildagi xotirada ma’lumotlar
yo‘qolib ketmasligi uchun har bir bit, vaqti-vaqti bilan qayta zaryadlanib
turishi kerak bo‘ladi. Dinamik TXQda bir bit axborotni saqlash uchun 1-ta 
tranzistor va 1-ta kondensator kerak bo‘ladi. 


20
Xotira modullarining quyidagi xillari mavjud:
SIMM (Single Inline Memory Module) - ulanish nuqtalari bir tomonda joylashtirilgan xotira modullari (rus
tilida - modul pamyati s odnostoronnim raspolojeniyem vыvodov);
DIMM (Dual Inline Memory Module - ulanish nuqtalari ikki tomonda joylashtirilgan xotira modullari (rus
tilida - modul pamyati s dvuxstoronnim raspolojeniyem vыvodov).
SIMM platalarda bir tomonda joylashtirilgan ulanish nuqtalariga (kontaktlarga) ega bo‘lib, bunday
modullarda bir taktli siklda ma’lumotlami uzatish tezligi 32 bitni tashkil qiladi.
DIMM platalari esa ikki tomonda joylashgan, har birida 84 tadan, jami 168 ta ulanish nuqtasiga ega.
Ushbu xildagi modullarda bir taktli siklda ma’lumotlami uzatish tezligi 64 bitni tashkil qiladi, ya’ni
avvalgisidan ikki barobar tezkorroq.


21
Statik TXQ dinamik TXQ dan ancha tez ishlaydi. Qoida bo‘yicha birinchi sath kesh-
xotirasidagi barcha ma’lumotlar, ikkinchi sath kesh- xotirasida, ikkinchi sath kesh-
xotirasining barcha ma’lumotlari esa, uchinchi sath kesh-xotirasida ham yozilgan
bo‘ladi. Kesh-xotiraning bir necha xillari mavjud: to‘g‘ridan-to‘g‘ri akslantiriluvchi
kesh-xotira (rus tilida - kesh-pamyat pryamogo otobrajeniya) va assotsativ kesh-xotira.
Xotira modullarini yig‘ish va ularning xillari. Hozirda xotira mikrosxemalari, odatda 8 
ta yoki 16 tali guruhlarga birlashtirilib bitta kichikroq plataga o‘matilgan holda ishlab
chiqarilmoqda va sotilmoqda (9.8-rasm). Bunday platalar xotira modullari deb ataladi.


22
Kesh tezligi ma'lum bir mikrosxemaning hajmiga bog'liq.Mikrosxemaning hajmi qanchalik katta bo'lsa,
uning ishlashi uchun yuqori tezlikka erishish shunchalik qiyin bo'ladi. Ushbu xususiyatni hisobga olgan
holda, kesh-protsessor xotirasida sathlar deb nomlangan bir nechta kichik bloklar ko'rinishida ish olib
boriladi. Bugungi kunda eng keng tarqalgan L1, L2, L3 uch darajali kesh tizimi hisoblanadi:
Birinchi darajali L1 kesh xotirasi
- eng kichik hajm (bir necha o'nlab kilobayt), lekin eng tezkor va eng
muhimi.
L2 kesh xotirasi
L1 xotira tezligidan pastroq, lekin allaqachon bir necha yuz kilobaytda o'lchanadigan
hajmda yutadi
L3 keshi
- U uchta darajadagi eng katta hajmga ega (u o'nlab megabaytlarga yetishi mumkin), lekin ayni
paytda eng tezkor tezlikka ega, u hali ham tezkor xotiradan tezroq.
Qisqa qilib aytganda, kundalik hayotimizdahi gadjetlarimizgacha kesh xotirasi bor. U bizga gadjetlarimiz
tez qotmay ishashini ta’minlab beradi.


23
Foydalanilgan adabiyotlar:

https://uz.warbletoncouncil.org/

https://hozir.org/

https://uz.unansea.com/

https://uz.denemetr.com/

https://geo.proz.com/

https://uz.wikipedia.org/

Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling