Bajardi: Ismoilova s tekshirdi: Halimov I mundarija I. Kirish II. Asosiy qism


Geotexnologiya usullarini qo’llash asoslari


Download 162.65 Kb.
bet5/15
Sana05.01.2022
Hajmi162.65 Kb.
#222778
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Ismoilova S 3

Geotexnologiya usullarini qo’llash asoslari

O’rganilayotgan hodisalarga universal yondashuvlik geotexnologiyaga xosdir. Foydali qazilmalarni qazib olish jarayonlarini o’rganish va ularning parametrlariga kimyoviy va fizikaviy usullar bilan ta’sir etuvchi geotexnologiyada fizika, kimyo, geotexnologiya va tog’ ishlarining metodlari qo’llaniladi. Bu o’z o’rnida jarayonlarni baholash va ularni o’rganib qo’llay olish imkonini beradi.

Hozirgi vaqtda quyidagi geotexnologiya usullari keng qo’llaniladi: yer ostini ishqorga solish – rangli, noyob va radioaktiv metallarni qazib olish uchun ishlatiladi; yer osti qorishmasi – tuz konlarini o’zlashtirishda va yer osti sig’imlarini tuzishda; yer osti eritmasi – oltingugurtni qazib olishda ishlatiladi; yer ostini gazlashtirish – ko’mir, slanes, torfdan gazsimon holatga aylantirish yo’li bilan foydali xomashyoni olish metodlari; suv yordamida quduqli qazib olish – gidromexanik buzilish orqali foydali qazilmalarni harakatlanish holatiga keltirishga asoslangan metod.

Aniq geologik jarayonlar – magmatizm, metamorfizm, buzilish va cho’kish (sedimentatsiya) – natijasida paydo bo’lgan foydali qazilmalar ko’pincha yer ostida ba’zi bir turdagi birikmalar shaklida bo’lishadi. Foydali qazilmalarning barqaror tabiiy birikmalar soni uch mingdan oshmaydi. Har bir mineral o’zinig kimyoviy, fizikaviy xususiyatlari va ichki tuzulishi bilan tavsiflanadi.

Kimyoviy tarkibiga ko’ra minerallar oddiy moddalarni chiqarishadi – sulfidlar, galoidlar va yer qarining asosiy massasi hisoblanadigan kislorodli birikmalar. Ko’pgina minerallar kristall va ayrimlari esa amorf tuzilishga ega.

Minerallarning fizikaviy xususiyati juda xilma-xildir. Bu xususiyatlar minerallarning kimyoviy tarkib va tuzilishiga bog’liq. Foydali qazilmalarning minerallari alohida kristall cho’kmalar shaklida yer qobig’ida joylashadi.

Geotexnologiya usullari uchun hajm, shakl, va (urug’,) agregat, ulanishlarning o’zaro joylashishi bilan aniqlanadigan tog’ jinslarning tuzilishini va ularning joylanish shakli va tuzilishini bilish muhum.

Geotexnologiyada alohida olingan tog’ jinslar va foydali qazilmalarni o’rganib chiqib bo’lmaydi, qattiq, suyuq yoki gazsimon fazada mavjud turli xil komponentli bir yoki bir necha turdagi geterogen tizimga ega bo’lgan tog’ sharoitini o’rganib chiqish zarur.



  1. Download 162.65 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling