Bajardi: Ismoilova s tekshirdi: Halimov I mundarija I. Kirish II. Asosiy qism


Geotexnologiya usuliga muvofiq qatlamlarni ochish, tayyorlash va qazib chiqarish ishlarining texnologik sxemasi


Download 162.65 Kb.
bet7/15
Sana05.01.2022
Hajmi162.65 Kb.
#222778
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
Bog'liq
Ismoilova S 3

Geotexnologiya usuliga muvofiq qatlamlarni ochish, tayyorlash va qazib chiqarish ishlarining texnologik sxemasi

Konlarni foydalanishga tayyorlash – konni qo’shimcha o’rganish va uni ochish bilan bog’liq ishlar, ya’ni ishlab chiqarish quduqlarini qurish, o’rganish, jihozlash va foydalanishga tayyorliligini ko’rish.

Quduq – geotexnologiya usulida foydali qazilmalarni qatlamdan chiqarib olivchi va qatlamga kimyoviy reagent yuborishga xizmat qiladigan asosiy ishlab chiqarish vositasidir. Quduq qurilishining asosiy muammolarini hal qilishda quduq burg’ilash usullari va texnologiyasi sohasida izlanishlar olib borish kerak. Ushbu muammoni hal qilish mushkul, chunki quduqlarning 99% tog’ jinslarning siqilishidan zaboylarning buzilish hisobiga, ya’ni foydasiz usul bilan burg’ilanadi.

Ochish tizimining iqtisodiy tavsiflanishi va ochishni amalga oshirish sharoitlari haqidagi umumiy tushunchalarni ochish koeffitsiyenti beradi.

Ochishning bir necha koeffitsiyentlari mavjud: geologik, texnologik va iqtisodiy.

Ochishning geologik koeffitsiyenti – qoplovchi jinslar qalinligining qatlam qalinligiga nisbati. U quyidagi ifoda orqali aniqlanadi:



H – qoplovchi jinslar qalinligi, m; m – qatlam qalinligi, m;

Ochishning texnologik koeffitsiyenti qazib olinayotgan bir tonna zaxiraga quduqning qancha uzunligi to’g’ri kelishini ko’rsaradi. Quyidagi ifoda orqali aniqlanadi:





1 – qazilayotgan quduq uzunligi, м; η – maydonda joylashgan bitta quduqning foydali qazilmani ajratib olish koeffitsiyenti; П – foydali qazilmalar qatlamining unumdorligi. Quyidagi formula orqali aniqlanadi:

П = mγ, т/м2

γ – foydali qazilmaning hajmiy massasi, т/м3; S – maydondagi quduqlar joylashgan yuza. Quyidagi formula orqali aniqlanadi:

S = π R2, м2

R – bitta quduq maydonning radiusi, м; c – foydali qazilmalarning o’rtacha tarkibi, %.

Ochishning iqtisodiy koeffitsiyenti ishlab chiqarish qudug’ini qazish va jihozlash xarajatlarini va foydali qazilmalar narxining nisbati sifatida belgilanadi. Quyidagi ifoda orqali aniqlanadi:



C – quduqning burg’ulanish, tayyorlash va jihozlanishiga ko’ra jami xarajatlar, тг; Ци – quduqdan qazib olingan foydali qazilmalarning zaxiradagi narxi, тг.



СБ – 1 m quduqning burg’ulash narxi, тг/м; С0 – 1 m quduqni tayyorlash narxi (sementlash, quvurlarni o’tqazib chiqish), тг/м; L – quduq chuqurligi, м.

Ци = 0,01 с Цпр V m;

Цпр – mahsulotning korxonada belgilangan narxi (rudalar, flyuidlar, gaz).

Geotexnologiyada konlarni ochish eng mas’uliyatli bosqichdir. Burg’ilash va tayyorlash ishlarida eng kichik kamchiliklar ishni yo’qotishga olib kelishi yoki uzoq va sermashaqqat ishlarga zarurat tug’dirishi mumkin.

Quduqning joylanish joyini tanlash har doim ushbu maydonda yoki konda qabul qilib qo’llaniladigan ishlab chiqarish tizimi bilan bog’liq.

Foydali qazilmalar konlarini geotexnologiya usullari bilan ishlab chiqish ostida ishlab chiqarish va yordamchi quduqlarning joylanish va burg’ilanish taribi tushuniladi. Ishlab chiqarish sistemasi ratsional deb tan olinishi mumkin, agarda u geologik, gidrogeologik, texnologik va iqtisodiy omillarni hisobga olgan holda qatlamlarning ehtimoliy variantlar ko’rsatkichlarini to’liq tahlil qilish natijasida tanlangan bo’lsa.

Ishlab chiqarish tizimini tanlashda korxonaning rejalashtirilgan ishlab chiqarish quvvati va foydali qazilma konlarining fizik-geologik muhitining dastlabki ma’lumotlari xizmat qiladi. Ishlab chiqarish tizimini tanlash – bu butun bir qatlamning ishlash yo’nalishini aniqlash va quduqlarni joylashtirish to’rini o’rnatish demakdir. Ishlab chiqarish tizimining asosiy elementlari: ishlash yo’nalishi, quduqlar to’ri, vaqt va makonda quduqlarni ishga tushirish tartibi.

Ishlab chiqarish tizimini tanlashda quyidagi omillarni hisobga olish lozim: qatlamning joylanish chuqurligi, qazib olish jarayoning ishlov berishga qulayligi, foydali qazilmalarning olinishi, qatlamning unudorliligi, joylanish sharoitari, qatlam, qatlamining relyefidagi jinslar xilma-xilligi.

Matematik tarzda ishlab chiqarish tizimini yanada ratsional tanlash muammosi boshlang’ich va yakuniy shartlarning mavjudligida maqsadli funksiyani maksimallashtirishga olib keladi. Odatda daromad maksimallashtirilgan funksiya bo’lib xizmat qiladi. Konning butun ishlab chiqarish davri mobaynida umumiy daromad quyidagi ifoda orqali aniqlanadi:



Т – konlarni qazishda davrlar soni; Цi – konlarni foydalanishga tayyorlashning birinchi davrida mahsulotning narxi, тг/т; Сi – konlarni foydalanishga tayyorlashning birinchi davrida mahsulotning tannarxi, тг/т; Бi – konlarni foydalanishga tayyorlashning birinchi davrida ishlab chiqilgan zahira balansi, т; ηi – konlarni foydalanishga tayyorlashning birinchi davrida ishlab chiqilgan zahiralarning chiqarish koeffitsiyenti.

Ayrim maydonlarning ishlab chiqarish ketma-ketligini tanlashda ishlab chiqilgan va qayta ishga tushirilgan tutashgan maydonlarning minimal sonini ta’minlashga harakat qilish kerak, chunki bu ishchi omillarning (gaz, havo) va serunum eritmalarning yo’qolishiga olib kelishi mumkin.

Yo’l qo’yilgan yo’qotishlar natijasida ruxsat etiladigan ba’zi bir kompensatsiya ifodasiga ko’ra quduqlar qatlam yuzasi bo’ylab joylanishadi:

Эп = БпЦп – Бнbп,

Бп, Бн –yo’qotilgan va qazib olingan foydali qazilmalarning soni; Цп –1 tonna yo’qotilgan foydali qazilmalarning bahosi; bп –1 tonna qazib olingan foydali qazilmalarning badal qiymati.

Yer qari zahiralaridan 1 tonna yo’qotilgan qazilmalarning bahosi harajatlarni qo’shish orqali aniqlanadi: 1 tonna balans zahiralarini qidirish, 1 tonna balans zahiralarini qazib olish uchun solishtirma kapital xarajat, 1 tonna foydali qazilmalarni sotishdan undirilmagan daromad qiymati.

Tushmay qolgan daromad xarajatlarni Зпр 1 tonna qazib olingan foydali qazilmalarning ulgurji narxi va tannarxining o’rtasidagi farq sifatida aniqlash mumkin. Biroq, bu qiymat faqat shartli daromad deb hisoblanadi. Doimiy ishlab chiqarishda yo’qotilgan daromad faqat vaqt orqali balans zahiralarini ishlab chiqarish so’ngida paydo bo’ladi. Shuning uchun undirilmagan daromadni hisoblashda konni ishlab chiqarish muddati va kapital xarajatlarning samaradorlik koeffitsiyenti bilan aniqlanadigan Кпр keltirish koeffitsiyentini hisobga olish lozim. Natijada olamiz.

An’anaviy qazish ishlarini geotexnologiya usullari bilan taqqoslaganda yo’qolgan balans zahiralarining qiymatini hisobga olish kerak.

Эп = Биг Цпг - БптЦпт- Бигbпг,

«т» va «г» indekslari – an’anaviy va geotexnologiya qazish usullariga muvofiq.

Qiyosiy iqtisofiy samaradorlikni aniqlashda ushbu omil quyidagi tarzda ko’rib chiqilishi mumkin:



nн – moddiy ishlab chiqarish sohasidagi xodim uchun bir yil mobaynida keladigan normativ daromad; N1, N2 – taqqoslanadigan korxonalarning xodimlar soni.

Konlarni ishlab chiqarish metodlarini qiyosiy baholashda rentabellik ko’rsatkichini Эр ham hisobga olish kerak.

Эр = (с'0 - с') / (Ф0 - Фоб),

с'0 va с' – mahsulotning yillik hajmining narxi va tannarxiga muvofiq; Ф0 и Фоб – asosiy ishlab chiqarish fondi va normalizatsiya qilingan aylanma mablag’larning o’rtacha yillik qiymatiga muvofiq.

Ajratilgan sarmoyaning qoplanish muddatini qisqartirish muhim ahamiyatga ega.



= 1 / Эр

Sarmoyaning iqtisodiy samaradorligi nafaqat tannarx va solishtirma sarmoyaning tushishiga bog’liq, balki daromadni ishlab chiqarishni boshlagan vaqtga bog’liq.

Mablag’ning qaytish koeffitsiyenti Э0 ishlab chiqarish metodlarining iqtisodiy samaradorligining muhim ahamiyati hisoblanadi. Quyidagi formula orqali aniqlanadi:

Э0 = Агод с'r / К0

Turli xil turdagi metodlarni baholashda mehnatning unumdorlik, ishning xavfsizlik va boshqa ko’rsatkichlarini inobatga olish lozim.

Ishlab chiqarishning ratsional tizimini loyihalashda quyidagi shartlarga rioya qilish lozim: ishni boshlashda xavfsizlik qoidalariga rioya qilish; qatlamni ishlab chiqarishda sanoat, iqtisodiy, geografik va fizik-geologik xususiyatlarning maksimal sonini hisobga olish; foydali qazilmalarni maksimal darajada iqtisodiy qazib olishni ta’minlash.


XULOSA

Foydali qazilmalarni geotexnologik usul bilan qazib olish atrof-muhitga va ekologiyaga salbiy ta’siri juda kichikligi bilan boshqa usullardan ajralib turadi. Bundan tashqari samaradorligi juda yuqori bo’lib, 75-95 % ni tashkil etadi. Geotexnologik usul foydali qazilmani yer ostida ishqorlovchi kimyoviy reogentlatlar yordamida eritib yer yuzasiga chiqarishga asoslangan usuldir. Bu jarayonni amalga oshirishda texnologik quduqlar asosiy vazifani bajaradi. Yuboruvchi quduq orqali ishchi eritma (H2SO4) madanli qatlamga yuboriladi va tarkibiga uran tuzlarini ion shakliga o’tkazadi, so’ngra so’rib oluvchi quduqdan mahsuldor eritman so’rib olinadi.

Texnologik quduqlarni УРБ-3А3 burg’ulash qurulmasi yordamida burg’ulanadi. Burg’ulangan quduqlar diametri yuboruvchi quduqlarda 90 mm.ni so’rib oluvchi quduqlarda esa 195- mm.ni tashkil qiladi. So’rib oluvchi quduqdan maxsuldor eritma maxsus elektr nasoslari yordamida yer yuzasiga so’rib olinadi.




  1. Download 162.65 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling