Bajardi: Ismoilova s tekshirdi: Halimov I mundarija I. Kirish II. Asosiy qism


Geotexnologiya usulini muayyan sharoitlarga asoslash


Download 162.65 Kb.
bet6/15
Sana05.01.2022
Hajmi162.65 Kb.
#222778
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Ismoilova S 3

Geotexnologiya usulini muayyan sharoitlarga asoslash

Har bir geotexnologiya usulining negizi yo fizikaviy yo kimyoviy jarayonga asoslangan. Uni amalga oshirish uchun tog’ sharoitining texnika parametrlari va ko’rsatgichlariga ta’sirini bilish lozim. Qo’llanilayotgan usul yer ostidan foydali qazilmalarni ajratib olishni ta’minlab berishi lozim va tejamli bo’lishi kerak; foydali qazilmalarning kimyoviy va mineralogik tarkibi ularni harakatlanish holatiga o’tishini ta’minlashi lozim; saqlovchi jinslar foydali qazilmalarni qazib olish bo’yicha texnologik jarayonni o’tkazish imkonini ta’minlab berishi kerak; qatlamning morfologiyasi, ma’danlarning tekstura va strukturasi foydali qazilmalarga ishchi omillarning (gaz, havo) kirishini ta’minlashi lozim. Sanab o’tilgan talablar har bir geotexnologik usulga mos ravishda konkretlashtiriladi.

Foydali qazilmalar sifatiga qo’yiladigan talablar: konlarning rejali qazilishi uchun blokdagi foydali komponentlarning minimal sanoat tarkibi; foydali komponentlarni sanoat qazib olinishining minimal qiymati; foydali qazilmalarning ishlov berishga qulayligi; zahiralarning sanoat konturiga kiritish uchun namunadagi foydali komponentlarning chegara miqdori.

Kon joylanishining tog’- geologik sharoitlariga qo’yilgan talablar: joylanish chuqurligi; foydali qazilmalar va saqlovchi jinslarning fizikaviy xususiyati; qatlamning minimal sanoat qalinligi; qatlamning gidrogeologik parametrlari – ochishning darajasi, yetkazib berish va tushirish nuqtalarigacha bo’lgan masofa va boshqalar. Eng muhim talablardan biri bu foydali komponentlarning qatlam qalinligi bilan bog’liqligini aks ettirivchi qatlamning minimal unumdorliligi.

Bu yerda konlarni ishlab chiqarish sharoitlarini va ko’pgina usullar uchun umumiy bo’lagan eng asosiy talablar sanam o’tlagan. Qolgan talablar aniq konlar uchun tabiiy sharoitlarda texnologik tadqiqotlar asosida belgilanadi.





  1. Download 162.65 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling