Oldini olish va boshqarish
Infeksiya oldini olish uchun qoʻllarni tez-tez yuvish, boshqalardan uzoqroq masofada boʻlish hamda yuzni qoʻllar bilan ushlamaslik tavsiya qilinadi.[17] Niqoblardan foydalanish esa hamma uchun emas, balki virusni yuqtirganini shubha qilayotganlar hamda ularga qarayotganlargagina tavsiya qilinadi.[18][19] Ayni damda COVID-19 ga qarshi vaksina yoki preparat yoʻq. Kasallikni boshqarish simptomlarni davolash, izolyatsiya hamda eksperimental choralardan iborat.[20]
Epidemiologiyasi va tarixi
Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti 2019–20-yilgi koronavirus epidemiyasini pandemiya[3] hamda xalqaro sogʻliqni saqlash favqulodda holati (inglizcha: Public health emergency of international concern (PHEIC))[21][22] deya belgiladi. Jahon boʻylab virusning mahalliy tarqalishi (yaʼni, virus oʻchogʻiga bormagan shaxslar oʻrtasida tarqalishi) holatlari qayd etildi.
– Koronavirus yuqishi va belgilari haqida maʼlumot bersangiz?
– Koronavirus infeksiyasining yashirin davri 2 kundan 14 kungacha davom etadi. Hozirgi kunda virus tarqalishi asosan odamdan odamga yaqin aloqa oqibatida yuz bermoqda. Uning alomatlari isitma, yoʻtal va nafas qisishi hisoblanadi.
Virusni barcha yoshdagi odamlar yuqtirishi mumkin. Yoshi katta, surunkali kasallikka yoʻliqqan, immuniteti zaiflashgan odamlarda kasallik ogʻirroq kechishi mumkin. Ayni paytda Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti va dunyo davlatlari mutaxassislari ushbu virusga qarshi yangi vaksina va davolash metodlarini yaratish ustida faol ishlashmoqda.
– Hozirda xastalikdan saqlanishda qoʻllarni yuvish muhim oʻrin tutishi haqida koʻp gapirilmoqda....
– Toʻgʻri. Qoʻllarni tez-tez va sovun bilan yaxshilab suvda yuvishning ahamiyati beqiyos. Bundan tashqari, spirti dezinfeksiyadan foydalanish ham zarar qilmaydi. Ovqat qilish davomida hamda undan oldin va keyin, shuningdek, ovqatlanishdan oldin, uy hayvonlari oldidan qaytganda ham qoʻllarni yuvishni unutmaslik kerak. Ayni kunlarda Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan butun aholiga qoʻl yuvishning ahamiyati haqida sms xabarlar tarqatilayotganligining sababi ham ana shunda.
–
Do'stlaringiz bilan baham: |