Bajardi: Mavlonov Jasur Guruh: 073-20-guruh toshkent-2023
Fishing xabarlarni aniqlash
Download 1.04 Mb.
|
cu LBeEYyDqsvvVXAWOV8Kw0xr4RaYN
- Bu sahifa navigatsiya:
- Biriktirmalarni
Fishing xabarlarni aniqlash. Fishing usullari doimo rivojlanib bormoqda. Fishing elektron pochta xabarlarida ko’pincha birovning uslubiga taqlid qilish va bizni aldash uchun mavjud qonuniy tashkilotlarning haqiqiy logotiplaridan foydalanish belgilari kuzatiladi. Biroq, quyida keltirilgan, ularning ko’pchiligida uchraydigan umumiy xususiyatlardan hujumlarni aniqlash mumkin:
Haqiqiydek ko’rinuvchi soxta elektron pochta manzillari. Masalan, firibgarlar Amazon xodimlari qiyofasida sizning ma’lumotlaringizni «yangilash» yoki «tasdiqlash» uchun siz bilan bog’lanib, sizni aldash orqali akkaunt ma’lumotlaringizni o’g’irlashga urinishi mumkin. Agar sizga kelgan xabardagi elektron pochta manzili @amazon.com o’rniga @amazonheadoffice.com yoki @amazzon.com domain nomi bilan tugayotgan bo’lsa, bu sizda shubha uyg’otishi kerak. Hech bir yirik va qonuniy tashkilot siz bilan @gmail.com, @mail.ru yoki boshqa shunga o’xshash keng omma foydalanishi uchun mo’ljallangan elektron pochta platformasi orqali bog’lanmaydi. Ziyonkor havolalar sizni ular ustiga bosganingizda zararli dasturlar joylashtirilgan qalbaki veb-saytlarga olib boradi. Havolalarni tekshirmasdan turib bosmang. Havola ustiga sichqonchani olib kelib, (sichqoncha tugmasini bosmasdan) havola ortidagi veb-sayt manzilini ko’rish mumkin. Sizda biroz bo’lsada shubha uyg’otgan havolani bosishdan oldin uni Norton Safe Web (https://safeweb.norton.com) kabi havola skaneri bilan skanerlash orqali tekshirib ko’ring. Qisqartirilgan URL havolalardan foydalanishda esa o’ta ehtiyot bo’ling. Qisqartirilgan havola ortidagi haqiqiy URL havolasini tekshirish uchun UnshortenIt (https://unshorten.it) kabi bepul onlayn xizmatdan foydalaning. Biriktirmalarni ochganingiz zahoti qurilmangiz zararli dasturlar bilan zararlanadi. Notanish yoki siz toʻliq ishonmaydigan shaxslar tomonidan yuborilgan elektron xabar biriktirmalarini hech qachon ochmang, bu raqamli xavfsizlikning eng asosiy qoidalaridan biridir. Bundan tashqari, davlat tashkilotlari sizga, agar siz so’rov bilan murojaat qilgan bo’lmasangiz, odatda sizga hech qanday biriktirma jo’natmaydi. Download 1.04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling