Bajardi: Maxkamova Ruxsona


Download 44.48 Kb.
bet1/9
Sana27.10.2023
Hajmi44.48 Kb.
#1728405
TuriReferat
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Menejment tadqiqot usullari. oraliq 1


Referat.

Bajardi: Maxkamova Ruxsona.

2023
MUNDARIJA


KIRISH . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .
1.1.Empirik tadqiqot usullari. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .......... ….. . . . . 1.2.Rasmiy-mantiqiy tadqiqot usullari. . . . . . . . . . . . . . . . ......... . . . …... . . 1.3.SWOT – tahlili usuli: mohiyati, qo‘llash sohalari, kamchiliklari................................................................................................... 1.4. SMART-tahlil usuli . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . ............ . . . . . 1.5. Morfologik tahlil usuli . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . ............ . . ….. 1.6. Aqliy hujum usuli . . . . . . . . . . . ......................... . . . .. . . .............. . . . 1.7. Delfi usuli . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .. . . . . ................... 1.8. Maqsadlar daraxti usuli . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . ………
Xulosa. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . ADABIYOTLAR RO‘YXATI . .. . . . . . ..................

Kirish
Xo‘jalik yuritishning bozor mexanizmini shakllanishi, korxonalar va tashkilotlar faoliyatini boshqarishning prinsipial jihatdan yangi vazifalarini hal etishni talab qiluvchi chuqur ijtimoiy-iqtisodiy va tashkiliy o‘zgartirishlarni asoslab berdi. Boshqaruvning diqqat markaziga o‘zgarib borayotgan tashqi muhitda korxonaning moslashuv va o‘z-o‘zini tashkillashtirish jarayonlari qo‘yilmoqda. Bunda, boshqaruv jarayonining o‘z xarakteri o‘zgarmoqda.


U tobora ko‘proq ijodiy, kreativ xarakterga ega bo‘lmoqda. Mazkur sharoitlarda korxona faoliyatini rivojlantirish va takomillashtirish uning faoliyatini chuqur bilishga asoslangan bo‘lishi zarurki, bu boshqaruv jarayoni va tizimini har tomonlama tadqiq etishni taqozo qiladi. Tadqiqot menejmentning muhim tarkibiy qismini ifodalaydi. Chunki tadqiqotlarni amalga oshirmasdan korxonani samarali boshqarib bo‘lmaydi. Boshqaruv tizimlarini tadqiq etish – boshqaruvni, doimiy ravishda o‘zgarib turuvchi tashqi va ichki sharoitlarga muvofiq rivojlantirish va takomillashtirishga qaratilgan faoliyat turidir. Boshqaruv tizimlarini tadqiq etish – zamonaviy menejmentning eng dolzarb hamda istiqbolli yo‘nalishlaridan biridir.
Tadqiqotlar avval ham tayanch tushunchalardan biri va biznes natijalarini aniqlagan bo‘lsada, menejmentda boshqaruv tizimining rivojlanish va takomillashish dinamikasini tadqiq etish – yangi hodisadir. Zamonaviy menejmentda tadqiqot muvaffaqiyatning bosh omili, ilmiy tilda ifodalanganda esa – boshqaruv samaradorligini oshirishning bosh omili bo‘lib hisoblanadi. Tadqiqotlar qaerda zaxiralar mavjudligini va rivojlanishga nima to‘sqinlik qilayotganini, nimadan xavfsirash va nimani qo‘llab-quvvatlash zarurligini ko‘rish imkonini beradi. “Menejmentning tadqiqot usullari” fanini o‘rganish maqsadlari –boshqaruv tizimini tadqiq etish sohasidagi nazariy va amaliy ko‘nikmalarni taqdim etish, talabada va tinglovchida ijodiy qobiliyatlarni, istiqbolli fikrlashni, tadqiqotchilik faoliyatiga qiziqishni uyg‘otish va rivojlantirish, boshqaruvga ilmiy va novatorlik yondashuvini motivatsiyalash, shuningdek boshqaruvni amaliy tadqiq etish, kelajakni oldindan ko‘ra bilish va anglashga tayangan holda mavjud vaziyatlarni tahlil qilish bo‘yicha bilimlar va ko‘nikmalarni berishdan iboratdir.
Ishlab chiqarish va jamiyatning, texnologiya va insonning o‘z rivojlanish xususiyatlari va shart-sharoitlarini aks ettiruvchi zamonaviy boshqaruv yana va yana tobora ko‘proq darajada tadqiqot yondashuviga ehtiyoj sezmoqda. Bunday yondashuvni qo‘llash boshqaruvning dinamik va istiqbolli bo‘lishiga, uning innovatsion salohiyatining o‘sishiga va boshqaruv qarorlarini qabul qilishda kasb mahoratining oshishiga, boshqaruvning ilmiy bo‘lishiga ko‘maklashadi.
Boshqaruvni rivojlantirish jarayonlarida yangi realliklar va yangi ehtiyojlar vujudga kelmoqdaki, ular muayyan tarzda boshqaruv mazmunida ham aks etmoqda. Bugungi kunda tadqiqot funksiyasi boshqaruvning asosiy funksiyalaridan biriga aylanmoqda. U boshqaruvning o‘sib borayotgan dinamikligi va diversifikatsiya qilinishining oqibati, inqirozga qarshi boshqaruvning, boshqaruvda kasbiy mahoratning o‘rni va ahamiyatini oshirishning muhim omili bo‘lib hisoblanadi.
Zamonaviy boshqaruvda tadqiqotchilik faoliyati menejer ish vaqtining va kuchining kamida 30 foizini tashkil qilishi kerak. Agar u muvaffaqiyatga erishsa, u nima uchun bunga erishganligini va buni qanday qilib mustahkamlash mumkinligini tushunishi zarur. Agar uning qarorlari omad keltirmasa, omadsizlikning asl sabablarini ko‘ra olishi lozim. U buni tushunishi, nafaqat intuitiv, balki tadqiqotning ilmiy apparati yordamida asosli tarzda ko‘ra olishi zarur. Kelgusida iqtisodiyotni innovatsion rivojlantirish sharoitida korxonalarda tadqiqotchilik faoliyatining ulushi o‘sib boraveradi. Bugungi kunda boshqaruvda oddiy echimlar mavjud emas, boshqaruv sharoitlari qiyinlashib ketmoqda, inson o‘zining ijtimoiy-psixologik tavsiflarida murakkablashib bormoqda.
Hozirgi vaqtda faqat tajriba va intuitsiyaga (ichki sezgiga), sog‘lom fikr yoki rasman o‘zlashtirilgan bilimlarga tayangan holda qarorlar qabul qilish imkonsiz. Inson faoliyatining samaradorligiga oid vaziyatlarni, muammolarni, shart-sharoitlarni, omillarni tadqiq qilish zarur, echimlar variantlarining o‘sib borayotgan turlitumanligi va soni orasidan ularning asoslangan tanlovini amalga oshirish kerak. Har bir firma doimiy rivojlanishda bo‘ladi. Uning rivoji – bu bir-birining ortidan keluvchi ko‘plab muammolar bo‘lib, ularni hal qilish va hal qilganda ham o‘z vaqtida hal qilish zarur. Ko‘pchilik vaziyatlar va muammolar to‘satdan paydo bo‘ladi, keskin namoyon bo‘ladi va o‘ylab o‘tirishga vaqt qoldirmaydi. Ularni o‘z vaqtida hal qilmaslik yoki umuman hal qilmaslik inqirozga, balki hatto halokatga ham olib kelishi mumkin.
Zamonaviy boshqaruvda oldindan ko‘ra bilish, bashorat qilish tobora ko‘proq ahamiyat kasb etmoqda. Hozirgi vaqtda joriy hodisalarning kelajagini faqat ichki sezgiga yoki oddiy ekstrapolyasiyaga asoslanib bashorat qilish umuman aqlga sig‘maydi. Davr shunday, iqtisodiyot rivojlanishining umumiy tendensiyalari shunday tavsiflanmoqda. Kelajakni, faqat hozirgi zamonning barcha, kichik va katta tendensiyalarini yaqqol his etish va chuqur tushunishga tayangan holda ko‘ra olish mumkin. Tadqiqotsiz omadli va ishonchli prognozlarga erishib bo‘lmaydi. Boshqaruvni tadqiq etish boshqaruvning o‘ziga tadqiqotchilik ruhini beradi, va demak, uni samarali, barqaror, yashashga qodir, istalgan o‘zgarishlarga moslashuvchan bo‘lishiga ham olib keladi.
Tadqiqot – bu nafaqat zamonaviy menejmentning funksiyasi, balki butun boshqaruv tizimining faoliyat yuritish uslubi, xodimlar faoliyatini tashkillashtirishning muayyan turkumidir. Zamonaviy menejer an’anaviy ma’nodagi ilmiy xodim bo‘lishi kerak emas, lekin u tadqiqotchilik faoliyatining asosiy usullarini egallagan bo‘lishi va uni boshqaruv samaradorligini oshirishning yangi omillarini izlashda tashkil qila olishi kerak. Shunday qilib, hozirgi kunda tadqiqot boshqaruvning asosiy funksiyalaridan biri sifatida, boshqaruvga, boshqaruv qarorlarining sifatini ta’minlovchi yondashuv sifatida, va boshqaruvni takomillashtirish vositasi (kasbiy bilimdonlik, innovatsionlik, motivatsiyalash va boshqalar) sifatida yuzaga chiqadi.
Boshqaruvni tadqiq qilish kasbiy tafakkurni rivojlantirishning ijobiy tendensiyasini aks ettiradi. Ijodkorliksiz kasbiy bilimdonlik bo‘lishi mumkin emas, tadqiqotsiz ijodkorlik bo‘lishi mumkin emas, tadqiqotning o‘zi esa uning yo‘llari, usullari, yondashuvlarini o‘zlashtirishsiz bo‘lishi mumkin emas. Tadqiqotning asosiy komponentlari – maqsadlar va vazifalarning qo‘yilishi; mavjud axborotning, hal qilish sharoitlari va usullarining dastlabki tahlili; boshlang‘ich gipotezalarni ifodalash, eksperimentlarni rejalashtirish va tashkillashtirish, eksperimentlarni o‘tkazish, olingan natijalarni tahlil qilish va umumlashtirish; olingan dalillar asosida boshlang‘ich gipotezalarni tekshirish va yangi dalillar va qonunlarni yakuniy ifodalash, tushuntirishlarni yoki ilmiy bashoratlarni olish – bugungi kunda nafaqat nazariy fan uchun, balki boshqaruv amaliyoti uchun ham dolzarb hisoblanadi.
Tadqiqotlar tahlilni o‘z ichiga oladi, biroq bu bilan cheklanib qolmaydi. Tadqiqot o‘zida inson ijodkorligining ancha yuqori darajasini ifodalaydi. Turli faoliyat sohalarida kasbiy bilimdonlikning rivojlanishi tadqiqotni ushbu faoliyat amaliy samaradorligining qonuniy va tabiiy elementi sifatida tushunishga etaklaydi. Darslikda boshqaruv jarayonida uchraydigan muammo va vaziyatlarni anglash, paydo bo‘lishini aniqlash, ularning xususiyatlari va mazmunini ochib berish, eng maqbul hal qilish yo‘llari va vositalari yoritilgan.


Download 44.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling