Bajardi: Maxkamova Ruxsona
Download 44.48 Kb.
|
Menejment tadqiqot usullari. oraliq 1
1.7. Delfi usuli.
Amaliyotda «delfi» usuli keng tarqalgan. Delfi usuli – bu o‘zaro muvofiqlashtirish protsedurasi bo‘lib, u har xil turdagi prognozlarni tuzish, u yoki bu hodisani amalga oshirish ehtimolini baholash, vaziyatda bayon etilgan 112 boshqaruv tizimi alohida bo‘g‘inlari ish samaradorligining miqdor va sifat jihatdan baholarini aniqlashga qaratilgan. Ushbu usul XX asrning 50-yillarida – AQShdagi “aql markazlari”dan biri – Rendcorporation xodimlari tomonidan ishlab chiqilgan. Delfi usuli, eramizdan avvalgi 880-yilda qurilgan Apollon ibodatxonasi yaqinida vujudga kelgan Delfa shahrining nomiga qo‘yilgan. Ushbu ibodatxona kohinlari o‘ziga xos ekspertlar kengashini tuzib, u voqealarni prognoz qilib, kelajak xususida tavsiyalarni berar edi. Delfi usuli o‘zining rivojlanish jarayonida qator o‘zgarishlarni boshdan kechirdi. Uning zamonaviy texnologiyasi ekspertizaga etarlicha ko‘p sonli chuqur bilimli mutaxassislarni jalb qilishga imkon beradi. Usulning sifati va ishonchliligi ko‘p darajada ekspertlarni tanlab olishga bog‘liq bo‘lib, ular quyidagi xislatlarga ega bo‘lishi kerak: chuqur bilimdonlik, mustaqillik, qo‘yilgan vazifani echishdan manfaatdorlik, ob’ektivlik va boshqalar. Ushbu usuldan foydalanish samaradorligi ko‘p jihatdan ekspertiza rahbariga, ya’ni so‘rovnoma qatnashchilari ishini yo‘naltiruvchi, ularga oraliq natijalarni ma’lum qiluvchi va zarur bo‘lganda keyingi turlarni tashkil qiluvchi koordinatorga bog‘liq. Usul ekspertlarni birma-bir yakka tartibda so‘rab chiqish va ularning fikrlarini yagona fikrga umumlashtirishga asoslangan. Odatda, ekspertlarni so‘rashning bir necha turlari o‘tkaziladi. Birinchi turda har bir ekspert vaziyatning tavsifini oladi, vaziyat xususiyatlari va mazmuniga muvofiq maxsus ishlab chiqilgan anketa savollariga javob beradi. So‘ngra barcha anketalar qayta ishlanadi, shundan keyin ekspertlarga natijalar e’lon qilinadi. Anketalarni qayta ishlash ekspertlarning baholaridan har bir o‘lchanayotgan kattalik uchun variatsiya qatorini tuzishdan iborat. Bunda variatsiya qatori deganda o‘lchanayotgan kattalikning (X) o‘sib borish tartibidagi ekspert baholari qatori tushuniladi. Anketa-topshiriqlarni (birinchi tur natijalarini) qayta ishlash ma’lumotlari ekspertlarga qaytariladigan ushbu anketalarga, shuningdek mezonning sonli qiymatini aniqlash natijalarini hisobga olish jadvaliga kiritiladi. Muvofiqlashtiruvchi ekspertiza qatnashchilariga birinchi tur natijalarini e’lon qiladi va ulardan ushbu natijalarni hisobga olgan holda o‘lchanayotgan kattalikka bergan o‘z baholarini, shuningdek, imkon bo‘lsa, vaziyat to‘g‘risidagi qo‘shimcha axborotni taqdim etish zaruratini aniqlashtirishni so‘raydi. Ikkinchi turda ekspertlar tomonidan baholarni qo‘yish protsedurasi, anketatopshiriqlarni to‘plash va qayta ishlash xuddi birinchi turdagi kabi amalga oshiriladi. Ekspertlar baholarining tarqoqlik diapazonining keskin torayishi ro‘y bergan prognozlashtirilayotgan kattaliklar kelgusi tadqiqotlardan chiqarib yuboriladi. Uchinchi turda, ekspertlarning kelishilgan fikrlari olinmagan har bir prognozlashtirilayotgan kattalik bo‘yicha ikkinchi tur ma’lumotlari so‘rovnoma ishtirokchilariga, o‘zining oldingi baholarini aniqlashtirish va ekspertlar fikrining farqlanish sabablarini ko‘rsatish iltimosi bilan ma’lum qilinadi. Uchinchi tur so‘rovnoma natijalarini qayta ishlash yangi, kelishilgan fikrlarga erishilgan prognozlashtirilayotgan kattaliklarni aniqlab beradi yoki zamonaviy bosqichda tadqiqot predmeti haqidagi tasavvurlarning shunday kelishilganlik imkoniyatini yo‘qqa chiqarayotgan sabablar ro‘yxatini ko‘rsatadi hamda vaziyatning o‘zini to‘g‘rilash kerakmi-yo‘qmi degan savolga javob beradi. Ekspertlarni yoyib yuborish, ya’ni turli xonalarda joylashtirish yordamida o‘tkaziladigan ekspertiza ham xuddi shunday olib boriladi. So‘rovnoma natijalarini qayta ishlash yakuni – bu koordinator va uning yordamchilari tomonidan to‘ldiriladigan mezonlarning sonli qiymatlarini aniqlash bo‘yicha jamlanma jadval hisoblanadi. Yakuniy bosqichda ekspert so‘rovnomasi yakunlari, masalan, firma rahbariyati majlisida chiqariladi. So‘rovnomani o‘tkazish va ma’lumotlarni qayta ishlash texnologiyasi tuuntiriladi, tizimning alohida bo‘g‘inlari ishini baholash bo‘yicha fikrlarning kelishilmaganlik sabablari tahlil qilinadi, natijalardan firmaning kelgusi faoliyatini rejalashtirishda foydalanish haqidagi qaror qabul qilinadi. Download 44.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling