Ona tili va adabiyoti ( qozoq, tojik tili va adabiyoti)


Download 0.78 Mb.
bet1/9
Sana25.11.2020
Hajmi0.78 Mb.
#151567
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
мезон 11-12 (Lotincha)

ONA TILI VA ADABIYOTI

( QOZOQ, TOJIK TILI VA ADABIYOTI)


Ona tili va adabiyot fanidan olimpiadaning birinchi, ikkinchi, uchinchi bosqichi umumta’lim maktablarining 9-11-sinflarda o‘tkaziladi. Kasb-hunar kolleji va akademik litseylarida birinchi bosqich 1-3 kurslarda, ikkinchi, uchinchi bosqich 2-3 kurslarda o‘tkaziladi. Olimpiadaning birinchi, ikkinchi bosqichi 3 turda (yozma ish, test sinovlari, og‘zaki), uchinchi va to‘rtinchi bosqichi 2 turda ( yozma ish, test sinovlari) o‘tkaziladi..Olimpiada sinovlarini quyidagi tartibda o‘tkazish tavsiya etiladi.

YOzma ish

9-11 sinf (2-3 kurs)larda birinchi (ta’lim muassasasi) va ikkinchi (tuman), uchinchi (viloyat) va to‘rtinchi (Respublika) bosqichlarida o‘quvchilar adabiy, adabiy ijodiy va erkin mavzularda insho yozadilar

Mazkur turda o‘quvchining yozma nutq qobiliyati, mustaqil fikrlashi hamda savodxonlik darajasi sinovdan o‘tkaziladi. Insho yozish uchun 2 soat (120 daqiqa) vaqt ajratiladi. YOzma ish mavzulari o‘quvchilarni ijodiy izlanishga, shaxsiy fikr-mulohaza bildirishga, bir xil mavzudagi bir necha manbalarda ifodalangan fikrlardan umumlashma xulosalar chiqara olish va uni yoza bilishga ko‘maklashuviga qaratilishi lozim. Bunda o‘quvchi mavzu bo‘yicha fikrlay olishi, berilgan mavzu manbalarini shunchaki bayon qilib yozmasdan, o‘z ijodiy fikrini bildirish zarurligini idrok qilishi kerak. Bunda insholarning minimal hajmi quyidagicha bo‘lishi mumkin. 9-sinf (1-kurs) 4-4,5 bet, 10-sinf (2-kurs) 4,5–5 bet, 11-sinf (3-kurs) 6-7 betdan kam bo‘lmasligi talab qilinadi.

Mazkur turda eng yuqori ko‘rsatkich 50 ballni tashkil qiladi.

Olimpiadaning har bir bosqichida yozma ish uchun beriladigan mavzular oddiydan murakkabga qarab takomillashib borishi maqsadga muvofiq.

YOzma ish quyidagi mezonlar asosida baholanadi


t-r

Mazmuni

1,2 bosqich

1.

Reja ijodiy, izchil, mavzuga mos tuzilgan bo‘lsa va matn mazmunini o‘zida to‘la-to‘kis ravishda namoyon qilib tursa

2

2.

Mavzuga mos keladigan epigraf to‘g‘ri tanlangan bo‘lsa

1

3.

Mavzu to‘g‘ri, to‘liq va batafsil yoritilgan bo‘lsa- 2-3 ball;

badiiy matn yaratish qonun-qoidalariga monand bo‘lsa –2-3 ball;

mustaqil ijodiy fikrlab yozilgan bo‘lsa –2-3 ball;

fikrlari yorqin, asosli bo‘lsa-2 ball;

mavzu mazmuni adabiy til me’yorlariga amal qilgan holda yoritilsa- 2 bo‘lsa


10

4.

Mavzuga mosssitata (ko‘chirma) larni to‘g‘ri tanlasa

1

5.

Reja bandlari mazmuni yoritilgan bo‘lsa

1

6.

Matnda milliy va umuminsoniy qadriyatlardan (hikmatli so‘z, maqol va va h) o‘rinli foydalangan bo‘lsa

1

7.

Matn mavzu bo‘yicha umumiy xulosalangan bo‘lsa

1

8.

Mavzu mazmuni hozirgi davr bilan bog‘langan bo‘lsa

2

9.

Insho husnixat bilan yozilgan bo‘lsa

1




Jami:

20 ball

t-r

Savodxonligi

1,2 bosqich

1

Inshoda hech qanday grammatik xato bo‘lmasa

20

2

1 ta imlo, 1 ta ishora xato bo‘lsa

19

3

1 ta qo‘pol bo‘lmagan uslubiy, 1 ta imlo, 1ta ishora

xato bo‘lsa



18

4

1 ta qo‘pol bo‘lmagan uslubiy, 2 ta imlo, 2 ta ishora

xato bo‘lsa



17

5

2 ta qo‘pol bo‘lmagan uslubiy, 3 ta imlo, 3 ta ishora

xatosi bo‘lsa



16

6

2 ta uslubiy, 4 ta imlo, 4 ta ishora xato bo‘lsa

15

7

3 ta qo‘pol bo‘lmagan uslubiy, 5 ta imlo, 5 ta ishora

xato bo‘lsa



14

8

3 uslubiy, 5 ta imlo, 5ta ishora xato bo‘lsa

13

9

4 ta uslubiy, 6 ta imlo, 6 ta ishora xato bo‘lsa

12

10

5 ta uslubiy, 7 ta imlo, 7ta ishora xato bo‘lsa

11

11

6 ta uslubiy, 8 ta imlo, 8 ta ishora xato bo‘lsa

10

12

7 ta uslubiy, 9 ta imlo, 9 ta ishora xato bo‘lsa

9

13

8 ta uslubiy, 10 ta imlo, 10 ta ishora xato bo‘lsa

8

14

Inshoda 9 ta uslubiy, 11 ta imlo, 11 ta ishora

xato bo‘lsa



7

15

Inshoda 10 ta uslubiy, 12 ta imlo, 12 ta ishora

xato bo‘lsa



6

16

Inshoda 10 dan ortiq uslubiy, 13 ta imlo,

13 ta ishora xato bo‘lsa



5

17

Inshoda 10 dan ortiq uslubiy, 14 ta imlo,

14 ta ishora xato bo‘lsa



4

18

Inshoda 10 dan ortiq uslubiy, 15 ta imlo, 15 ta ishora xato bo‘lsa

3

19

Inshoda 10 dan ortiq uslubiy, 16 ta imlo,

16 ta ishora xato bo‘lsa



2

20

Inshoda 10 dan ortiq uslubiy, 17 ta imlo,

17 ta ishora xato bo‘lsa



1

21

Inshoda 10 dan ortiq uslubiy, 18 ta imlo,

18 ta ishora xato bo‘lsa



1

Izoh: Ba’zan o‘quvchining yozma ishidagi xatolar miqdori yuqoridagi mezonga mos kelmasligi mumkin. Bunday hollarda 2 ta ishoraviy xatoni 1 ta imlo xato o‘rnida, 2 yoki 3 ta imlo xatoni 1 ta uslubiy xato sifatida baholash mumkin. Xatolarning (uslubiy, imlo, ishora) har biri soni jami 10 tadan oshsa o‘quvchining bahosi o‘z-o‘zidan pasayadi.

Test topshiriqlari

Olimpiadaning birinchi, ikkinchi bosqichlarida o‘quvchilar 25 ta (17 ta javobi tanlanadigan test va 8 ta javobi yoziladigan testlar beriladi, ulardan 13 tasi ona tili 12 tasi adabiyotdan bo‘ladi) test topshirig‘ini bajaradilar. Test topshiriqlarini bajarishga 50 daqiqa vaqt ajratiladi. Har bir to‘g‘ri bajarilgan test savoliga 2 baldan, noto‘g‘ri bajarilgan topshiriqqa 0 ball qo‘yiladi. Eng yuqori ko‘rsatkich 50 balni tashkil etadi.

3 (viloyat) bosqichida 40 ta (30 ta javobi tanlanadigan test va 10 ta javobi yoziladigan testlar, ulardan 20 tasi ona tili 20 tasi adabiyotdan bo‘ladi), 4 bosqich (Respublika ) olimpiadasida esa o‘quvchilarga 40 ta (25 ta ona tili, 15 ta adabiyotdan) test topshirig‘i beriladi. Test topshiriqlarini bajarishga 80 daqiqa vaqt ajratiladi. Har bir to‘g‘ri bajarilgan test savoliga 1,25 ball, noto‘g‘ri bajarilgan topshiriqqa 0 ball qo‘yiladi. Eng yuqori ko‘rsatkich 50 balni tashkil etadi.Test savollarini tuzishda o‘quvchilar o‘quv dasturi doirasida o‘zlashtirgan barcha nazariy, amaliy bilim va tushunchalarning qamrab olinishiga erishish lozim. Bunda testlar:


  • o‘zlashtirilgan bilim, ko‘nikma va malakalarni sinash ko‘rinishlarida bo‘lishi;

  • savollarning oddiylik va murakkablik darajasi, mavzu doirasi bir xil bo‘lishi;

  • savollar aniq, qisqa va tushunarli tarzda tuzilishi;

  • savol tarkibiga kiruvchi izoh jumla, matn aniq bo‘lishi;.

  • savolning qo‘yilishi, mazmuni, talablari, tuzilishi aynan bir-biriga o‘xshash, takror bo‘lmasligiga erishish lozim.

Og‘zaki suhbat

Birinchi (ta’lim muassasasi), ikkinchi (tuman) bosqichida olimpiadaning uchinchi turi og‘zaki suhbat tarzida o‘tkaziladi. Bu turda o‘quvchining qancha badiiy asarlarni o‘qigani, qay darajada tushunishi, asardan olgan taassurotlari va ifodali yod o‘qishi sinab ko‘riladi.

Og‘zaki suhbatda quyidagilarga:


  • badiiy matnni vazn talablariga amal qilgan holda ravon, yoddan aytishi;

  • matnning ohangdor, ta’sirchan, ifodali aytilgani ;

  • so‘z urg‘usi, mantiqiy urg‘uni to‘g‘ri qo‘yib aytganligi;

  • asar mazmuni, g‘oyasini jonli, badiiy va aniq ifodalay olgani;

  • tasvirlarni, so‘zlarni adabiy talaffuz me’yorlariga amal qilgan holda aytishi;

  • o‘zini tutishi, qo‘l harakati, imo-ishora kabi vositalardan o‘rinli foydalanganiga e’tibor beriladi.

Ogzaki suhbat uchun eng yuqori korsatkich -10 ball.

Og‘zaki tur bo‘yicha o‘quvchilar bilimi quyidagicha baholanadi:



T.r.

Mazmuni

Ball

1

Badiiy matnni vazn talablariga amal qilgan holda ravon, yoddan aytsa

2

2

Matn ohangdor, ta’sirchan, ifodali aytilsa

1

3

So‘z urg‘usi, mantiqiy urg‘uni to‘g‘ri qo‘yib yod aytsa

1

4

Asar mazmuni, g‘oyasini jonli, badiiy va aniq

ifodalay olsa



2

5

Tasvirlarni, so‘zlarni adabiy talaffuz me’yorlariga amal qilgan holda aytsa

1

6

Badiiy matn yuzasidan o‘quvchining o‘z xulosasi bỹlsa

1

7

Qo‘shimcha savollarga to‘liq va aniq javob bersa

2




Jami

10 ball

Barcha bosqichlarda umumiy korsatkich 100 balni tashkil kiladi.

Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling