CHeklanganlik muammosi qaysi tizim oldida muammo bo‘lib turadi.
-------------------------
Barcha bosqichlarda umumiy ko‘rsatkich 100 balni tashkil kiladi.
MATEMATIKA
Matematika fanidan olimpiadaning birinchi, ikkinchi, uchinchi bosqichi umumta’lim maktablarining 9-11 sinflarda o‘tkaziladi. Kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarda birinchi bosqich 1-3 kurslarda, ikkinchi, uchinchi bosqichlar 2-3 kurslarda o‘tkaziladi. Olimpiadaning har to‘rtala bosqichi 2 turda ( yozma ish, test sinovlari) o‘tkaziladi. Olimpiada sinovlarini quyidagi tartibda o‘tkazish tavsiya etiladi.
YOzma ish.
Olimpiadaning birinchi (ta’lim muassasa), ikkinchi (tuman) va uchinchi (viloyat), to‘rtinchi ( Respublika) bosqichlarida yozma ish topshiriqlarida 5 ta masala beriladi. Unga 3 soat (180 daqiqa) vaqt ajratiladi.
9-11 sinflar (akademik litsey, kasb- hunar kollejlarini 1-3 kurs) uchun birinchi, ikkinchi, uchinchi, to‘rtinchi bosqichda tayyorlangan masalalarda 3 ta topshiriq algebradan, 2 ta topshiriq geometriya fanidan bo‘lishi lozim. Topshiriqlar mantiqiy fikrlashga, nostandart masalalardan bo‘lishiga e’tiborni qaratish lozim.
9-11 sinflar (akademik litsey, kasb- hunar kollejlarini 1-3 kurs) uchun tayyorlangan topshiriqlardan biri geometrik isbotlashga doir, boshqasi hisoblashga doir masalalardan olinishi maqsadga muvofiq.
Har bir masala 10 ball bilan baholanadi.
Echimning to‘g‘riligi (xatoligi)
|
Ballar
|
Mantiqiy fikrlab, xatosiz va kamchiliklarsiz echilgan har qanday echim, rasmlar, chizmalar va grafiklarni javobga mos ravishda to‘g‘ri bajarganligi uchun
|
10
|
Masala asoslab to‘liq echilgan bo‘lsa, lekin 1-2 qo‘pol bo‘lmagan xatolar va hisoblashlar yo‘l qo‘yilgan mayda kamchiliklari uchun
|
9
|
Masala asoslab to‘liq echilgan bo‘lsa, lekin 3-4 qo‘pol bo‘lmagan xatolar va hisoblashlarda yo‘l qo‘yilgan mayda kamchiliklari uchun
|
8
|
O‘quvchi to‘g‘ri javobga erishgan bo‘lsada, echishga etarlicha yondoshib echim xususiy hollarda asoslanmagan bo‘lgani uchun
|
7
|
O‘quvchi maslani echishga to‘g‘ri yondoshgan bo‘lib to‘liq echolmagan va echimni asoslay olmagani uchun
|
6
|
Masalani echishda o‘quvchining to‘g‘ri, lekin echimning to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligini, to‘g‘ri javobni asoslash va isbotlash etarli bo‘lmagani uchun
|
5
|
O‘quvchi echishga erishgan bo‘lib echishda tenglama, tengsizliklar va ayniyatlarni qullay olmagani uchun
|
4
|
Echishda o‘quvchining g‘oyasi to‘g‘ri bo‘lib, kamchiliklar ko‘pligidan to‘g‘ri echimga erishmagani uchun
|
3
|
Masala echilmagan, lekin oqqa ko‘chirishda ayrim to‘g‘ri mulohazalari uchun.
|
2
|
Masala echilmagan, lekin echishga xarakat qilib haqiqatga yaqin chizmani bajargani uchun
|
1
|
Test topshiriqlari.
Birinchi bosqich olimpiadaning 9-11 sinf (akademik litsey, kasb- hunar kollejlarini 1-3 kurs) o‘kuvchilari uchun 25 ta test topshiriqlaridan (17 ta javobi tanlanadigan test, 8 ta javobi yoziladigan testlar beriladi) iborat tuziladi.
Test topshiriqlarini bajarish uchun 75 minut vaqt ajratiladi. Har bir to‘g‘ri javob 2 ball bilan baholanadi.
3 (viloyat) bosqichida 40 ta (30 ta javobi tanlanadigan test va 10 ta javobi yoziladigan testlar), 4 bosqich (Respublika ) olimpiadasida esa o‘quvchilarga 40 ta test topshirig‘i beriladi. Test topshiriqlarini bajarishga 120 daqiqa vaqt ajratiladi. Har bir to‘g‘ri bajarilgan test savoliga 1,25 ball, noto‘g‘ri bajarilgan topshiriqqa 0 ball qo‘yiladi. Eng yuqori ko‘rsatkich 50 ballni tashkil etadi.
FIZIKA
Fizika fan olimpiadasining birinchi, ikkinchi, uchinchi bosqichi umumta’lim maktablarining 9-11 sinflarda o‘tkaziladi. O‘rta maxsus kasb-hunar kolleji va akademik litseylarida birinchi bosqich 1-3 kurslarda, ikkinchi, uchinchi bosqich 2-3 kurslarda o‘tkaziladi.
Birinchi (ta’lim muassasa), ikkinchi (tuman), uchinchi(viloyat) bosqichda 3 turda(yozma ish, laboratoriya ishi, test sinovi, to‘rtinchi (Respublika) bosqichida olimpiada 2 turda (yozma ish, test sinovi) o‘tkaziladi.
YOzma ish.
Olimpiadaning birinchi, ikkinchi va uchinchi bosqichlarida yozma ish topshiriqlari 4 ta masaladan iborat bo‘ladi.
YOzma ish uchun 120 daqiqa vaqt beriladi. Maksimal 40 ball.
Olimpiadaning to‘rtinchi (Respublika) bosqichida yozma ish topshiriqlari 5 ta masaladan iborat bo‘lib, yozma ish uchun 180 daqiqa vaqt beriladi. Maksimal 50 ball.
Masala quyidagicha baholanadi:
№
|
Baholash mezoni
|
Ball
|
1
|
O‘quvchi hodisa va qonuniyatlarning fizik maьnosini to‘la ochib bersa, asosiy tushunchalar, qonunlarni qo‘llab masalani to‘g‘ri echsa, masala uchun chizma shart bo‘lib, chizmalar to‘g‘ri chizilgan bo‘lsa, fizik kattaliklar va ularning birliklarini to‘g‘ri keltirib chiqargan bo‘lsa
|
10
|
2.
|
O‘quvchi hodisa va qonuniyatlarning fizik maьnosini to‘la ochib bersa, asosiy tushunchalar, qonunlarni qo‘llab masalani to‘g‘ri echsa, fizik kattaliklarning birliklarini to‘g‘ri keltirib chiqargan bo‘lsa, masala uchun chizma shart bo‘lib, chizmani chizishda juz’iy kamchilikka yo‘l qo‘ysa
|
9
|
3
|
O‘quvchi hodisa va qonuniyatlarning fizik maьnosini ochib bersa, asosiy tushunchalar, qonunlarni qo‘llab masalani to‘g‘ri echsa, masala uchun chizma shart bo‘lib, chizmani to‘g‘ri chizgan bo‘lsa, fizik kattaliklar birliklarini keltirib chiqarishda va yozishda xatolik bo‘lsa
|
8
|
4
|
O‘quvchi hodisa va qonuniyatlarning fizik maьnosini ochib bersa, asosiy tushunchalar, qonunlarni qo‘llab masalani to‘g‘ri echsa, masala uchun chizma shart bo‘lib, chizmani chizishda va fizik kattaliklarning birliklarini keltirib chiqarish va yozishda xatolikka yo‘l qo‘ysa
|
7
|
5
|
O‘quvchi hodisa va qonuniyatlarning fizik maьnosini ochib bersa, asosiy tushunchalar, qonunlarni qo‘llab masalani to‘g‘ri echsa, masala uchun chizma shart bo‘lib, chizmani chizishda, fizik kattaliklarni yozishda xatolik bo‘lsa va fizik kattaliklarning birligini keltirib chiqarmasa
|
6
|
6
|
O‘quvchi hodisa va qonuniyatlarning fizik maьnosini ochib bersa, asosiy tushunchalar, qonunlarni qo‘llab masalani echishda xatolikka yo‘l qo‘ysa, masala uchun chizma shart bo‘lib, chizma noto‘g‘ri chizilgan, fizik kattaliklarni belgilashda xatoliklarga yo‘l qo‘ysa, fizik kattaliklar birligini umuman keltirib chiqarmasa
|
5
|
7
|
O‘quvchi hodisa va qonuniyatlarning fizik maьnosini ochib bersa, asosiy tushunchalar, qonunlarni qo‘llab masala formulasini keltirib chiqarishda xatolik bo‘lsa, masala uchun chizma shart bo‘lib, chizmani noto‘g‘ri chizib, fizik kattaliklarni belgilashda xatolikka yo‘l qo‘ysa, fizik kattaliklar birligini umuman keltirib chiqarmasa
|
4
|
8
|
O‘quvchi hodisa va qonuniyatlarning fizik maьnosini ochib bersa, asosiy tushunchalar, qonunlarni qo‘llab masala formulasini keltirib chiqarishda va hisoblashda xatolikka yo‘l qo‘ysa, masala uchun chizma shart bo‘lib, chizmani umuman chizmagan bo‘lsa, fizik kattaliklarni belgilashda xatolik bo‘lib, fizik kattaliklar birligini umuman keltirib chiqarmasa
|
3
|
9
|
O‘quvchi masalani echish uchun formulani yozgan, masalani ishlamagan, masala uchun chizma shart bo‘lib, chizmani umuman chizmagan, fizik kattaliklar birligini umuman keltirib chiqarmasa
|
2
|
10
|
O‘quvchi masala shartida berilgan fizik kattaliklarni yozgan, masalani umuman ishlamagan bo‘lsa
|
1
|
Laboratoriya mashg‘uloti.
Laboratoriya mashg‘ulotlari fizika dasturi asosida tayyorlangan 3 ta variantdan bittasi qur’a tashlash yo‘li bilan tanlab olinadi. Laboratoriya ishini bajarish uchun 60 daqiqa vaqt beriladi. Maksimal 10 ball bilan baholanadi.
Laboratoriya mashg‘uloti quyidagi mezon asosida baholanadi.
№ | Baholash mezoni | Ball |
1
|
Tajriba va o‘lchash ishlari tegishli ketma-ketlikda texnika xavfsizligiga rioya qilib bajarilsa, kerakli jihozlardan mustaqil foydalana olsa, tajriba natijalarining absolyut, nisbiy xatoliklarini to‘g‘ri hisoblay olsa va jadval asosida xulosani to‘g‘ri chiqargan bo‘lsa, agar chizma shart bo‘lib, chizma to‘g‘ri chizilgan bo‘lsa.
|
10
|
2.
|
Tajriba va o‘lchash ishlari tegishli ketma-ketlikda texnika xavfsizligiga rioya qilib bajarilsa, kerakli jihozlardan mustaqil foydalana olsa va jadval asosida xulosani to‘g‘ri chiqargan bo‘lsa, agar chizma shart bo‘lib, chizma to‘g‘ri chizilgan bo‘lsa, tajriba natijalarining absolyut, nisbiy xatoliklarini hisoblashda ju’ziy kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa
|
9
|
3
|
Tajriba va o‘lchash ishlari tegishli ketma-ketlikda texnika xavfsizligiga rioya qilib bajarilsa, kerakli jihozlardan mustaqil foydalana olsa, xulosani to‘g‘ri chiqargan bo‘lsa, agar chizma shart bo‘lib, chizma to‘g‘ri chizilgan bo‘lsa, tajriba natijalarining absolyut, nisbiy xatoliklarini hisoblashda va jadvalni to‘ldirishda kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa
|
8
|
4
|
Tajriba va o‘lchash ishlari tegishli ketma-ketlikda texnika xavfsizligiga rioya qilib bajarilsa, kerakli jihozlardan mustaqil foydalana olsa, agar chizma shart bo‘lib, chizma to‘g‘ri chizilgan bo‘lsa, laboratoriya ishining natijalarini olishda xatolikka yo‘l qo‘ysa va xulosa to‘g‘ri chiqarilmagan bo‘lsa
|
7
|
5
|
Tajriba va o‘lchash ishlari tegishli ketma-ketlikda texnika xavfsizligiga rioya qilib bajarilsa, kerakli jihozlardan mustaqil foydalana olsa, agar chizma shart bo‘lib, chizma chizishda xatolik bo‘lsa, laboratoriya ishining natijalari va xulosa to‘g‘ri chiqarilmagan bo‘lsa
|
6
|
6
|
Tajriba va o‘lchash ishlari tegishli ketma-ketlikda texnika xavfsizligiga rioya qilib bajarilsa, kerakli jihozlardan mustaqil foydalana olmasa, laboratoriya ishining natijalari noto‘g‘ri va xulosa umuman xato bo‘lsa
|
5
|
7
|
Tajribani bajarsa, lekin umuman texnika xavfsizligiga rioya qilinmasa, kerakli jihozlardan mustaqil foydalana olmasa, laboratoriya ishining natijalari noto‘g‘ri hisoblasa va xulosa chiqarilmagan bo‘lsa
|
4
|
8
|
Tajribani bajarishda kamchiliklarga yo‘l qo‘ysa, umuman texnika xavfsizligiga rioya qilinmasa, kerakli jihozlardan mustaqil foydalana olmasa, natijalari noto‘g‘ri bo‘lsa
|
3
|
9
|
Laboratoriya ishini o‘tkazish uchun kerakli jihozlarni tanlab, tajribani bajarishda xatolikka yo‘l qo‘ysa, lekin hisoblashlarni umuman bajarmagan
|
2
|
10
|
Laboratoriya ishini o‘tkazish uchun kerakli jihozlarni tanlab, tajribani o‘tkaza olmasa
|
1
|
Test topshiriqlari
Birinchi (ta’lim muassasa), ikkinchi (tuman) bosqichlarda o‘quvchilariga 25 tadan test (17 ta testning javobi belgilanadi, 8 ta testning javobi yoziladi) topshiriqlari beriladi.
Test topshiriqlari uchun 75 daqiqa vaqt ajratiladi. Har bir to‘g‘ri javob uchun 2 ball, noto‘g‘ri javoblar 0 ball bilan baholanib, jami 50 ballni tashkil etadi.
3 (viloyat) bosqichida 40 ta (30 ta javobi tanlanadigan test va 10 ta javobi yoziladigan testlar), 4 bosqich (Respublika ) olimpiadasida esa o‘quvchilarga 40 ta test topshirig‘i beriladi. Test topshiriqlarini bajarishga 120 daqiqa vaqt ajratiladi. Har bir to‘g‘ri bajarilgan test savoliga 1,25 ball, noto‘g‘ri bajarilgan topshiriqqa 0 ball qo‘yiladi. Eng yuqori ko‘rsatkich 50 balni tashkil etadi.
Barcha bosqichlarda umumiy ko‘rsatkich 100 balni tashkil kiladi.
BIOLOGIYA
Biologiya fan olimpiadasining birinchi, ikkinchi, uchinchi bosqichi umumta’lim maktablarining 9-11 sinflarda o‘tkaziladi. Kasb-hunar kolleji va akademik litseylarida birinchi bosqich 1-3 kurslarda, ikkinchi, uchinchi bosqich 2-3 kurslarda o‘tkaziladi.
Birinchi, ikkinchi, uchinchi bosqich olimpiada 3 turda (yozma ish, laboratoriya mashg‘uloti, test sinovi), to‘rtinchi bosqichida 2 turda (yozma ish, test sinovi) o‘tkaziladi.
YOzma ish.
Olimpiadaning birinchi, ikkinchi va uchinchi bosqichlarida yozma ish topshiriqlari 4 ta savoldan iborat bo‘ladi.
YOzma ish uchun 120 daqiqa vaqt beriladi. Maksimal 40 ball.
Olimpiadaning to‘rtinchi (Respublika) bosqichida yozma ish topshiriqlari 5 ta savoldan iborat bo‘lib, yozma ish uchun 180 daqiqa vaqt beriladi. Maksimal 50 ball.
Savollar tanlanayotganda quyida berilgan baholash mezoniga e’tiborni qaratgan holda tuzish lozim.
YOzma ish quyidagi mezon asosida baholanadi.
T.r
|
Baholash mezoni
|
Ball
|
1
|
O‘quvchi tomonidan savol mazmuni to‘la ochib berilgan, qonun, nazariyalar to‘liq va aniq yoritilgan bo‘lsa
|
10
|
2
|
Agar o‘quvchi tomonidan savol mazmuni to‘la ochib berilgan, ammo qonun va nazariyalarni ochib berishda qisman xatolikka yo‘l qo‘ygan bo‘lsa
|
9
|
3
|
Javoblar to‘liq, lekin izchillik buzilgan bo‘lsa
|
8
|
4
|
Javoblar to‘liq, lekin izchillik buzilgan, atamalar va qonuniyatlar tavsifida kichik noaniqlik mavjud bo‘lsa
|
7
|
5
|
Javoblar qisman to‘liq, atamalar va qonuniyatlar tavsifida izchillik buzilgan va kichik noaniqlik mavjud bo‘lsa
|
6
|
6
|
Savollar javobida xatoliklar va ularni izohlashda tushunchalar tasnifida bir qancha noaniqlik va xatolarga yo‘l qo‘yilsa
|
5
|
7
|
Javoblar xulosalanmagan, fikrlar chalkash, tushunchalarda ko‘p xatolar mavjud bo‘lsa
|
4
|
8
|
Javoblar xato yozilgan lekin ayrim atama va tushunchalarni oq yoki qoralama daftarlarida qayd etgan bo‘lsa
|
3
|
9
|
Javoblar xato yozilgan lekin ayrim tushunchalarni qisman qayd etgan bo‘lsa
|
2
|
10
|
Javoblar xato yozilgan, hech qanday atama va tushunchalar qayd etilmagan bo‘lsa
|
1
|
Laboratoriya mashg‘uloti
Laboratoriya mashg‘ulotlari biologiya dasturi asosida tayyorlangan 3 ta variantdan bittasi qur’a tashlash yo‘li bilan tanlab olinadi. Laboratoriya ishini bajarish uchun 60 daqiqa vaqt beriladi.
Laboratoriya mashg‘uloti quyidagi mezon asosida baholanadi.
№
|
Baholash mezoni
|
Ball
|
1
|
Laboratoriya mashguloti ketma-ketlikka rioya qilingan holda, to‘liq bajarilgan, jadval, rasmlar to‘liq chizilgan.
|
10
|
2
|
Laboratoriya mashguloti ketma-ketlikka rioya qilingan holda to‘liq bajarilgan, rasm va chizmalarda kichik kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgan
|
9
|
3
|
Laboratoriya mashguloti ketma-ketlikka rioya qilingan holda to‘liq bajarilgan, rasm va chizmalarda bir kancha kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgan.
|
8
|
4
|
Laboratoriya mashgulotini ketma-ket bajarishda kisman kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgan xolda to‘liq bajarilgan, jadval, rasmlar to‘liq chizilgan
|
7
|
5
|
Laboratoriya mashgulotini ketma-ket bajarishda kisman kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgan xolda to‘liq bajarilgan, rasm va chizmalarda bir kancha kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgan.
|
6
|
6
|
Laboratoriya mashgulotini bajarishda va ishni xulosalashda ayrim kamchiliklar va chalkashliklar mavjud.
|
5
|
7
|
Laboratoriya mashgulotini bajarishda va xulosalashda juda ko‘p kamchiliklar mavjud.
|
4
|
8
|
Ishni bajarish uchun jixozlarni to‘g‘ri tanlagan, ish noto‘g‘ri bajarilgan, noto‘g‘ri talqin qilingan, ish xulosalanmagan.
|
3
|
9
|
Ishni bajarish uchun jixozlarni qisman to‘g‘ri tanlagan, ish noto‘g‘ri bajarilgan, noto‘g‘ri talqin qilingan va xulosalanmagan
|
2
|
10
|
Ishni bajarish uchun jixozlarni tanlay olmagan, ish noto‘g‘ri bajarilgan, noto‘g‘ri talqin qilingan va xulosalanmagan.
|
1
|
Laboratoriya ishini bajarishda texnika xavfsizligiga rioya qilinmasa 2 ball pasaytiriladi.
Test topshiriqlari
Birinchi (ta’lim muassasa), ikkinchi (tuman) bosqichlarda o‘quvchilariga 25 tadan test (18 ta testning javobi belgilanadi, 7 ta testning javobi yoziladi) topshiriqlari beriladi.
Test topshiriqlari uchun 75 daqiqa vaqt ajratiladi. Har bir to‘g‘ri javob uchun 2 ball, noto‘g‘ri javoblar 0 ball bilan baholanib, jami 50 ballni tashkil etadi.
3 (viloyat) bosqichida 40 ta (30 ta javobi tanlanadigan test va 10 ta javobi yoziladigan testlar), 4 bosqich (Respublika ) olimpiadasida esa o‘quvchilarga 40 ta test topshirig‘i beriladi. Test topshiriqlarini bajarishga 120 daqiqa vaqt ajratiladi. Har bir to‘g‘ri bajarilgan test savoliga 1,25 ball, noto‘g‘ri bajarilgan topshiriqqa 0 ball qo‘yiladi. Eng yuqori ko‘rsatkich 50 balni tashkil etadi.
Barcha tur bo‘yicha umumiy ko‘rsatkich 100 balni tashkil etadi.
KIMYO
Kimyo fan olimpiadasining birinchi, ikkinchi, uchinchi bosqichi umumta’lim maktablarining 9-11 sinflarda o‘tkaziladi. Kasb-hunar kolleji va akademik litseylarida birinchi bosqich 1-3 kurslarda, ikkinchi, uchinchi bosqich 2-3 kurslarda o‘tkaziladi.
Birinchi, ikkinchi, uchinchi bosqich olimpiada 3 turda (yozma ish, laboratoriya mashg‘uloti, test sinovi), to‘rtinchi bosqichida 2 turda (yozma ish, test sinovi) o‘tkaziladi.
YOzma ish.
Olimpiadaning birinchi, ikkinchi va uchinchi bosqichlarida yozma ish topshiriqlari 4 ta masaladan iborat bo‘ladi.
Masalan:
9-sinf
Tarkibida 56,47 % kislorod, 16,47 % azot va 27,06 % bo‘lgan tuz formulasini aniqlang. 340 g shunday tuz qizdirilganda n.sh.da o‘lchangan qancha hajm kislorod hosil bo‘ladi?
10-sinf
Alken xlor bilan reaksiyaga kirishib 25,4 g dixlorli birikmani, alkenning yana shuncha miqdori bromning uglerod (IV)-xlorididagi eritmasi bilan reaksiyaga kirishib 43,2 g dibromidli birikmani hosil qiladi. Alkenni mumkin bo‘lgan barcha birikmalarini tuzilish formulasini aniqlang.
11-sinf
Ma’lum miqdordagi metalni eritish uchun massa ulushi 0,2 (20 %) bo‘lgan HCl dan 109,5 g sarflandi. Natijada massa ulushi 0,2442 (24,42 %) bo‘lgan metall xlorid eritmasi hosil bo‘ldi. Metallni aniqlang.
YOzma ish uchun 120 daqiqa vaqt beriladi. Maksimal 40 ball.
Olimpiadaning to‘rtinchi (Respublika) bosqichida yozma ish topshiriqlari 5 ta savoldan iborat bo‘lib, yozma ish uchun 180 daqiqa vaqt beriladi. Maksimal 50 ball.
Savollar tanlayotganda quyida berilgan baholash tartibiga e’tiborni qaratgan holda tuzish lozim.
YOzma ish quyidagi mezon asosida baholanadi.
№
|
Baholash mezoni
|
Ball
|
1
|
YOzma ishni bajarishda o‘quvchi tomonidan har bir masala shartlari to‘liq va aniq yozilib, reaksiya tenglamalari va formulalar to‘g‘ri ifodalangan, masala eng qulay yo‘lda mantiqan fikrlanib echilgan, matematik hisoblashlar to‘g‘ri bajarilgan, masalaning mazmuni to‘la ochib berilgan bo‘lsa
|
10
|
2
|
Agar o‘quvchi masala shartlari to‘liq va aniq yozilib, reaksiya tenglamalari va formulalar to‘g‘ri ifodalangan, masala murakkab usulda echilgan, matematik hisoblashlar to‘g‘ri bajarilgan bo‘lsa
|
9
|
3
|
YUqoridagilarga to‘liq amal qilingan holda masala echilgan bo‘lib, faqatgina masalani echishdagi kimyoviy so‘z iboralarida imloviy xatoliklarga yo‘l qo‘yilsa
|
8
|
4
|
YUqoridagi ko‘rsatilganlar bilan birga maasala sharti yozilmay, masalani to‘g‘ri echilgan bo‘lsa
|
7
|
5
|
Masalani echishda birikma yoki elementlarning 1 tasini formulalarini xato ifodalasa
|
6
|
6
|
Ko‘rsatib o‘tilgan kamchiliklar bilan birga, tegishli tenglamalarni yozishda koeffitsentlar to‘g‘ri tanlanmasa
|
5
|
7
|
Masalaga tegishli tenglamalarni yozishda indekslarni xato ifodalash bilan birga, matematik hisoblashlarda noaniqlik kuzatilsa
|
4
|
8
|
YUqoridagi ko‘rsatib o‘tilgan kamchiliklar bilan birga masala javobi xulosalanmagan, hisoblar chalkash, tenglamalarda ko‘p xatolar mavjud
|
3
|
9
|
Masala javobi chiqmagan, yuqoridagi xatolarga ham yo‘l qo‘yilgan bo‘lib, matematik hisoblashlarda jiddiy xato qilgan bo‘lsa
|
2
|
10
|
YUqoridagi xatolar bilan birga masala sharti haqida to‘liq tushunchaga ega emasligi ifodalanib, masala ishlash sharti noto‘g‘ri bajarilgan bo‘lsa
|
1
|
Laboratoriya mashg‘uloti
Laboratoriya mashg‘ulotlari kimyo dasturi asosida tayyorlangan 3 ta variantdan bittasi qur’a tashlash yo‘li bilan tanlab olinadi. Laboratoriya ishini bajarish uchun 60 daqiqa vaqt beriladi.
Laboratoriya mashg‘uloti quyidagi mezon asosida baholanadi.
№
|
Baholash mezoni
|
ball
|
1
|
Laboratoriya ishini bajarishda jixoz va reaktivlar to‘g‘ri tanlanib, ish to‘liq, ketma-ketlikka rioya etilgan, texnika xavfsizlik qoidalariga to‘liq amal qilingan holda bajarilgan, tegishli reaksiya tenglamalari, hisoblashlar aniq va to‘g‘ri ifodalangan bo‘lsa
|
10
|
2
|
Agar o‘quvchi laboratoriya ishini bajarishda jixoz va reaktivlarni to‘g‘ri tanlab, ishni to‘liq, ketma-ketlikka rioya etilgan holda bajarib, texnika xavfsizlik qoidalariga to‘liq amal qilsa-yu lekin tegishli reaksiya tenglamalari, hisoblashda imloviy xatolikka yo‘l qo‘ysa
|
9
|
3
|
O‘quvchi laboratoriya ishini bajarishda hamda reaktiv va jihozlarni to‘g‘ri tanlab, ishni bajarishda ketma-ketlikka rioya qilinib, texnika xavfsizligiga amal qilinsa, biroq matematik hisoblashda 1 ta juz’iy xatoga yo‘l qo‘ysa
|
8
|
4
|
YUqoridagilar bilan birga o‘quvchi ishni bajarishda matematik hisoblashda 2,3 ta xatoga yo‘l qo‘ysa
|
7
|
5
|
YUqorida ko‘rsatilgan kamchiliklar bilan birga jihoz va moddalar tanlashda aniq xarakat qilinmagan bo‘lsa
|
6
|
6
|
O‘quvchi laboratoriya ishini bajarishda hamma reaktiv va jihozlarni to‘g‘ri tanlab, ishni bajarishda ketma-ketlikka rioya qilib, biroq matematik 2,3 ta xatoga yo‘l qo‘yib, jihoz va moddalar tanlashda aniq xarakat qilinmagan va texnika javfsizligi qisman buzilishi sezilsa
|
5
|
7
|
YUqoridagilar bilan birga texnika xavfsizligi qoidalarida qo‘pol buzilish kuzatilsa
|
4
|
8
|
Laboratoriya ishini bajarishda yuqoridagi xato, kamchiliklar bilan birga, matematik hisoblashlarda jiddiy xatolarga yo‘l qo‘yilsa
|
3
|
9
|
Laboratoriya ishini bajarishda moddalar, jihozlar to‘g‘ri tanlanlagan, ishni bajarish ketma-ketligiga rioya etilmagan, texnika havfsizligi qoidalariga amal qilinmagan
|
2
|
10
|
O‘quvchi faqatgina kerakli jixozlarning 1 yoki 2 tasini to‘g‘ri tanlagan va yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan kamchiliklar bilan birga ishi to‘liq bajarilmagan
|
1
|
Laboratoriya ishini bajarishda texnika xavfsizligiga rioya qilinmasa 2 ball pasaytiriladi.
Test topshiriqlari
Birinchi (ta’lim muassasa), ikkinchi (tuman) bosqichlarda o‘quvchilariga 25 tadan test (17 ta testning javobi belgilanadi, 8 ta testning javobi yoziladi) topshiriqlari beriladi.
Test topshiriqlari uchun 75 daqiqa vaqt ajratiladi. Har bir to‘g‘ri javob uchun 2 ball, noto‘g‘ri javoblar 0 ball bilan baholanib, jami 50 ballni tashkil etadi.
3 (viloyat) bosqichida 40 ta (30 ta javobi tanlanadigan test va 10 ta javobi yoziladigan testlar), 4 bosqich (Respublika ) olimpiadasida esa o‘quvchilarga 40 ta test topshirig‘i beriladi. Test topshiriqlarini bajarishga 120 daqiqa vaqt ajratiladi. Har bir to‘g‘ri bajarilgan test savoliga 1,25 ball, noto‘g‘ri bajarilgan topshiriqqa 0 ball qo‘yiladi. Eng yuqori ko‘rsatkich 50 balni tashkil etadi.
Barcha tur bo‘yicha umumiy ko‘rsatkich 100 balni tashkil etadi.
GEOGRAFIYA
Geografiya fan olimpiadasining birinchi, ikkinchi, uchinchi bosqichi umumta’lim maktablarining 9-11 sinflarda o‘tkaziladi. O‘rta maxsus kasb-hunar kolleji va akademik litseylarida birinchi bosqich 1-3 kurslarda, ikkinchi, uchinchi bosqich 2-3 kurslarda o‘tkaziladi.
Birinchi (ta’lim muassasa), ikkinchi (tuman), uchinchi(viloyat), to‘rtinchi (Respublika) bosqichida olimpiada 2 turda (yozma ish, test sinovi) o‘tkaziladi.
YOzma ish.
Birinchi (ta’lim muassasa), ikkinchi (tuman), uchinchi(viloyat), to‘rtinchi (Respublika) bosqichida 5 tadan topshiriqlar beriladi. Topshiriqni bajarish uchun 2 soat (120 daqiqa) vaqt ajratiladi. Har bir to‘g‘ri echilgan topshiriqlar 10 ball bilan baholanadi, jami 50 ballni tashkil etadi.
Savollar tanlanayotganda quyida berilgan baholash mezoniga e’tiborni qaratgan holda tuzish lozim.
Masalan: 9-sinf
Dunyoning federativ ma’muriy hududiy tuzilishidagi mamlakatlarini jadvalda aks ettiring.
T.r
|
Evropa
|
Osiyo
|
Afrika
|
Amerika
|
Avstraliya va Okeaniya
|
|
|
|
|
|
|
10-sinf Agar Er yuzida o‘rtacha o‘arorat 3-40C ga ko‘tarilsa, qanday iqlimiy o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin?
11-sinf Buxoro-Navoiy va Samarqand iqtisodiy rayonlarining kimyo sanoatiga qiyosiy tavsif bering.
YOzma ish quyidagi mezon asosida baholanadi.
T.r
|
Baholash mezoni
|
Ball
|
1
|
O‘quvchi tomonidan har bir topshiriq xatosiz, mantiqan to‘g‘ri ifodalangan, geografik atamalarning lug‘aviy ma’nosini ochib berishda, ma’lumotlar asosida jadval va diagrammalar tuzishda, yozuvsiz xaritalar bilan ishlashda ilmiy xatoliklar va chalkashliklarga yo‘l qo‘yilmagan holda bajarilgan bo‘lsa
|
10
|
|
O‘quvchi tomonidan topshiriqlarni bajarishda ilmiy xatoliklarga yo‘l qo‘yilmagan, geografik atamalarning lug‘aviy ma’nosini ochib berishda, ma’lumotlar asosida jadval va diagrammalar tuzishda, qisman xatoliklarga yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa
|
9
|
3
|
O‘quvchi tomonidan topshiriqlarni bajarishda ilmiy xatoliklarga yo‘l qo‘yilmagan, geografik atamalarning lug‘aviy ma’nosini ochib berishda, ma’lumotlar asosida jadval va diagrammalar tuzishda, qisman xatoliklarga, yozuvsiz xaritalar bilan ishlashda ayrim chalkashliklarga yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa
|
8
|
4
|
O‘quvchi tomonidan topshiriqlarni bajarishda ilmiy xatoliklarga yo‘l qo‘yilmagan, geografik atamalarning lug‘aviy ma’nosini ochib berishda, ma’lumotlar asosida jadval va diagrammalar tuzishda, yozuvsiz xaritalar bilan ishlashda ko‘plab chalkashliklarga yo‘l qo‘yilib, topshiriqlar tahlil qilinmagan va mantiqiy fikrlar to‘la bayon etilmagan bo‘lsa
|
7
|
5
|
O‘quvchi tomonidan topshiriqlarni bajarishda ilmiy xatoliklarga yo‘l qo‘yilgan, geografik atamalarning lug‘aviy ma’nosini ochib berishda, ma’lumotlar asosida jadval va diagrammalar tuzishda, ko‘plab xatoliklarga, yozuvsiz xaritalar bilan ishlashda chalkashliklarga yo‘l qo‘yilib, topshiriqlar tahlil qilinmagan va mantiqiy fikrlar to‘la bayon etilmagan bo‘lsa
|
6
|
6
|
O‘quvchi tomonidan topshiriqlarni bajarishda ilmiy xatoliklarga yo‘l qo‘yilgan, geografik atamalarning lug‘aviy ma’nosini ochib berishda, ma’lumotlar asosida jadval va diogrammalar tuzishda ko‘plab xatoliklarga, yozuvsiz xaritalar bilan ishlashda chalkashliklarga yo‘l qo‘yilib, topshiriqlar tahlil qilinmagan va mantiqiy fikrlar to‘la bayon etilmagan bo‘lsa
|
5
|
7
|
O‘quvchi tomonidan topshiriqlarni bajarishda ilmiy xatoliklarga yo‘l qo‘yilgan, geografik atamalarning lug‘aviy ma’nosini ochib berishda, ma’lumotlar asosida jadval va diogrammalar tuzishni va yozuvsiz xaritalar bilan ishlashni qisman bilib, topshiriqlar tahlil qilinmagan va mantiqiy fikrlar to‘la bayon etilmagan bo‘lsa
|
4
|
8
|
O‘quvchi tomonidan topshiriqlarni bajarishda ilmiy xatoliklarga yo‘l qo‘yilgan, geografik atamalarning lug‘aviy ma’nosini ochib berilmagan, ma’lumotlar asosida jadval va diogrammalar tuzishda xatoliklarga va yozuvsiz xaritalar bilan ishlashni yo‘lga qo‘ya olmagan bo‘lsa.
|
3
|
9
|
O‘quvchi tomonidan geografik atamalarning lug‘aviy ma’nosi ochib berilmagan, ma’lumotlar asosida jadval va diogrammalar tuzishda ko‘plab xatoliklarga va yozuvsiz xaritalar bilan ishlashni bilmasa.
|
2
|
10
|
O‘quvchi tomonidan geografik atamalar yozilgan ammo ularning lug‘aviy ma’nosi ochib bera olmagan, yozuvsiz xaritalar bilan ishlashni mutlaqo bilmasa.
|
1
|
Test topshiriqlari
Birinchi (ta’lim muassasa), ikkinchi (tuman) bosqichlarda o‘quvchilariga 25 tadan test (18 ta testning javobi belgilanadi, 7 ta testning javobi yoziladi) topshiriqlari beriladi.
Test topshiriqlari uchun 75 daqiqa vaqt ajratiladi. Har bir to‘g‘ri javob uchun 2 ball, noto‘g‘ri javoblar 0 ball bilan baholanib, jami 50 ballni tashkil etadi.
3 (viloyat) bosqichida 40 ta (30 ta javobi tanlanadigan test va 10 ta javobi yoziladigan testlar), 4 bosqich (Respublika ) olimpiadasida esa o‘quvchilarga 40 ta test topshirig‘i beriladi. Test topshiriqlarini bajarishga 120 daqiqa vaqt ajratiladi. Har bir to‘g‘ri bajarilgan test savoliga 1,25 ball, noto‘g‘ri bajarilgan topshiriqqa 0 ball qo‘yiladi. Eng yuqori ko‘rsatkich 50 balni tashkil etadi.
Barcha tur bo‘yicha umumiy ko‘rsatkich 100 balni tashkil etadi.
INFORMATIKA VA HISOBLASH TEXNIKASI ASOSLARI
Informatika va hisoblash texnika asoslari fanidan olimpiadaning birinchi, ikkinchi va uchinchi bosqichi umumta’lim maktablarining 9-11 sinflarda o‘tkaziladi. O‘rta maxsus kasb-hunar kolleji va akademik litseylarida birinchi bosqich 1-3 kurslarda, ikkinchi, uchinchi bosqich 2-3 kurslarda o‘tkaziladi. Olimpiadaning barcha bosqichi 2 turda (amaliy, test sinovlari) o‘tkaziladi.
Amaliy ish.
Olimpiadaning barcha bosqichlarida birinchi tur amaliy ish bo‘lib, unda 5 ta masala taqdim etiladi. Amaliy tur uchun 4 soat (240 daqiqa) vaqt beriladi va har bir masala 10 ball bilan baholanadi. 9-11 sinf (1-3 kurs)larga taqdim etiladigan masalaga dastur tuzish o‘quvchi tomonidan ixtiyoriy dasturlash tili yordamida kompyuterda amalga oshiriladi. Masalaga tuzilgan dastur kompyuterda tekshiriladi va quyidagi baholash mezonlari asosida baholanadi:
Baholash mezonlari
|
Ball
|
Topshiriq shartiga to‘liq javob beruvchi, xatolardan butunlay holi bo‘lgan, faqat to‘g‘ri natijalar chiqaruvchi va interfeysi chiroyli tashkil etilgan dasturga
|
10
|
Topshiriq shartiga to‘liq javob beruvchi, xatolardan butunlay holi bo‘lgan, faqat to‘g‘ri natijalar chiqaruvchi dasturga
|
9
|
Masala shartiga javob beruvchi, ayrim xatolardan holi bo‘lmagan, to‘g‘ri natijalar chiqaruvchi va interfeysi chiroyli tashkil etilgan dasturga
|
8
|
Masala shartiga javob beruvchi, ayrim xatolardan holi bo‘lmagan, to‘g‘ri natijalar chiqaruvchi dasturga
|
7
|
Masala shartiga qisman javob beruvchi, xatolardan holi bo‘lmagan, ayrim to‘g‘ri natijalar chiqaruvchi va interfeysi chiroyli tashkil etilgan dasturga
|
6
|
Masala shartiga qisman javob beruvchi, xatolardan holi bo‘lmagan, ayrim to‘g‘ri natijalar chiqaruvchi dasturga
|
5
|
Masala shartiga faqat bitta xususiy holdagina javob beruvchi, xatolardan holi bo‘lmagan, juda bo‘lmaganda bitta to‘g‘ri natija beruvchi va interfeysi chiroyli tashkil etilgan dasturga
|
4
|
Masala shartiga faqat bitta xususiy holdagina javob beruvchi, xatolardan holi bo‘lmagan, juda bo‘lmaganda bitta to‘g‘ri natija beruvchi dasturga
|
3
|
Masalani echishga harakat qilingan, lekin bitta ham to‘g‘ri natija bermagan va interfeysi chiroyli tashkil etilgan dasturga
|
2
|
Masalani echishga harakat qilingan, lekin bitta ham to‘g‘ri natija bermagan tugatilmagan dasturga
|
1
|
Masalani butunlay echmagan qatnashchi yoki boshqa masalaning echimini ifodalovchi dasturga
|
0
|
Do'stlaringiz bilan baham: |