Ona tili va adabiyoti ( qozoq, tojik tili va adabiyoti)


Download 0.78 Mb.
bet3/9
Sana25.11.2020
Hajmi0.78 Mb.
#151567
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
мезон 11-12 (Lotincha)

TARIX


Tarix fanidan olimpiadaning birinchi, ikinchi va uchinchi bosqichi umumta’lim maktablarining 9-11 sinflarda o‘tkaziladi. Kasb-hunar kolleji va akademik litseylarida birinchi bosqich 1-3 kurslarda, ikkinchi, uchinchi bosqich 2-3 kurslarda o‘tkaziladi. Olimpiadaning birinchi bosqichi 1 turda (test sinovlari), ikkinchi, uchinchi, to‘rtinchi bosqichlari 2 turda (yozma ish, test sinovlari) o‘tkaziladi.

YOzma ish.

Olimpiadaning ikkinchi (tuman) va uchinchi (viloyat), to‘rtinchi (Respublika) bosqichlarida yozma ish topshiriqlari 3 ta savoldan iborat bo‘ladi.



YOzma ish uchun 3 soat (180 daqiqa) vaqt beriladi. Maksimal 50 ball.

Savollar tanlanayotganda quyida berilgan baholash mezoniga e’tiborni qaratish tavsiya qilinadi.

1-savolda: Tarixiy obidalarga oid bo‘lib, o‘quvchining javobi quyidagi tartib asosida baholanadi:
Baholash mezonlar
Ball

1
Kim tomonidan bunyod etilganligini bilsa

1

2

Me’moriy obidani qurdirgan shaxs haqida to‘liq ma’lumot bersa-2 ball, qisman ma’lumot bersa1 ball

2

3

Obida bunyod etilgan davr haqida qisqacha ma’lumot bersa- 2 ball, davr chegarasini aytib ma’lumot bermasa –1 ball

2

4

Me’moriy obidaning bunyod etilish tarixini to‘liq yoritib bersa-3 ball, me’moriy obidaning bunyod etilish tarixini yilini yozmay ma’lumot bersa-2 ball, faqat yilini ko‘rsatib qisman ma’lumot bersa- 1 ball

3

5

Bunyod etilgan davri yoki sanasini to‘g‘ri yozsa-2 ball, faqatgina bunyod etilgan davrini yozsib, lekin sanasini aniq yozmasa-1 ball

2

6

Me’moriy obidaning qurilish uslubi, qaysi xom ashyodan qurilganligi, ichki va tashqi ko‘rinishi haqida ma’lumot bersa-3 ball, me’moriy obidaning qurilish uslubi, qaysi xom ashyodan qurilganligini bilsa, lekin ichki va tashqi ko‘rinishi haqida ayta olmasa-2 ball, faqat me’moriy obidaning qurilish uslubini aytsa-1 ball

3

7

Hozirgi kunda xalqaro tashkilotlar va O‘zbekiston davlati tomonidan me’moriy obidaga qaratilayotgan e’tiborni yoritib bera olsa-2 ball, Faqat O‘zbekiston davlati tomonidan me’moriy obidaga qaratilgan e’tiborni yoritib bera olsa-1 ball

2

8

Jami

15


2-savol: Tarixiy (Jahon tarixi va O‘zbekiston tarixi) davrga oid savol bo‘lib, ishtirokchilarning javoblari quyidagicha baholanadi:
Tt/r
Baholash mezonlar
Ball

1

Berilgan davrga umumiy tavsif berish: davr chegarasini to‘g‘ri yoza olsa-yu, umumiy tavsif bera olmasa, 1 ball, davr chegarasini yozib, hukmron sulola yoki davlat nomini bilsa, 1,5 ball, barchasini yoza olsa-2 ball

2

2

Davrning o‘ziga xos xususiyatlarini ochib berish: davrning o‘ziga xos xususiyatlarida faqatgina so‘ralgan davrning davriylashtirilishini (qadimgi, ilk o‘rta asr, o‘rta asr, so‘nggi o‘rta asr va h.k) bila olsa-1 ball, davriylashtirilishini bilsa-yu, boshqa davrlar bilan solishtira olmasa-1,5 ball, yuqoridagilarni bilib, shu davrdagi boshqa hududlardagi jarayonlar bilan solishtira olmasa-2 ball, yuqoridagilarni barchasini to‘liq tavsiflay olsa-3 ball

3

3

Boshqaruv tizimi haqida ma’lumot berish: boshqaruv tizimida faqatgina boshqaruv shaklini bilsa-1 ball, boshqaruv tizimidagi ketma-ketlikni bilib, ularning nomlarini to‘g‘ri yoza olmasa-1,5 ball, yuqoridagilarni bilib, mansablarga ta’rif bera olmasa-2 ball, barchasini bilsa-3 ball

3

4

Soliq tizimi haqida ma’lumot berish: So‘ralgan davrning soliq-yig‘imlarining nomlarini to‘g‘ri sanab bersa-da, ulaga ta’rif bera olmasa-1 ball, barchasiga to‘g‘ri ta’rif bersa-2 ball

2

5

So‘ralgan davrning harbiy-siyosiy jarayonlariga tavsif berish: SHu davrdagi faqatgina harbiy jarayonlar va unvonlarga ta’rif bera olsa-1 ball, davlatlarning siyosiy tizimlarini ham bilsa-2 ball, so‘ralgan davrdagi harbiy-siyosiy to‘qnashuvlarni ham bilsa- 3 ball

3

6

O‘sha davrda hukmronlik qilgan hukmdorlarning amalga oshirgan ishlaridan misollar keltirish: SHu davrda hukmronlik qilgan hukmdorlarning yashagan yili bilan birgalikda sanab bersa-1 ball, ular tomonidan amalga oshirilgan ishlarni ham sanab bersa-2 ball

2

7

O‘sha davr madaniyati haqida ma’lumot berish: o‘sha davrning faqatgina ma’naviy madaniyatini bilsa-0,5 ball, ham moddiy ham ma’naviy madaniyatini bilsa-1 ball, allomalar nomlarinigina sanab bersa-1,5 ball, allomalar ijodidan misollar keltirib, yaratilish sanasini to‘g‘ri yoza olsa-2

2

8

O‘sha davrning xalqaro munosabatlarini yoritish: SHu davrdagi qaysi davlatlar bilan munosabatlar o‘rnatilganligini bilsa-1 ball, elchilik munosabatlarini ham bilsa-2 ball, diplomatik munosabatlarning mazmunini ham bilsa-3 ball

3

9

Davrning tarixiy atamalarini o‘z o‘rnida to‘g‘ri ishlatish va ularga tavsif berish: faqatgina tarixiy atamalarni o‘z o‘rnida qo‘llasa-1 ball, atamalarning ta’rifini ham bilsa-2 ball

2

10

Tarixiy davrning insoniyat ssivilizatsiyasiga ta’sirini yoritish: faqatgina davrning o‘rganilish darajasini bilishi-0,5 ball, insoniyatssivilizatsiyasiga salbiy ta’sirini bilib, ijobiy ta’sirini yorita olmasa yoki aksincha-1,5 ball, yuqoridagilarning barchasini bilib, davlatimiz tomonidan o‘sha davrga qaratilgan e’tiborni ochib berolmasa-2 ball, barchasini bilsa-3 ball

3




Jami

25 ball


3-savol: Prezident ma’ruzalari va asarlaridan beriladi va quyidagicha baholanadi


Mezonlar
Ball

1
Asarning yozilgan yilini togri yozsa-2 ball, ma’ruza sozlangan yilni bilib, joyini bilmasa-1 ball, barchasini bilsa-2 ball
2

2

Faqatgina g‘oyasini bilsa-1 ball, asarning umumiy g‘oyasini bilsa-yu, mazmunini qisqacha yoritsa-2 ball, asarning mazmuni haqida to‘liq ma’lumotga ega bo‘lsa-yu, jamiyat taraqqiyoti bilan bog‘lay olmasa -3 ball, barchasini to‘liq yorita olsa-4 ball
4

3

Davlatning faqatgina ijtimoiy iqtisodiy siyosati bilan bog‘lash-1 ball, ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy, harbiy va xalqaro munosabatlar bilan bog‘lash-2 ball
2

4

Asarning qaysi tarixiy jarayon bilan bog‘liqligini bilib, uning ahamiyatini yorita olmasa-1 ball, barchasini bilsa-2 ball
2




Jami:
10 ball


Test topshiriqlari.

9-11 sinf o‘quvchilari (akademik litsey va kasb-hunar kolejlarining 2-3 kurs) olipiadaning birinchi, ikkinchi bosqichida 25 ta (17 ta javobi tanlanadigan test va 8 ta javobi yoziladigan testlar beriladi) test topshirig‘ini bajaradilar. Test topshiriqlarini bajarishga 50 daqiqa vaqt ajratiladi. Har bir to‘g‘ri bajarilgan test savoliga 2 balldan. Eng yuqori ko‘rsatkich 50 ballni tashkil etadi.

3 (viloyat) bosqichida 40 ta (30 ta javobi tanlanadigan test va 10 ta javobi yoziladigan testlar), 4 bosqich (Respublika ) olimpiadasida esa o‘quvchilarga 40 ta test topshirig‘i beriladi. Test topshiriqlarini bajarishga 80 daqiqa vaqt ajratiladi. Har bir to‘g‘ri bajarilgan test savoliga 1,25 ball qo‘yiladi. Eng yuqori ko‘rsatkich 50 balni tashkil etadi.
Barcha bosqichlarda umumiy korsatkich 100 balni tashkil qiladi.

DAVLAT VA HUQUQ ASOSLARI

Davlat va huquq asoslari fanidan olimpiadaning birinchi ikkinchi va uchinchi bosqich umumta’lim maktablarining 9-11 sinflarda o‘tkaziladi. Kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarida birinchi bosqich 1-3 kurslarda, ikkinchi, uchinchi bosqich 2-3 kurslarda o‘tkaziladi. Olimpiadaning birinchi bosqichi 1 turda (test sinovlari), ikkinchi, uchinchi, to‘rtinchi bosqichlari 2 turda (yozma ish, test sinovlari) o‘tkaziladi.



YOzma ish.

Olimpiadaning ikkinchi (tuman) va uchinchi (viloyat), to‘rtinchi (Respublika) bosqichlarida yozma ish topshiriqlari 3 ta savoldan: 1-savol O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasidan, 2-savol huquqiy vaziyat, 3-savolda O‘zbekiston Davlati va huquqi asoslaridan iborat bo‘ladi.

YOzma ish uchun 3 soat (180 daqiqa) vaqt beriladi. Maksimal 50 ball.

Savollar tanlanayotganda quyida berilgan baholash mezoniga e’tiborni qaratish maqsadga muvofiqdir.



1-savol bo‘yicha O‘zbekiston Respublika Konstitutsiyasining moddasining tartib raqami ko‘rsatiladi va quyidagicha baholanadi:

Baholash mezoni


ball

Huquqiy normaning ahamiyati va huquqning qaysi sohasida qo‘llanilishini to‘liq yorita olsa–4 ball, huquqiy normaning ahamiyatini yorita olmasa -3 ball, qaysi sohada qo‘llanishini amaliyot bilan bog‘lay olmasa –2 ball, javoblar umumiy bo‘lib aniq dalillar bilan berilmasa –1 ball

4

Fikrini misollar bilan aniq faktlar asosida yorita olsa–4 ball, ushbu misollarda moddalar aniq berilmasa –3 ball, moddalar mazmuni berilishida xatolikka yo‘l qo‘yilsa –2 ball, normaning qo‘llanilishiga doir misollar berilmasa-1 ball

4

Tarixiy sharxlashda - avval ham shunday normalar mavjud bo‘lganmi, qonunning qabul qilinishi davridagi shart-sharoitlar, yillar aniq qo‘rsatilgan holda berilsa-4 ball, yillar aniq ko‘rsatilmasa –3 ball, qonunning qabul qilinishi davridagi shart-sharoitlar berilmasa-2 ball, shunday normalar tarixi berilmasa-1 ball.

4

Mantiqiy sharxlashda - huquqiy normaning jamiyat va davlat rivojlanishidagi ahamiyati keng yoritilsa- 4 ball, bunda normaning jamiyatga ta’siri faqat bir tomonlama (ijobiy yoki salbiy) yoritilsa –3 ball, davlat rivojiga ta’siri faqat bir tomonlama (ijobiy yoki salbiy) yoritilsa –2 ball, faqat davlatga yoki jamiyatga ta’siri, ya’ni bir tomonlama yoritilsa-1 ball

4

Kengaytirilgan sharxlashda - konstitutsiya moddasini mavjud qonunlar bilan bog‘lasa–4 ball, ushbu modda asosida qabul qilingan qonunlarni sharhlay olmasa–3 ball, qonunlarni sharhlashda xatolikka yo‘l qo‘ysa –2 ball, faqatgina qonunlar keltirilib, sharhlanmasa –1 ball.

4

Jami:

20 ball

2-savol: Voyaga etmaganlarning huquqbuzarligiga oid berilgan vaziyat (holat) buyicha tuziladi.

Baholash mezoni


ball

Ushbu vaziyatda huquqbuzarlikning obьektini aniqlab bera olsa –1 ball, ob’ekt deb nimaga aytilishi ham tavsiflab berilsa –2 ball.

2

huquqbuzarlikning obьektiv tomonini ochib bera olsa- 1 ball, huquq- buzarlikning ob’ektiv tomonini yuridik tilda ham tavsiflab bera olsa –2 ball

2

huquqbuzarlikning subьektini aniqlab bera olsa–1 ball, huquqbuzarlik sub’ekti nima ekanligini ham tariflay olsa-2 ball

2

huquqbuzarlikning subьektiv tomonini ochib bera olsa – 1 ball, huquqbuzarlikning subьektiv tomoniga yuridik tarif ham bera olsa –2 ball

2

huquqbuzarlikning belgilarini korsatib bera olsa-1 ball, huquqbuzarlik tushunchasiga ham ta’rif bera olsa –2 ball

2

Voyaga etmaganlik tushunchasini ta’riflay olsa – 1 ball, voyaga etmaganlarning huquqbuzarliklari haqidagi ishlar boyicha isbotlanishi lozim bolgan holatlarni ham ochib bera olsa –2 ball

2

Huquqbuzarlikda isbotlash tushunchasini ta’riflab bera olsa -1 ball, isbot qilinishda surishtiruv va dastlabki tergov shartlarini ham yorita olsa –2 ball

2

Voyaga etmagan gumon qilinuvchini soroq qilish shartlarini ochib bera olsa –1 ball, ayblanuvchini soroq qilish shartlarini ham ochib bera olsa – 2 ball

2

ijtimoiy xavflilik tushunchasiga tarif bera olsa –1 ball, berilgan vaziyatda huquqbuzarlikning ijtimoiy xavflilik darajasini ham korsatib bera olsa –2 ball

2

berilgan vaziyatda masalaning echimini topishda Ozbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan boglasa–1 ball, fikrlarini qonun moddalari bilan asoslasa-2 ball

2

Jami:

20 b.

3-savol "O‘zbekiston Davlati va xuquqi asoslari" o‘quv fanidan tuziladi. Masalan: «Fuqarolik jamiyati» yoki «Davlat funksiyasi», «O‘zbekiston Respublikasining Sud tizimi» va hokazo.

Nazariyaga ta’rif bera olsa –1 ball, berilgan tushunchalar ahamiyatini ham yoritib bera olsa –2 ball

2

Javobni amaliyot bilan bog‘lay olsa –1 ball, amaliyotda qo‘llanilish darajasini ochib berasa – 1 ball, misollar keltira olsa – 1 ball, misollarni aniq faktlar bilan ochib bera olsa-1 ball

4

Konstitutsiya va boshqa qonunlar bilan bog‘lay olsa –1 ball, qonun osti hujjatlari bilan ham asoslasa-2 ball

2

huquqiy atamalarni qo‘llasa –1 ball, atamalardan o‘z o‘rnida foydalana olsa – 2 ball

2

Jami:

10 ball

Test topshiriqlari.

9-11 sinf (akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining 2-3 kurs) o‘kuvchilari olimpiadaning birinchi, ikkinchi bosqichida 25 ta (17 ta javobi tanlanadigan test va 8 ta javobi yoziladigan testlar beriladi) test topshirig‘ini bajaradilar. Test topshiriqlarini bajarishga 50 daqiqa vaqt ajratiladi. Har bir to‘g‘ri bajarilgan test savoliga 2 balldan, noto‘g‘ri bajarilgan topshiriqqa ball qo‘yilmaydi. Eng yuqori ko‘rsatkich 50 balni tashkil etadi.

3 (viloyat) bosqichida 40 ta (30 ta javobi tanlanadigan test va 10 ta javobi yoziladigan testlar), 4 bosqich (Respublika ) olimpiadasida esa o‘quvchilarga 40 ta test topshirig‘i beriladi. Test topshiriqlarini bajarishga 80 daqiqa vaqt ajratiladi. Har bir to‘g‘ri bajarilgan test savoliga 1,25 ball, noto‘g‘ri bajarilgan topshiriqqa 0 ball qo‘yiladi. Eng yuqori ko‘rsatkich 50 balni tashkil etadi.

Test topshiriqlaridan namuna keltiramiz:

1. Javobi tanlanadigan test

Davlatni huquqqa bo‘lgan munosabatiga qarab...

A. Etatik, qonuniy va huquqiy;

V. Huquqiy, fuqarolik va etatik;

S. Etatik, huquqiy va oraliq:

D. Fuqarolik, etatik va oraliq ... turlariga ajratish mumkin.

2. Javobi yoziladigan testlar

Davlatning qonun chiqaruvchi organi qaysi?

-----------------------



Barcha bosqichlarda umumiy korsatkich 100 balni tashkil kiladi.


Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling