Ona tili va adabiyoti ( qozoq, tojik tili va adabiyoti)
Download 0.78 Mb.
|
мезон 11-12 (Lotincha)
- Bu sahifa navigatsiya:
- YOzma ish quyidagi mezonlar asosida baholanadi
O‘ZBEK TILIO‘zbek tili fanidan olimpiadaning birinchi, ikkinchi, uchinchi bosqichi umumta’lim maktablarining 9-11 sinflarda o‘tkaziladi. Kasb-hunar kolleji va akademik litseylarida birinchi bosqich 1-3 kurslarda, ikkinchi, uchinchi bosqich 2-3 kurslarda o‘tkaziladi. Olimpiadaning birinchi va ikkinchi bosqichi 3 turda ( yozma ish, test sinovlari, og‘zaki) o‘tkaziladi. Uchinchi va to‘rtinchi bosqichi 2 turda ( yozma ish, test sinovlari) o‘tkaziladi. Olimpiada sinovlarini quyidagi tartibda o‘tkazish tavsiya etiladi. 9-11 sinf (2-3 kurs)larda birinchi (ta’lim muassasasi) va ikkinchi (tuman), uchinchi (viloyat) va to‘rtinchi (Respublika) bosqichlarida o‘quvchilar erkin mavzuda matn yozadilar. Mazkur turda o‘quvchining yozma nutq qobiliyati, mustaqil fikrlashi hamda savodxonlik darajasi sinovdan o‘tkaziladi. Matn yaratish uchun 2 soat (120 daqiqa) vaqt ajratiladi.
Birinchi va ikkinchi bosqichda eng yuqori ko‘rsatkich 40 balni, uchinchi va to‘rtinchi bosqichda eng yuqori ko‘rsatkich 50 balni tashkil etadi. Masalan:
YOzma ish quyidagi mezonlar asosida baholanadi
Izoh: ba’zan o‘quvchining yozma ishidagi xatolar miqdori yuqoridagi mezonga mos kelmasligi mumkin. Bunday hollarda 2 ta ishoraviy xatoni 1 ta imlo xato o‘rnida, 2 yoki 3 ta imlo xatoni 1 ta uslubiy xato sifatida ham baholash mumkin. Test topshiriqlari. Olimpiadaning birinchi, ikkinchi bosqichlarida o‘quvchilar 25 ta (17 ta javobi tanlanadigan test va 8 ta javobi yoziladigan testlar beriladi) test topshirig‘ini bajaradilar. Test topshiriqlarini bajarishga 50 daqiqa vaqt ajratiladi. Har bir to‘g‘ri bajarilgan test savoliga 2 baldan, noto‘g‘ri bajarilgan topshiriqqa 0 ball qo‘yiladi. Eng yuqori ko‘rsatkich 50 balni tashkil etadi. 3 (viloyat) bosqichida 40 ta (30 ta javobi tanlanadigan test va 10 ta javobi yoziladigan testlar), 4 bosqich (Respublika) olimpiadasida esa o‘quvchilarga 40 ta test topshirig‘i beriladi. Test topshiriqlarini bajarishga 80 daqiqa vaqt ajratiladi. Har bir to‘g‘ri bajarilgan test savoliga 1,25 ball, noto‘g‘ri bajarilgan topshiriqqa 0 ball qo‘yiladi. Eng yuqori ko‘rsatkich 50 balni tashkil etadi. Test topshiriqlarini tuzishda o‘quvchilar o‘quv dasturi doirasida o‘zlashtirgan barcha nazariy va amaliy bilim, tushunchalar qamrab olinishi lozim. Bunda testlar: belgilangan mavzular bo‘yicha olingan bilim, ko‘nikma va malakalarni sinash ko‘rinishlarida bo‘lishi; har bir o‘quvchiga beriladigan savollarning oddiylik va murakkablik darajasi va mavzu doirasi bir xil bo‘lishi; o‘quv dasturini o‘rganish jarayonida singdirilgan va mustaqil o‘zlashtirish uchun berilgan rejadagi yoki unga bevosita bog‘liq bo‘lgan mavzularga oid bo‘lishi; savollar murakkab, o‘rtacha va sodda bo‘lib, qisqa va tushunarli tarzda tuzilishi lozim. Masalan: Og‘zaki suhbat Bu turda o‘quvchining kundalik hayotida zarur bo‘lgan so‘zlashuv mavzulariga e’tibor qaratiladi. Masalan: Ko‘hna Toshkent haqida nimalarni bilasiz? O‘zbekistonning sport ustalari haqida ma’lumot bering. Nima sababdan «Oltin kuz» deymiz? Onangizga ta’rif bering va h.k. Og‘zaki suhbat uchun eng yuqori ko‘rsatkich 10 ball. Og‘zaki suhbatda:
tanlangan she’riy parchani yoddan ifodali va ravon ayta olishi; matnni har ikki tilda tushungan holda bayon qila olishi va unga munosabat bildira olishi; so‘z va so‘z shakllarini nutqda to‘g‘ri qo‘llay olishi; so‘z va so‘z birikmalarini adabiy talaffuz me’yorlariga amal qilgan holda ayta olishi lozim. Og‘zaki tur bo‘yicha o‘quvchilar bilimi quyidagicha baholanadi:
Barcha bosqichlarda umumiy ko‘rsatkich 100 balni tashkil kiladi. Download 0.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling