Ona tili va adabiyoti ( qozoq, tojik tili va adabiyoti)


Download 0.78 Mb.
bet4/9
Sana25.11.2020
Hajmi0.78 Mb.
#151567
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
мезон 11-12 (Lotincha)

IQTISODIY BILIM ASOSLARI


Iqtisodiy bilim asoslari fanidan olimpiadaning birinchi, ikkinchi va uchinchi bosqichi umumta’lim maktablarining 9-11 sinflarda o‘tkaziladi. Kasb-hunar kolleji va akademik litseylarida birinchi bosqich 1-3 kurslarda, ikkinchi, uchinchi bosqich 2-3 kurslarda o‘tkaziladi. Olimpiadaning birinchi bosqichi 1 turda (test sinovlari), ikkinchi, uchinchi, to‘rtinchi bosqichlari 2 turda (yozma ish, test sinovlari) o‘tkaziladi.

Olimpiada sinovlarini quyidagi tartibda o‘tkazish tavsiya etiladi.



YOzma ish.

Olimpiadaning ikkinchi va uchinchi, to‘rtinchi bosqichlarida yozma ish topshiriqlari 5 topshiriqdan iborat bo‘ladi. YOzma ish uchun 3 soat (180 daqiqa) vaqt beriladi.

1-2 topshiriqlari. Iqtisodiy vaziyatga oid masalalardan tuziladi:

Masalan. 1- topshiriq. “Bo‘ston” xususiy fermer xo‘jaligining umumiy majlisida fermer xo‘jaligining yil davomida olgan foydasini quyidagicha taqsimlash haqida qaror qabul qilindi:

25% aksiyalar uchun divident to‘lashga;

30% xo‘jalikni rivojlantirish fondiga;

25% ishchi va xodimlarni mukofotlashga ;

20% yangi texnika va uskunalarni sotib olishga.

Nima sababdan bunday qaror kabul qilindi? javobingizni misollar bilan asoslang.

Savollar tanlanayotganda quyida berilgan baholash mezoniga e’tiborni qaratgan holda tuzish lozim.

Mazkur 1 va 2 topshiriqlar quyidagi mezon asosida baholanadi.




Mezon

Ball

1.

O‘quvchi iqtisodiy vaziyat bo‘yicha muammoni aniqlasa, masalan yuqorida berilgan masalada qabul kilingan qarorning to‘g‘ri ekanligini nazariy va amaliy jihatdan isbotlab bersa –3 ball,

O‘quvchi iqtisodiy vaziyat bo‘yicha muammoni aniqlasa, masalan yuqorida berilgan masalada qabul kilingan qarorning to‘g‘ri ekanligini faqat nazariy jihatdan isbotlab bersa –2 ball,

O‘quvchi iqtisodiy vaziyat bo‘yicha muammoni aniqlasa, maqbul qaror qabul qila olmasa –1 ball


3

2.

Muammoning murakkablik darajasini, misollar orqali baholay olsa fikrini misollar bilan dalillasa, masalan nima uchun foydaning 25% aksiyalar uchun divident to‘lashga; 30% xo‘jalikni rivojlantirish fondiga;

25% ishchi va xodimlarni mukofotlashga ; 20% yangi texnika va uskunalarni sotib olishga sarflanganligini ahamiyatini tushuntirib bera olsa – 4 ball;

Masalan nima uchun foydaning 25% aksiyalar uchun divident to‘lashga; 30% xo‘jalikni rivojlantirish fondiga 25%larni sarf etilishini hisoblashga harakat qilsa - 3 ball;

Agar o‘quvchi muammoning murakkablik darajasini tushuntirib bera olmasa o‘z fikrini misollar bilan isbotlay olsa –2 ball

Agar o‘quvchi muammoning murakkablik darajasini tushuntirib bera olsa o‘z fikrini misollar bilan isbotlay olmasa –1 ball


4

3.

Muammoni echish yollarini togri belgilay olsa, masalan, foydani taqsimlashning va qayta taqsimlashning ahamiyatini nazariy va amaliy jihatdan asoslay olsa - 3 ball,

Foydani taqsimlashning va qayta taqsimlashning ahamiyatini tushunib etsa - 2 ball,

qayta taqsimlashning ahamiyatini asoslay olsa - 1 ball,


3




Jami:

10 ball

3-, 4-,5-topshiriqlar matematik formula, grafika va jadvallar asosida tuziladi.



Masalan: Faraz qilaylik, biror mahsulotga bolgan talab va taklif funksiyasi qoyidagi korinishda bolsin.

Qd q 41 – 10*P; Qs q 2+3*P;

A) Muvozanat narxni aniqlang.

B) Davlat ushbu tovarga maksimal narxni 1000 so‘m qilib belgiladi.Ushbu siyosat qanday oqibatlarga olib keladi?

V) Talab va taklif chiziqlarini grafikini tuzing.

G) Bozordagi muvozanat narxni grafik usulida aniqlang.

4. Talab funksiyasi S q 100 ue+1/2 keltirilgan jadval bo‘yicha qo‘yidagilarni hisoblang; a) daromadni o‘zgarishi bilan iste’mol xarajatlarini o‘zgarishi: b) iste’mol chegarasi layoqati.


Daromadning o‘zgarishi (DI)

Iste’mol xarajatlarining o‘zgarishi (S)

Iste’mol chegarasi

layoqati


(MRS)

0 dan 1 (+1) gacha

399dan 400 (+1)gacha

400dan 401 (+1)gacha

400dan 410 (+1)gacha

410dan 400 (+1)gacha

400dan 399 (-1)gacha



















5. Faraz qilaylik,bir mamlakatda faqat 3xil tovar iste’mol qilinadi. Quyidagi jadvalda bu tovarning oxirgi uch yildagi va iste’mol qilingan miqdori berilgan:

Tovar nomi

1-yildagi

2-yildagi

3-yildagi

Miqdori

narxi

Miqdori

narxi

Miqdori

narxi

A

150

20

200

10

250

10

V

50

100

25

100

30

80

S

4

1000

4

2000

4

3000

Jadvaldan foydalanib,

a) bu mamlakatdagi iste’mol narxlari indeksini toping,

b) uchinchi yilni asos qilib olib, ikkinchi va birinchi yillardagi inflyasiya suratlarini hisoblang,

v) topilgan natijalarni baholang va taqqoslang.

3-, 4,- 5-topshiriqlar quyidagi mezonlar asosida baholanadi:




Mezon

Ball

1

Masalaning iqtisodiy mazmuni aniq yoritilib, bunda iqtisodiy atamalardan to‘g‘ri foydalanilsa 2 ball

Masalaning iqtisodiy mazmuni aniq yoritilib, bunda iqtisodiy atamalardan foydalanmagan bo‘lsa 1 ball



2

2

Masalani echishda, muvozanat narxni aniqlash usulidan, matematik funksiyalardan to‘g‘ri foydalansa grafik va jadvallarni chizishda xatoliklarga yo‘l qo‘ymagan bo‘lsa -3 ball,

Masalani echishda, muvozanat narxni aniqlash usulidan, matematik funksiyalardan to‘g‘ri foydalansa grafik va jadvallarni chizishda xatoliklarga yo‘l qo‘ygan bo‘lsa -2 ball,

Matematik funksiyalardan to‘g‘ri foydalansa grafik va jadvallar to‘g‘ri chizilmagan bo‘lsa - 1 ball,


3

3

Masalani echishda talab va taklif funksiyalaridan to‘g‘ri foydalanib, grafiklari to‘g‘ri chizilib, jadvallar to‘g‘ri to‘ldirilgan bo‘lsa va matematik jihatdan to‘g‘ri echilib javobi to‘g‘ri bo‘lsa - 5 ball;

Talab va taklif funksiyalaridan to‘g‘ri foydalanilgan, grafiklari to‘g‘ri chizilgan, jadvallar to‘g‘ri to‘ldirilmagan bo‘lsa – 4 ball,

Masalani matematik jihatdan to‘g‘ri echib javobi noto‘g‘ri bo‘lsa - 3 ball;

Masalaning javobi iqtisodiy jihatdan noto‘g‘ri asoslangan, lekin talab va taklif tayanch atamalari haqida fikrlar keltirilgan bo‘lsa - 2 ball,

Masalaning javobi iqtisodiy jihatdan qisman asoslangan bo‘lsa va eng maqbul echim ekanligi isbotlanmasa - 1 ball qo‘yiladi


5




Jami:

10 ball

Har bir topshiriq 10 ball bilan baholanadi. Jami 50 ball.
Test topshiriqlari.

9-11 sinf (akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining 2-3 kurs) o‘kuvchilari olipiadaning birinchi, ikkinchi bosqichida 25 ta (17 ta javobi tanlanadigan test va 8 ta javobi yoziladigan testlar beriladi) test topshirig‘ini bajaradilar. Test topshiriqlarini bajarishga 75 daqiqa vaqt ajratiladi. Har bir to‘g‘ri bajarilgan test savoliga 2 baldan, noto‘g‘ri bajarilgan topshiriqqa 0 ball qo‘yiladi. Eng yuqori ko‘rsatkich 50 balni tashkil etadi.

3 (viloyat) bosqichida 40 ta (30 ta javobi tanlanadigan test va 10 ta javobi yoziladigan testlar), 4 bosqich (Respublika ) olimpiadasida esa o‘quvchilarga 40 ta test topshirig‘i beriladi. Test topshiriqlarini bajarishga 120 daqiqa vaqt ajratiladi. Har bir to‘g‘ri bajarilgan test savoliga 1,25 ball qo‘yiladi. Eng yuqori ko‘rsatkich 50 balni tashkil etadi.

Test topshiriqlaridan namuna keltiramiz:

1. Javobi tanlanadigan test

Iqtisodiyot qanday tarkibiy qismlardan tashkil topgan?

A. tabiat, odamlar, jamiyat

V. odamlar tomonidan yaratilgan barcha narsalar

S. odamlar, korxona, tashkilotlardan

D. tabiat, odamlar va ular tomonidan yaratilgan barcha narsalardan


Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling