Ona tili va adabiyoti ( qozoq, tojik tili va adabiyoti)


Download 0.78 Mb.
bet7/9
Sana25.11.2020
Hajmi0.78 Mb.
#151567
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
мезон 11-12 (Lotincha)



Test topshiriqlari

Birinchi (ta’lim muassasa), ikkinchi (tuman) bosqichlarda o‘quvchilariga 25 tadan test (18 ta testning javobi belgilanadi, 7 ta testning javobi yoziladi) topshiriqlari beriladi.

Test topshiriqlari uchun 75 daqiqa vaqt ajratiladi. Har bir to‘g‘ri javob uchun 2 ball, noto‘g‘ri javoblar 0 ball bilan baholanib, jami 50 ballni tashkil etadi.

3 (viloyat) bosqichida 40 ta (30 ta javobi tanlanadigan test va 10 ta javobi yoziladigan testlar), 4 bosqich (Respublika ) olimpiadasida esa o‘quvchilarga 40 ta test topshirig‘i beriladi. Test topshiriqlarini bajarishga 120 daqiqa vaqt ajratiladi. Har bir to‘g‘ri bajarilgan test savoliga 1,25 ball, noto‘g‘ri bajarilgan topshiriqqa 0 ball qo‘yiladi. Eng yuqori ko‘rsatkich 50 balni tashkil etadi.


XORIJIY (nemis, fransuz, ingliz )

Xorijiy (nemis, fransuz, ingliz) tillari fanidan olimpiadaning birinchi, ikkinchi,uchinchi bosqichi umumta’lim maktablarining 9-11 sinflarda o‘tkaziladi. Kasb-hunar kolleji va akademik litseylarida birinchi bosqich 1-3 kurslarda, ikkinchi, uchinchi bosqich 2-3 kurslarda o‘tkaziladi. Olimpiadaning birinchi, ikkinchi bosqichida 3 turda ( yozma ish, test sinovlari, og‘zaki), uchinchi va to‘rtinchi bosqichida 2 turda ( yozma ish, test sinovlari) o‘tkaziladi. Olimpiada sinovlarini quyidagi tartibda o‘tkazish tavsiya etiladi.



YOzma ish.

9-11 sinf (2-3 kurs)larda birinchi (ta’lim muassasasi) va ikkinchi (tuman), uchunchi (viloyat) va to‘rtinchi (Respublika) bosqichlarida o‘quvchilar insho yozadilar

Mazkur turda o‘quvchining yozma nutq qobiliyati, mustaqil fikrlashi hamda savodxonlik darajasi sinovdan o‘tkaziladi. Insho yozish uchun 2 soat (120 daqiqa) vaqt ajratiladi.

YOzma ish (insho) quyidagi mezonlar asosida baholanadi


t-r

Mazmuni

1,2 bosqich baholash

1

Reja ijodiy, izchil, mavzuga mos tuzilgan bo‘lsa va matn mazmunini o‘zida to‘la-to‘kis ravishda namoyon qilib tursa

2

2

Mavzuga mos keladigan muqaddima so‘z (epigraf) to‘g‘ri tanlangan bo‘lsa

1

3

Mavzu to‘g‘ri, to‘liq va batafsil yoritilgan bo‘lsa- 2-3 ball;

badiiy matn yaratish qonun-qoidalariga monand bo‘lsa –2-3 ball;

mustaqil ijodiy fikrlab yozilgan bo‘lsa –2-3 ball;

fikrlari yorqin, asosli bo‘lsa-2 ball;

mavzu mazmuni adabiy til me’yorlariga amal qilgan holda yoritilsa- 2 ball


10

4

Mavzuga mosssitata (ko‘chirma) larni to‘g‘ri tanlasa

1

5.

Reja bandlari mazmuni yoritilgan bo‘lsa

1

6.

Matnda milliy va umuminsoniy qadriyatlardan (hikmatli so‘z, maqol va va h) o‘rinli foydalangan bo‘lsa

1

7.

Matn mavzu bo‘yicha umumiy xulosalangan bo‘lsa

1

8.

Mavzu mazmuni hozirgi davr bilan bog‘langan bo‘lsa

2

9.

Insho husnixat bilan yozilgan bo‘lsa

1




Jami:

20




t-r

Savodxonligi

1,2 bosqich ballari

1

Inshoda hech qanday grammatik xato bo‘lmasa

20

2

1 ta imlo, 1 ta ishora xatosi bo‘lsa

19

3

1 ta qo‘pol bo‘lmagan uslubiy, 1 ta imlo, 1ta ishora

xatosi bo‘lsa



18

4

1 ta qo‘pol bo‘lmagan uslubiy, 2 ta imlo, 2 ta ishora

xatosi bo‘lsa



17

5

2 ta qo‘pol bo‘lmagan uslubiy, 3 ta imlo, 3 ta ishora

xatosi bo‘lsa



16

6

2 ta uslubiy, 4 ta imlo, 4 ta ishora xatosi bo‘lsa

15

7

3 ta qo‘pol bo‘lmagan uslubiy, 5 ta imlo, 5 ta ishora

xatosi bo‘lsa



14

8

3 uslubiy, 5 ta imlo, 5ta ishora xatosi bo‘lsa

13

9

4 ta uslubiy, 6 ta imlo, 6 ta ishora xatosi bo‘lsa

12

10

5 ta uslubiy, 7 ta imlo, 7ta ishora xatosi bo‘lsa

11

11

6 ta uslubiy, 8 ta imlo, 8 ta ishora xatosi bo‘lsa

10

12

7 ta uslubiy, 9 ta imlo, 9 ta ishora xatosi bo‘lsa

9

13

8 ta uslubiy, 10 ta imlo, 10 ta ishora xatosi bo‘lsa

8

14

Inshoda 9 ta uslubiy, 11 ta imlo, 11 ta ishora

xatosi bo‘lsa



7

15

Inshoda 10 ta uslubiy, 12 ta imlo, 12 ta ishora

xatosi bo‘lsa



6

16

Inshoda 10 dan ortiq uslubiy, 13 ta imlo,

13 ta ishora xatosi bo‘lsa



5

17

Inshoda 10 dan ortiq uslubiy, 14 ta imlo,

14 ta ishora xatosi bo‘lsa



4

18

Inshoda 10 dan ortiq uslubiy, 15 ta imlo, 15 ta ishora xatosi bo‘lsa

3

19

Inshoda 10 dan ortiq uslubiy, 16 ta imlo,

16 ta ishora xatosi bo‘lsa



2

20

Inshoda 10 dan ortiq uslubiy, 17 ta imlo,

17 ta ishora xatosi bo‘lsa



1

21

Inshoda 10 dan ortiq uslubiy, 18 ta imlo,

18 ta ishora xatosi bo‘lsa



0

Izoh: Ba’zan o‘quvchining yozma ishidagi xatolar miqdori yuqoridagi mezonga mos kelmasligi mumkin. Bunday hollarda 2 ta ishoraviy xatoni 1 ta imlo xato o‘rnida, 2 yoki 3 ta imlo xatoni 1 ta uslubiy xato sifatida baholash mumkin. Xatolarning (uslubiy, imlo, ishora) har biri soni jami 10 tadan oshsa o‘quvchining bahosi o‘z-o‘zidan pasayadi.

Ogzaki

Og‘zaki turda o‘qish uchun mamlakatshunoslikka oid o‘quv dasturi doirasida 5 ta matn tanlanib, konvertga solinadi. Ushbu turda o‘quvchi bitta matnni tanlab oladi va matnni o‘qib uning ma’nosini og‘zaki ravishda bayon etadi. Matn hajmi 9-sinfda 300 so‘zdan kam bo‘lmasligi kerak.

Og‘zaki tur maksimal –10 ball bilan baholanadi.

Berilgan matnga tayyorgarlik uchun 20 daqiqa vaqt beriladi.



Qatnashchilarning ogzaki javoblari quyidagi mezon asosida baholanadi.






Ball

1

O‘qilgan matn mazmunini to‘liq og‘zaki bayon qila olishi. Mavzu yuzasidan fikr bildirsa va uni asoslay olsa, hamda to‘g‘ri talaffuz va intonatsiya bilan gapirsa. O‘qilgan matnni to‘liq tarjima qila olsa. Matn mazmuniga doir savollarga to‘liq javob bera olsa.

10

2

O‘qilgan matn mazmunini tushunarli tarzda og‘zaki bayon qila olsa, o‘z fikrini bildirsa va uni asoslasa, to‘g‘ri talaffuz va intonatsiya bilan gapirishi. O‘qilgan matnni 90% tarjima qila olsa. Matn mazmuniga doir savollarga to‘liq javob bera olsa.

9

3

O‘qilgan matn mazmunini og‘zaki bayon qila olsa. Fikr bildirsa, to‘g‘ri talaffuz va intonatsiya bilan gapirishda xatoliklarga yo‘l qo‘ysa. O‘qilgan matnni 85% tarjima qila olsa. Matn mazmuniga doir savollarga javob bera olsa.

8

4

O‘qilgan matn mazmunini qiyinchilik bilan og‘zaki bayon qila olsa. Fikr tor bildirilsa, to‘g‘ri talaffuz va intonatsiya buzilsa. O‘qilgan matnni 80% tarjima qila olsa. Matn mazmuniga doir savollarga javob bera olsa.

7

5

O‘qilgan matn mazmunini og‘zaki bayon qila olsa. Fikr bildirsa, to‘g‘ri talaffuz va intonatsiyaga rioya qilmasa. O‘qilgan matnni 70% tarjima qila olsa. Matn mazmuniga doir savollarga qisman javob bera olsa.

6

6

O‘qilgan matn mazmunini qisman qiyinchilik bilan og‘zaki bayon qila olsa. Fikr bildira olmasa, to‘g‘ri talaffuz va intonatsiyaga rioya qilmasa. O‘qilgan matnni 60% tarjima qila olishsa. Matn mazmuniga doir savollarga qisman javob bera olsa.

5

7

O‘qilgan matn mazmunini qiyinchilik bilan og‘zaki bayon qila olsa. Fikr bildira olmasa, to‘g‘ri talaffuz qoidalarini qo‘pol tarzda buzsa va intonatsiyaga rioya qilmasa. O‘qilgan matnni 60% tarjima qila olsa. Matn mazmuniga doir savollarga javob bera olmasa.

4

8

O‘qilgan matn mazmunini qisman og‘zaki bayon qila olsa. Fikr bildira olmasa, to‘g‘ri talaffuz va intonatsiyaga rioya qilmasa. O‘qilgan matnni 50% tarjima qila olsa. Matn mazmuniga doir savollarga javob bera olmasa.

3

9

O‘qilgan matn mazmunini tushunarsiz tarzda og‘zaki bayon qila olsa. Fikr bildira olmasa, to‘g‘ri talaffuz va intonatsiyaga rioya kilmasa. O‘qilgan matnni 30% tarjima qila olsa. Matn mazmuniga doir savollarga javob bera olmasa.

2

10

O‘qilgan matn mazmunini bir-biri bilan bog‘lanmagan jumlalar bilan og‘zaki bayon qila olsa. Fikr bildira olmasa, to‘g‘ri talaffuz va intonatsiyaga rioya qilmasa. O‘qilgan matnni tarjima qila olmasa. Matn mazmuniga doir savollarga javob bera olmasa.

1

11

Hech narsa ayta olmasa.

0


Test topshiriqlari.

Olimpiadaning birinchi, ikkinchi bosqichlarida o‘quvchilar 25 ta (17 ta javobi tanlanadigan test va 8 ta javobi yoziladigan testlar beriladi) test topshirig‘ini bajaradilar. Test topshiriqlarini bajarishga 50 daqiqa vaqt ajratiladi. Har bir to‘g‘ri bajarilgan test savoliga 2 baldan, noto‘g‘ri bajarilgan topshiriqqa 0 ball qo‘yiladi. Eng yuqori ko‘rsatkich 50 balni tashkil etadi.

3 (viloyat) bosqichida 40 ta (30 ta javobi tanlanadigan test va 10 ta javobi yoziladigan testlar) , 4 bosqich (Respublika ) olimpiadasida esa o‘quvchilarga 40 ta test topshirig‘i beriladi. Test topshiriqlarini bajarishga 80 daqiqa vaqt ajratiladi. Har bir to‘g‘ri bajarilgan test savoliga 1,25 ball, noto‘g‘ri bajarilgan topshiriqqa 0 ball qo‘yiladi. Eng yuqori ko‘rsatkich 50 balni tashkil etadi.Test savollarini tuzishda o‘quvchilar o‘quv dasturi doirasida o‘zlashtirgan barcha nazariy, amaliy bilim va tushunchalarning qamrab olinishiga erishish lozim.
РУССКОМУ ЯЗЫКУ ДЛЯ ОБЩЕОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ ШКОЛ

С УЗБЕКСКИМ И ДРУГИМИ ЯЗЫКАМИ ОБУЧЕНИЯ

По предмету русский язык для общеобразовательных школ с узбекским и другими языками обучения первый, второй, третий этапы проводятся в 9-11 классах. В средне- специальных профессиональных колледжах и академических лицеях первый этап проводится на 1-3 курсах, второй и третий этапы на 2-3 курсах. Первый, второй этапы олимпиады состоят из трёх туров: письменная работа, тестирование, устная работа; третий, четвёртый этапы из двух туров: письменная работа и тестирование.



Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling