Bajardi: Maxkamova Ruxsona
Download 44.48 Kb.
|
Menejment tadqiqot usullari. oraliq 1
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.5. Morfologik tahlil usuli.
1.4. SMART-tahlili usuli.
SMART-tahlili usulining nomi beshta inglizcha so‘zlarning bosh xarfidan olingan bo‘lib, ular tarjima qilinganda erishuvchanlik, konkretlik, baholanuvchanlik, joy va vaqt hisobini anglatadi. Usul maqsadlarni matritsali shaklda joylashtirilgan mezonlar yig‘indisi bo‘yicha ketma-ket baholashni nazanda tutadi. Maqsad tavsiflarini aks ettiruvchi taqqoslama omillar to‘plamini keltiramiz: qiyin erishuvchan – oson erishuvchan; yuqori xarajatlar – past xarajatlar; xodimlarning qo‘llab-quvvatlashiga ega – xodimlarning qo‘llabquvvatlashiga ega emas; ustuvorliklarga ega – ustuvorliklarga ega emas; ko‘p vaqt talab qiladi – kam vaqt talab qiladi; keng ta’sirga ega – cheklangan ta’sirga ega; yuqori texnologiyalarga yo‘naltirilgan – past (oddiy) texnologiyalarga yo‘naltirilgan; boshqaruvni yangitdan tashkil qilish bilan bog‘langan – boshqaruvni yangitdan tashkil qilish bilan bog‘lanmagan. Keyingi bosqichda maqsadga erishish uchun echish lozim bo‘lgan muammolarni aniqlash matritsasi tuziladi. Biroq dastlab ularni aniqlash kerak. Mammolar quyidagi mezonlar bo‘yicha taqsimlanadi: mavjud vaziyat, istalayotgan vaziyat, maqsadga erishish imkoniyati. Ushbu mezonlar matritsaning gorizontal tartibda joylashadi. Vertikal tartibda muammoni aniqlash, muammoni baholash (miqdoriy parametrlar), echimni tashkillashtirish (kim, qaerda, qachon), muammoni echish xarajatlari kabi mezonlar joylashadi. Bunday matritsa tadqiqotlar rejasini tuzish imkonini beradi. 1.5. Morfologik tahlil usuli. Morfologik tahlil usuli o‘zida tasniflash usuli va umumlashtirish usulini birlashtirishni ifodalaydi. U vaziyatda aniqlangan muammoni uni tashkil qiluvchi elementlar bo‘yicha dekompozitsiyalash va ushbu sxemada eng istiqbolli echim elementini (butun muammoga nisbatan olganda) tanlash asosiga qurilgan. Morfologik tahlil oddiy dekompozitsiyani, ya’ni butun tarkibiy qismlarga ajratishni emas, balki elementlarni funksional ahamiyatlilik va vazifaviy prinsiplari bo‘yicha ajratishni, ya’ni elementning yoki muammoning umumiy muammoga ta’sirini, shuningdek tashqi muhit (yuqori turuvchi tizim) bilan bevosita yoki bilvosita aloqasini aniqlashni ko‘zda tutadi. Buni quyidagi misolda tushuntirish mumkin. Aytaylik, vaziyatning tavsifidan shu kelib chiqadiki, boshqaruv jarayonida qarorlar qabul qilishda yoki hujjatlarni 102 tayyorlash yoki farmoyishlarga munosabat bildirishda to‘xtab qolishlar juda ko‘p uchraydi. Bunday holat ba’zan bo‘linmalar orasida funksiyalar va vakolatlarni omadsiz taqsimlanishi, ularning notekis yuklanishi bilan tushuntiriladi, lekin buning sababi ancha chuqur bo‘lishi mumkin. Uni aniqlab olish uchun funksiyalarni taqsimlash muammosini morfologik tahlil qilish zarur. Morfologik tahlilning boshlang‘ich nuqtai nazari muammoning qo‘yilishidan iborat. So‘ng u dekompozitsiya qilinadi, ya’ni tarkibiy muammolarga, masalan, boshqaruv tizimi tuzilishi, kasbiy mahorat, faoliyatni motivatsiyalash, funksiyaning mehnatsig‘imi, yuklashni hisobga olish va boshqalarga ajratiladi. So‘ngra keltirilgan muammolarning har biri alohida dekompozitsiya qilinadi. Bunda, muammolarning bir ierarxik darajadan boshqasiga o‘tkazilishi istisno qilinmaydi. Biroq, muammolarni nafaqat pastga, balki yuqoriga ham dekompozitsiya qilish zarur. Axir funksiyalarning taqsimoti nafaqat boshqaruv tizimining ichki holatiga, balki u faoliyat yuritishining tashqi omillariga – raqobat, iqtisodiy vaziyat, mutaxassislar bozori, o‘qitish tizimi, davlat tomonidan boshqarish va boshqalarga ham bog‘liq. Shunday qilib, muammolarning morfologik sxemasi tuziladi hamda uning asosida asosiy muammoni topish, uni boshqalari bilan bog‘lash maqsadida har bir muammoning tahlili o‘tkaziladi. Morfologik sxema to‘g‘ri tuzilgan bo‘lishi uchun shunday qator operatorlardan foydalanish zarurki, ular yordamida muammoning u yoki bu ierarxik darajaga mansubligini tekshirish yoki muammoni dekompozitsiya qilgan holda bir darajadan boshqasiga o‘tish mumkin bo‘ladi. Bu operatorlar tayanch savollar ko‘rinishiga ega bo‘lib, ularga berilgan javoblar morfologik sxemaning yangi darajasiga o‘tish yoki muammoni o‘tkazish imkoniyatini beradi. Download 44.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling