Qo’shaqova dilnoza XBA-71-2 Reja
Budjet tashkilotlarida asosiy vositalar hisobini tashkil etishning maqsadi va vazifalari
Asosiy vositalar kirimi hisobi
Asosiy vositalarga eskirish hisoblash va ularni hisobi
Asosiy vositalarni hisobdan chiqarish va ularni hisobda aks ettirish
Budjet tashkilotlarida asosiy vositalar hisobini tashkil etishning maqsadi va vazifalari Asosiy vositalar – qonunchilikka muvofiq zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish maqsadida tashkilot tomonidan uzoq vaqt davomida (bir yildan ortiq) foydalanadigan, shuningdek, ijaraga berishi mumkin bo’lgan moddiy aktivlardir. Asosiy vositalar tarkibida quyidagilar hisobga olinadi: imoratlar, inshootlar, mashina va uskunalar, kompyuter texnikasi va unga qo’shimcha qurilmalar, transport vositalari, kutubxona fondi, uzatkich moslamalari, ishchi va mahsulot beruvchi hayvonlar va boshqa asosiy vositalar (muzey boyliklari, hayvonot olami eksponatlari, sahna-tomosha vositalari, o’quv kinofilmlari, magnit disklari va lentalari, kassetalar va hokazo). Asosiy vositalar hisobini tashkil etishda buxgalteriya hisobi oldiga quyidagi vazifalar qo’yiladi:
Moddiy aktivlarni qonunchilikda belgilangan tartibda asosiy vositalar tarkibida aks ettirish;
Asosiy vositalarning kelib tushishi, ularning tashkilot ichida joydan- joyga o’tishi (ko’chishi), tashkilot hisobidan chiqarilishi (jumladan, yaroqsiz holga kelganligi sababli), shuningdek, har bir ob’ektning (predmetning, komplektning) saqlanishi va to’g’ri foydalanishi ustidan nazorat qilinish;
Asosiy vositalar xarakatini hujjatlarda to’g’ri rasmiylashtirilish hamda hisob registrlarida o’z vaqtida aks ettirilishini ta’minlash;
Belgilangan tartibda asosiy vositalarga eskirish hisoblash va qayta baholash hamda ularni buxgalteriya xujjatlari, hisob registrlarida qayd etib borish;
Asosiy vositalarni ta’mirlash xarajatlari hisobini yuritish;
Asosiy vositalarni buxgalteriya hisobvaraqlarda holati va xarakatini aks ettirish;
Asosiy vositalar bo’yicha o’zvaqtida to’liq hamda aniq buxgalteriya axborotlarini shakllantirib berish.
Do'stlaringiz bilan baham: |