Bajardi: mm-74 iq guruh talabasi Buronov O


Byudjet tashkilotlarida asosiy vositalar hisobini tashkil etish


Download 0.63 Mb.
bet2/5
Sana18.02.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1210251
1   2   3   4   5
Bog'liq
Byudjet

Byudjet tashkilotlarida asosiy vositalar hisobini tashkil etish

Qo’shaqova dilnoza

XBA-71-2

Reja


  • Budjet tashkilotlarida asosiy vositalar hisobini tashkil etishning maqsadi va vazifalari

  • Asosiy vositalar kirimi hisobi

  • Asosiy vositalarga eskirish hisoblash va ularni hisobi

  • Asosiy vositalarni hisobdan chiqarish va ularni hisobda aks ettirish

Budjet tashkilotlarida asosiy vositalar hisobini tashkil etishning maqsadi va vazifalari

Asosiy vositalar – qonunchilikka muvofiq zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish maqsadida tashkilot tomonidan uzoq vaqt davomida (bir yildan ortiq) foydalanadigan, shuningdek, ijaraga berishi mumkin bo’lgan moddiy aktivlardir.

Asosiy vositalar tarkibida quyidagilar hisobga olinadi: imoratlar, inshootlar, mashina va uskunalar, kompyuter texnikasi va unga qo’shimcha qurilmalar, transport vositalari, kutubxona fondi, uzatkich moslamalari, ishchi va mahsulot beruvchi hayvonlar va boshqa asosiy vositalar (muzey boyliklari, hayvonot olami eksponatlari, sahna-tomosha vositalari, o’quv kinofilmlari, magnit disklari va lentalari, kassetalar va hokazo).

Asosiy vositalar hisobini tashkil etishda buxgalteriya hisobi oldiga quyidagi vazifalar qo’yiladi:


  • Moddiy aktivlarni qonunchilikda belgilangan tartibda asosiy vositalar tarkibida aks ettirish;

  • Asosiy vositalarning kelib tushishi, ularning tashkilot ichida joydan- joyga o’tishi (ko’chishi), tashkilot hisobidan chiqarilishi (jumladan, yaroqsiz holga kelganligi sababli), shuningdek, har bir ob’ektning (predmetning, komplektning) saqlanishi va to’g’ri foydalanishi ustidan nazorat qilinish;

  • Asosiy vositalar xarakatini hujjatlarda to’g’ri rasmiylashtirilish hamda hisob registrlarida o’z vaqtida aks ettirilishini ta’minlash;

  • Belgilangan tartibda asosiy vositalarga eskirish hisoblash va qayta baholash hamda ularni buxgalteriya xujjatlari, hisob registrlarida qayd etib borish;

  • Asosiy vositalarni ta’mirlash xarajatlari hisobini yuritish;

  • Asosiy vositalarni buxgalteriya hisobvaraqlarda holati va xarakatini aks ettirish;

  • Asosiy vositalar bo’yicha o’zvaqtida to’liq hamda aniq buxgalteriya axborotlarini shakllantirib berish.

Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling