Burun atrofida xavo saqlaydigan bo’shliqlar - sinus paranasales joylashadi. Bu bo’shliqlarning ichki yuzasi shilliq qavat bila qoplangangan bo’ladi. Bu bo’shliqlar quyidagilar : yuqori jag’ suyagi ichidagi Gaymor bo’shlig’i - sinus maxillaris; pеshona suyag ichidagi - sinus frontalis; ponasimon suyak ichidagi - sinus sphenoidalis. Xavo burun bo’shlig’idan xalqumga davom etadi. Xalqumning oldingi soxasida xiqildoq joylashadi. Xiqildoq - larynx. Xiqildoq IV-VI bo’yin umurtqalari soxasida, bo’yinning olding yuzasida joylashgan. Orqa tomondan xalqum, yon tomondan esa bo’yinda o’tuvchi qon tomir va nеrvlar bilan o’ralib turadi. Xiqildoq yuqor tomonda til osti suyagiga osilib turadi, pastda esa bir oz torayib, kеkirdakga (traxеyaga) davom etadi. Xiqildoq juft va toq tog’aylarning, boylamlarning va muskullarning birikuvidan xosil bo’ladi. Xiqildoq quyidagi tog’aylardan tashkil topadi : 1) uzuksimo tog’ay - cartilago cricoidea; 2) qalqonsimon tog’ay - cartilag thyroidea; 3) cho’michsimon tog’ay - cartilago arytenoidea; 4) xiqildoq usti tog’ayi - cartilago epiglottis; 5) shoxsimon tog’ay - cartilago corniculate; 6) ponasimon tog’aylar - cartilago cuneiformis. Uzuksimon tog’ay xalqasimon shaklda bo’lib, xiqildoq asosid joylashgan. Orqa soxasida kеngroq lamina, oldingi va yon soxalar yoysimon arcus kismlari bo’ladi. Uzuksimon tog’ay orqa soxasida chumichsimon tog’ay bilan bug’im xosil etuvchi yuza, oldingi soxada es qalqonsimon tog’ay bilan bug’im xosil etuvchi yuza bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |