Qalqonsimon tog’ay ikki bo’lak laminae dan xosil bo’lib, ularning o’zaro birikishi natijasida bo’rtib chiqqan burchak tashkil bo’ladi. Bu xosila erkaklarda o’tkir burchak xosil etadi va shu sababda tеri ostidan bo’rtib chiqib turadi. Bolalarda va ayollarda bu xosil o’tmas burchak shaklida bo’lib - tеri ostida bilinmaydi. Qalqonsimo tog’ayning ustki qismida - ustki o’yma - incisura thyroidea superior,ustki shoxsimon o’simta - cornu superius bo’ladi. Tog’ayning pastki soxasida pastki shoxsimon o’simta - cornu inferius joylashadi. Qalqonsimon tog’ay tashqi yuzasida mushaklar birikadigan qiyshiq chiziqlar - linea obliqua xosil bo’ladi. Cho’michsimon tog’ay - uzuksimon tog’ayning orqa soxasining ustk yuzasida joylashadi. Piramidasimon ko’rinishga ega bo’lib, asosi - basis, uchi - apex qismlardan tashkil topgan. Cho’michsimon tog’aynin oldingi soxasida ovoz boylami birikadigan o’simta - processus vocalis, va yon tomonga yo’nalgan mushaklar birikadigan o’simta - processus muscularis bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |