Bajardi: Muhammadiyeva Charoz Suyunova Sadoqat
Download 268.65 Kb.
|
Nafas olish sistemasi. Nafas a’zolarining o’ziga xos tuzilishi. Burun bo’shlig’i
Xiqildoq usti tog’ayi - xiqildoqqa kirish tеshigi soxasida joylashadi. Xiqildoqning qolgan mayda tog’aylari : shoxsimon, xamda ponasimon tog’aylar boylamlar orasida joylashadi. Xiqildoqning qalqonsimon tog’ayi til osti suyagi bilan membrana thyrohyoidea pardasi vositasida birlashadi. Bu pardaning o’rtas qalinlashgan bo’lib lig. thyrohyoideum mediale boylamini xosil etadi. Bu pardaning ikki yon tarafida esa lig. thyrohyoidea lateralia boylami xosil bo’ladi. Bu yon boylam tarkibida cartilago triticea tog’ayi joylashadi. Til osti suyagi bilan xiqildoq usti tog’ayi xa lig. hyoepiglotticum boylami vositasida birikkan. Xiqildoq ust tog’ayi qalqonsimon tog’ay bilan lig. thyroepiglotticum vositasid birlashadi. Uzuksimon tog’ay va qalqonsimon tog’ay orasida lig. cricothyroideum joylashadi. Axamiyatli boylamlardan yana biri - chin ovoz boylami - lig. vocale. Chin ovoz boylami qalqonsimon tog’ay ichki yuzasidan boshlanib,cho’michsimon tog’ayning ovoz o’simtasi processus vocalis ga birikadi. Chin ovoz boylamining yuqori soxasida - yolg’on ovoz boylamlar - daxliz boylami - lig. vestibulare joylashadi. Bu boylam tutamlarining yo’nalishi chin ovoz boylami tolalariga parallеl xolda yo’naladi. Xiqildoq tog’aylari o’zaro birlashib, bo’g’imlarni xosil etadi. Qalqonsimon tog’ay bilan uzuksimon tog’ay orasida art. cricothyroidea bo’g’imi mavjud. Bu bo’g’im qalqonsimon tog’ayning pastki shoxlar va uzuksimon tog’ay orasida joylashadi. Bu bo’g’imdagi xarakat natijasida uzuksimon tog’ayning oldingi yuzaci qalqonsimon tog’ayg yaqinlashadi. Uzuksimon tog’ayning orqa qismi va cho’michsimon tog’ayesa, aksincha bu bo’g’imda orqaga suriladi. Natijada ovoz burmasi v boylami taranglashadi. Uzuksimon tog’ay bilan cho’michsimon tog’ay orasida art. cricoarytennoideae bo’g’imi bo’ladi. Bu bo’g’imda cho’michsimon tog’ay o’z o’qi atrofida aylanadi. Xiqildoq tog’aylari orasidagi mushaklar uch guruxga bo’linadi :Download 268.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling