Bajardi: Norqulova Dilbar Guruh: hsm014-1 2-Nazorat savollariga javoblar


Download 31.79 Kb.
Sana07.11.2020
Hajmi31.79 Kb.
#142067
Bog'liq
2-Nazorat savollariga javoblar


Bajardi: Norqulova Dilbar

Guruh: HSM014-1

2-Nazorat savollariga javoblar:

  1. Sivilizatsiya” tushunchasining mazmuni.

Sivilizatsiya” iborasi lotin tilidagi civilis – davlatga, fuqaroviylikka xos, fuqaroga monandlikni bildiradi va bir necha ma’nolarda qo’llaniladi:

  • Insoniyat taraqqiyoti tarixining yovvoyilikdan so’ng keladigan bosqichi sifatida (L.Morgan, F.Engels, A.Tofler);

  • Madaniyatning sinonimi sifatida;

  • U yoki bu mintaqaning rivojlanish darajasi sifatida;

  • Muayyan hududdagi madaniyatlar rivojlanishining muayyan bosqichlari, ularning inqirozga yuz tutish bosqichlari sifatida;

Sivilizatsiya - jamiyat erishgan moddiy va ma’naviy taraqqiyot darajasidir.

  1. Olimlar sivilizatsiyalarning qanday turlarini ajratganlar?

Qadimgi Sharq sivilizatsiyasi, Antik Yevropa sivilizatsiyasi, Islom sivilizatsiyasi, Xristian sivilizatsiyasi, hozirgi zamon sivilizatsiyasi kabi tushunchalarda insoniyatning iqtisodiy – ijtimoiy, siyosiy hayoti, turmush tarsi, ahloqi, bilim saviyasi, mehnat qurollari va hokazo jihatlari mujassamlashgan.

  1. Ibtidoiy jamoa tuzumining asosiy davrlarini sanab bering.

Ibtidoiy jamoa tuzumining asosiy davrlari:

  1. Paleolit (grekcha "palayos" - qadimgi, "litos" -tosh) - qadimgi tosh davri. Paleolit davri 3 bosqichdan iborat:

  • Ilk paleolit bundan 3-2,5 million yillardan 100- ming yilliklargacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi.

  • O‘rta paleolit bosqichi bundan 100-40 ming yillar avvalgi davrdir.

  • So'nggi paleolit bosqichi miloddan 40-12 ming yillar avvalgi davrdir.

  1. Mezolit (yunoncha "mezos" - o‘rta, "litos" - tosh ) - o'rta tosh davri. Miloddan avvalgi 12 minginchi yillardan milloddan avvalgi 7 ming yillikkacha davom etadi.

  2. Neolit (yunoncha "neos" - yangi, "litos" tosh)-yangi tosh davri. Miloddan avvalgi 6- 4- ming yilliklarni o’z ichiga oladi.

  3. Eneolit - misdan qurollar o’zlashtirildan davr. Miloddan avvalgi 4- ming yillikda yuz beradi.

  4. Bronza davri - mis va qalay qotishmasidan mehnat qurollari yasash o'zlashtirilgan davr. Miloddan avvalgi 3-2 minginchi yillarni o'z ichiga oladi.

  5. Temir davri – miloddan avvalgi 1-ming yillikning boshlarini o’z ichiga oladi.



  1. Odam evolutsiyasi haqida nimalarni bilasiz?

Kishilik tarixining ilk bosqichi hisoblangan bu uzoq o’tmish bir necha million yillar davom etgan. Bu davrda ming yilliklar osha ibtidoiy odam nihoyatda sekinlik bilan kamol topib, hozirgi zamon odam qiyofasiga kirgan. Kishilikning ibtidoiy to’da bosqichida odamlar tabiiy sharoit taqozosi bilan yirtqich hayvonlar xavfi tufayli to’da-to’da bo’lib yashashga majbur edi. Ilk paleolit odamlari ov qilish, terib ozuqa toppish uchun toshdan, daraxt shoxlaridan turli mehnat qurollari yasaganlar. O’rta paleolit davrida neondertal ibtidoiy odamlari yashagan. So’nggi peleolit davrida esa Kromonyon odami yashgan. O’zbekiston hududiga Selung’ur g’oridan va Toshkent viloyaning Angren shahri yaqinidan ilk peleolit davri odami suyaklari qoldiqlari topilgan. Ularni Fergantrop deb atashadi.

  1. Dastlabki ma’lumot almashuvi qanday amalga oshirilgan?

Yozuv madaniyatining eng qadimgi o’choqlari Misr, Mesopotamiya va Old Osiyodir. Yozuv yaratish harakatlarinig dastlabki qadamlarini qoyatoshlarga ishlangan ajoyib suratlarda ko’ramiz. Mil.avv. V – III asrlarda oromiy yozuvlari tajribasi asosida yangi yozuv yaratilgan. Mil.avv. IV – III asrlarda, shuningdek, yunon imlosi ham ishlatilgan. Ajdodlarimiz turkiy, uyg’ur va sog’d yozuvlarini qo’llaganlar.

  1. O’rta Osiyodagi dastlabki yozma manbalar tasnifini bering.

Qadimda o’lkamizda yashagan aholining ma’naviy va madaniy qiyofasi mashhur “Avesto” mazmunida o’z ifodasini topgan. Ma’lumki, bu muqaddas kitob Markaziy Osiyo xalqlari to’g’risidagi noyob manbadir.

  1. Avesto” – O’zbekiston tarixi sifatida ahamiyatini ko’rsatib bering.

"Avesto" avval xalq ogʻzaki ijodi shaklida tarqalgan va bir necha asrlar davomida ogʻizdan-ogʻizga oʻtib, qadimgi Turon, Xuroson, Eron, Ozarbayjon elatlarining ijtimoiy-iqtisodiy hayotini, olam haqidagi tasavvurlarini va diniy qarashlarini oʻzida aks ettirgan. Bu asar koʻp yillar davomida zardushtiylik-otashparastlik dinining ulamo qoxinlari tomonidan toʻldirilib, takomillashtirilgan. Abu Rayxon Beruniyning "Oʻtmish xalqlardan qolgan yodgorliklar" kitobida ta’kidlanishicha, Avesto ilk bor mil. av. VI asr boshlarida toʻliq holda 12 ming qoramol (hoʻkiz) terisiga zarxal harflar bilan bitilgan.Avesto ta’limotining asoschisi tarixda paygʻambar nomi bilan tanilgan Zardushtra (Zardust) ismli shaxs boʻlgan. Zardushtra-oltin tuyali yoki oltin tuya yetaklovchisi degan ma’noda ishlatilgan. Zardushtra otashparastlik gʻoyalarini oʻz hamfikrlari bilan birgalikda Katta Xorazm, Baqtriya, Soʻgʻdiyona, Eron, Ozarbayjon qisman Hindiston aholisi oʻrtasida targʻib etgan. Beruniy keltirgan rivoyatga koʻra, Baqtriya podshosi Vishtasp va malika Xutaosa birinchilardan boʻlib zardushtiylik e'tiqodini qabul etganlar, soʻng bu din keng yoyilgan.

  1. Avesto”da yaxshilik va yomonlik o’rtasida kurash nimalarda namoyon bo’ladi?

“Avesto”da dunyo ezgulik va yovuzlikning doimiy kurashidan iborat, ezgulik xudosi Axuramazda (Xurmuzd) yovuzlik tangrisi Axriman ustidan gʻalaba qozonishi bayon etilgan. Zardushtiylik dinida olov muqaddaslashtirilib, u insonning baxtu-saodati ramzi sifatida ulugʻlangan. Zardushtiylik jamiyatda barcha odamlar tanasining rangidan, tili, urf-odatlari va yashagan joylaridan qat'i nazar, osoyishtalik bilan yorqin hayot kechirishga haqlidir, deb hisoblaydi. Bu din odamlarni jur'atli, dovyurak, yetuk insonlar boʻlishga da’vat etadi. Otashparastlikda zamin (yer), suv, quyosh va xavo ilohiyat darajasiga koʻtariladi va ularni ifloslash ogʻir gunoh hisoblanadi.
Download 31.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling