Bajardi: ochilov umirzoq
Download 0.54 Mb.
|
Diniy fanatizmning asoslari va manbalari
Distim shizioid tip. Bu turga mansub shaxslar emotsiyalari sust ifodalangan va introvert tipdagi bo’lib, ko’p holatlarda salbiy kayfiyatda bo’ladilar. Bu xildagi xarakter asosida diniy qarashlariga mukkasida ketgan va atrofdagi insonlarga va voqelikga nisbatan befarq shaxs shakllanadi. Shuningdek, bunday shaxslar o’z xatti-harakatlarining boshqa insonlarga nisbatan ko’rsatishi mumkin bo’lgan ta’siriga befarq qaraydilar.
Epileptoid— qo’zg’aluvchan . Bu kabi xarakter aktsentuatsiyasiga mansub shaxslarda shafqatsizlik, tajovuzkorlik va reaktivlik xususiyatlari ajralib turadi. Qo’zg’aluvchan odamlarning reaksiyalari impulsiv bo’lib, ular biror narsani xushlamasalar masalaga kelishuv asosida yondashmaydi aksincha bag’rikenglik ular uchun begona. Aksincha yuz ifodalari va so’zlari bilan salbiy emotsiyalariga erk berishni va o’z talablarini ochiqcha e’lon qilishga moyildir. Qotib qolgan tip Bu kabi xarakter xususiyatidagi shaxslarda adolatga intilish va qasos olishga moyillik yorqin ifodalangan bo’lib, bu xarakter aktsentuatsiyasiga ega bo’lgan shaxslarda diniy aqidaparastlikning yuzaga kelishi boshqa turlaridan ko’ra xavfli hisoblanadi.
Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling