Bajardi: ochilov umirzoq
Download 0.54 Mb.
|
Diniy fanatizmning asoslari va manbalari
Diniy aqidaparastlik tushunchasi haqida so’z borar ekan, e’tiborni xarakter aktsentuatsiyasi tushunchasiga qaratish zarurdir. Ma’lumki, shaxsdagi xarakter aktsentuatsiyasi — shaxsdagi bir xarakter xususiyati boshqalariga ko’ra bo’rktiribroq namoyon bo’lishi va muayyan shaxsning o’ziga xos xususiyati sifatida gavdalanadi. Xarakter aktsentuatsiyasi — norma va patologiya o’rtasidagi oraliq bosqich sifatida qaralib, uning patologik bosqichiga qadar namoyon bo’lishi psixopatiyaga aylanish xavfini tug’diradi. Xarakterning aktsentuatsiyalashganligi turli ijtimoiy-psixologik og’ishlarni yuzaga kelishiga zamin yaratishi mumkin
Shaxsdagi turli fanatik holatlarni va hatto diniy fanatizimning ham kelib chiqishda xarakter aktsentuatsiyasining ahamiyati katta bo’lishi mumkin. Quyida bu kabi holatlarga ta’sir etuvchi turli aktsentuatsiya tiplarini keltirib o’tamiz: demonstrativ (namoyishkorona) tip. Ushbu turdagi xarakter aktsentuatsiyasi egasi doimo diqqat markazida bo’lishga intiladi, uning barcha faoliyati aynan shu masalaga yo’naltirilgan holda kechadi. Bu turdagi xarakter anomaliyasi asosida o’z dinini va e’tiqodini barchaga ko’z-ko’z qilish orqali har qanday yo’l bilan o’zining dindorligini barchaga e’lon qilishga intiladi. Aslida esa dinning asosiy talablariga subyektiv tarzda e’tiqod qilmaydigan aqidaparast shaxs shakllanadi.
Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling