Bajardi: odilova o


Ionlarning harakatlanish tezligi va uni aniqlash usuli


Download 391.06 Kb.
bet4/12
Sana18.06.2023
Hajmi391.06 Kb.
#1581586
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Odilova Ozoda Fizikaviy kimyo kurs ishi

2.2. Ionlarning harakatlanish tezligi va uni aniqlash usuli


Ilgari aytib o‘tganimizdek, elektroliz vaqtida anion va kationlar elektr tashuvchilar hisoblanadi. Har bir ion o‘zining zaryadiga teng elektr tashiydi. Agar anion bilan kationni zaryadlar kattaligi bir xil bo‘lsa, ular baravar tezlik bilan xarakatlanayotgan bo‘lsa ham, anionlarning tashigan elektr miqdori kationlarning tashigan elektr miqdoriga teng bo‘ladi. Tok berilgunga qadar ionlar turli yo‘nalishda tartibsiz xarakatda bo‘ladi; tok berilgandan keyin esa anionlar anod tomonga xarakatlanadi. Bu tartibli xarakatga erituvchining tartibsiz harakatda bo‘lgan molekulalari qarshilik ko‘rsatadi [9].
Ionlarning xarakatlanish tezligini aniqlashning turli usullari bor. Eng oddiy usul rangli ionlarning xarakatlanish tuzligini aniqlash usulidir. U-simon nayga ikkita elektrod taxminan 1/3 qismiga qadar kaliy xlorid eritmasi quyiladi, ajratgich voronkasiga esa ionlaridan biri rangli bo‘lgan tuz, masalan, kaliy permaganat KMnO4 eritmasi quyiladi. Ajratgich voronka jo‘mragini sekin ochib. U-simon nayga elektrodlar kaliy xlorid eritmasiga botgunga qadar pastdan KMnO4 permaganat eritmasi qiritiladi. Bunda ikkala eritma orasida chegara aniq bilinib turishi kerak. So‘ngra elektrodlarga o‘zgarmas elektr toki berilsa, ma’lum vaqt o‘tgandan keyin ajralish chegarasi ko‘tariladi. Shundan keyin U-simon nayning ikkala tirsagidagi eritmalar chegarasi orasidagi farq (sm hisobida) o‘lchab olinadi va shunga ketgan vaqt aniqlanadi. Ionning harakatlanish tezligi quyidagicha topiladi:

bunda h - chegaralar farqi, t - vaqt, sekund hisobida.
Bu metodning aniqlik darajsi yuqori bo‘lmaganligi sababli kam qo‘llaniladi. Ionlarning xarakatlanish tezligi, odatda elektr o‘tkazuvchanlik asosida hisoblab topiladi. Hisoblashda, ko‘pincha, ionlarning absolyut tezligidan foydalaniladi. Elektrodlar orasidagi masofa eritma sm, potensiallar ayirmasi eritma v bo‘lganda, ionning eritma sekundda sm hisobida bosgan yo‘li ionning absolyut tezligi deyiladi. Quyidagi 1-jadvalda ba’zi ionlarning 180S dagi absolyut tezliklari qiymati keltirilgan.

Download 391.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling