Bajardi: odilova o


Download 391.06 Kb.
bet1/12
Sana18.06.2023
Hajmi391.06 Kb.
#1581586
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Odilova Ozoda Fizikaviy kimyo kurs ishi


OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI BERDAQ NOMIDAGI QORAQALPOQ DAVLAT UNIVERSITETI KIMYO TEXNOLOGIYA FAKULTETI 2-E KIMYO GURUH TALABASI ODILOVA OZODANING FIZIKAVIY KIMYO FANIDAN TASHISH SONLARINI ANIQLASH MAVZUSIDA YOZGAN
KURS ISHI





BAJARDI: ODILOVA O.
ILMIY RAHBAR: SIDRASULIEVA G.
NUKUS_2023

MUNDARIJA


KIRISH 2
I. BOB. FIZIKAVIY KIMYO FANIGA KIRISH 6
1.1. Fizikaviy kimyoning paydo bo’lishi 6
1.2. Fizikaviy kimyoning rivojlanishi 7
II. BOB. TASHISH SONINI ANIQLASH 8
2.1. Elektroliz. Faradey qonunlari 8
2.2. Ionlarning harakatlanish tezligi va uni aniqlash usuli 13
2.3. Eritmalarning elektr o‘tkazuvchanligi 15
2.4. Tashish sonini aniqlash 17
2.4. Ionlarning harakatchanligi va tashish sonini aniqlash 21
2.5. Lobarotoriya ishi. Suyultirilgan sulfat kislota eritmasidagi vodorod ionlarining tashish sonini aniqlash 23
2.6. Qutblanish 25
III. XULOSA 28
IV. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 30







KIRISH


Bugungi rivojlanayotgan kunga kelib jamiyatimiz taraqqiyoti bevosita o’sha jamiyatni axborotlashtirish bilan ham bog’liq bo’lib har bir davlat o’z axborotlash strategiyasini ishlab chiqish va uni amaliyotga qo’llashga katta ahamiyat bermog’i lozim. Davlat Ta’lim Standartlarini ta’lim tarbiya jarayonlariga tezkor joriy qilish mexanizmlar, o’quv dasturlar, darsliklar hamda o’quv meodik qo’llanmalar vositasi amalga oshirildi. Mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan soha mutaxassislarini fikricha “Pedagogik texnologiya” bu o‘quvchilarni o‘qitish, o‘rgatish va ularni har tomonlama rivojlantirish qonun-qoidalarini o’z ichiga olgan pedagogik tadbirlar tizimidan iborat. Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib shuni aytish mumkinki, ta’limni texnologiyalashtirishni asosini, ta’lim oluvchilarni, uning samaradorligini oshirish hamda ta’lim oluvchilarni berilgan sharoitlarda hamda ajratilgan vaqt ichida loyixalashtirilayotgan o‘quv natijalariga erishishlarini kafolatlash maqsadida to‘liq boshqarish g‘oyasini tashkil etishdir. Ta’lim amaliyotida “Pedagogik texnologiya” 3 ta ko‘rinishdagi tayanch mazmunidan iborat:
1. Umumiy pedagogik mazmun. Bu ko‘rinish ta’lim muassasalaridagi ta’lim-tarbiya mezoni bilan chambarchas bog‘liq;
2. Xususiy uslubiy mazmun. Bu o‘quvchi tomonidan aniq bir mavzu uchun tanlab olingan usul hamda didaktik vositalar majmuasidan iborat bo‘lib, bu orqali ta’lim bosqichlari tizimga solinadi;
3. Modulli texnologik mazmun. Berilgan ta’lim mazmuni qismlarini alohida-alohida texnologiyalashtiriladi hamda qo‘yilgan maqsadga erishiladi.
O‘qituvchining darsda pedagogik texnologiyani joriy qilishdagi bosqichlari quyidagicha:
- ta’lim oluvchilarga bo‘lajak faoliyatning maqsadlarini qo‘yish va tushuntirish;
- o‘qitishning tanlangan usullari, vositalari va shakllarini qo‘llash;
- ta’lim oluvchilar faoliyatini rag‘batlantirishning turli choralarini ko‘rish;
- o‘qitish jarayonlarining sifatini nazorat qilish va baholash, ularni tahlil qilish va korreksiya qilish (korreksiya-anamal bolalarning psixik va jismoniy taraqqiyotidagi kamchiliklarini pedagogik usul va chora – tadbirlar bilan qisman yoki butunlay yo‘qotish).
O‘qitish texnologiyasini joriy qilish hamda amalga oshirish jarayonida, pedagogik tizimning barcha komponentlarini ularning bir-biri bilan o‘zaro bog‘liqligi hamda o‘zaro belgilanganligi albatta mavjudligi, o‘quv jarayonidagi qatnashchilarining psixologik shaxsiy va individual xususiyatlarini albatta hisobga olish kerak [1].
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev 2020-yil 16-oktyabr kuni kimyo sanoatini jadal rivojlantirish, tarmoqqa xorijiy investitsiya va zamonaviy texnologiyalarni jalb qilish masalalari bo`yicha yig`ilish o`tkazdi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma`lumki, kimyo sohasi zamonaviy sanoatning “katalizatori” bo`lib, har qanday ishlab chiqarish negizida kimyovoy jarayonlar yotadi, bu sohasiz iqtisodiyotda taraqqiyot bo`lmaydi. Yig`ilishda tarmoqdagi kamchiliklarni bartaraf etish va kimyo sanoatini yanada rivojlantirish yuzasidan amalga oshiriladigan chora-tadbirlar muhokama qilindi. Kimyo sanoatida yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun tizimning moliyaviy barqarorligini ta`minlash lozim. Shu boisda ham yig`ilishda “O`zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyatining moliyaviy ahvolini yanada yaxshilash yuzasidan ko`rsatmalar berildi. Shu bilan birga sohaga inovatsiyalar umuman joriy qilinmagan, ilm-fan salohiyatidan samarali foydalanilmayotganligi tanqid qilindi. Shuning uchun Koreya-kimyo texnalogiyalari ilmiy-tadqiqot institute (KRICT) bilan hamkorlikda Toshkent kimyo texnologiya ilmiy-tadqiqot instituti negizida ilmiy-tadqiqot, loyihalash va muhandislik, kadrlar tayyorlashga ixtisoslashgan markaz barpo etishni tezlashtirishni zarurligini ta`kidladi.
Kimyo fani, ayniqsa uning muhim tarmog’i hisoblanuvchi fizikaviy kimyo xalq xo’jaligining hamma соќаларида, ayniqsa qishloq xo’jaligida mo’l va sifatli mahsulotlarini yetkazishda muhim o’rin egallaydi.
Oziq – ovqat mahsulotlari texnologiyasida fizikaviy kimyo fani muhim ahamiyat kasb etadi, chunki deyarli hamma texnologik jarayonlar fizikaviy kimyo fani bilan chambarschas bog’liqdir. Kimyoviy ishlab chiqirish mutaxassislari, qishloq xo’jaligining malakali mutaxassislari va oziq – ovqat mahsulotlarini kimyoviy qayta ishlovchi mutaxassislari umumiy va noorganik kimyo, organik kimyo, agrokimyo hamda biokimyo bilan bir qatorda fizikaviy kimyoni ham chuqur bilishlari kerak, chunki bu fanlarni bilish kimyoviy texnologik jarayonlarda, o’simliklar organizmida va tuproq tarkibida sodir bo’lib turadigan turli jarayonlarni to’la tushunushga, oziq – ovqat mahsulotlari texnologiyasida esa texnologik jarayonlarni boshqarish va mahsulot chiqish unumini oshirishga, hamda ularning sifatini yaxshilashga yordam beradi.
Bulardan tashqari, keyingi yillarda yangi zamonaviy fizikaviy asbob – uskunalarning yaratilishi hamda ulardan kimyoviy ishlab chiqirishda, qishloq xo’jalik hamda oziq – ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda foydalanish mutaxassislarining fizikaviy kimyoni yaxshi o’rganishlarini taqoza etadi [2].
“Fizikaviy kimyo” fani zamonaviy kimyoning nazariy asosini tashkil etadi. Juda ham jadallik bilan rivojlanayotgan ushbu soha kimyo va fizika o`rtasida chegaraviydir. Fizikaviy kimyo ikkala fanning nazariy va tajribaviy usullaridan hamda o`zining xususiy usullaridan foydalanib, kimyoviy reaksiyalar va ular bilan birgalikda boruvchi fizikaviy jarayonlar ustida ko`p qirrali tadqiqotlar o`tkazadi.
XX asrning boshiga kelib fizikaviy kimyo modda tuzilishi, kimyoviy termodinamika, eritmalar, kimyoviy kinetika va elektrokimyolarni o`rganuvchi fan sifatida ham namoyon bo`ldi. Yangi nazariy usullarning qo`llanilishi bilan atom, molekula va kristallarning tuzilishini tadqiqot qilish birinchi o`ringa chiqadi. Ushbu sohada Rezerford tomonidan taklif qilingan atomning yadro tuazilishi (1911) va Bor (1913) tomonidan vodorod atomining birinchi miqdoriy nazariyasining yaratilishi juda katta yutuq bo`ldi. Kimyoviy bog`ning tabiati va molekulalarning tuzilishini o`rganish atom tuzilishini bilan birgalikda olib boriladi. 1920-yillarda Kossel va Lyuis kimyoviy bog`ning electron nazariyasini ishlab chiqdilar. 1927-yilda Geytler va London kimyoviy bog`ning kvant mexanik nazariyasini rivojlantirdilar. Keyinchalik atom tuzilishidagi kata kashfiyotlarga asoslanib, kvant mexanikasi va statistic fizikaning nazariy usullarini hamda rentgen, spektroskopiya, mass-spektrometriya, magnit usullari kabi tajribaviy usullarga asoslanib, molekula va kristallarning tuzilishini o`rganish va kimyoviy bog` tabiatini tushuntirishda katta yutuqlar qo`lga kiritildi. Fizikaviy kimyo mustaqil fan bo`lib, u o`zining tadqiqot usullariga ega hamda kimyo-texnologik fanlarning nazariy bazasidir. Fizikaviy kimyoning ishlab chiqarishdagi ahamiyati kata, chunki biror kimyoviy jarayonni amalga oshirishda uning mexanizmini mukammal bilish lozim. Eritmalar “Fizikaviy kimyo” fani tomonidan o`rganiladigan eng asosiy sistemalardan biri hisoblanadi. Bu sistemalar hayotda va texnikada juda kata ahamiyatga ega, shu sababli ham, fizikaviy kimyo fan sifatida eritmalar nazariyasining yaratilishi natijasida vujudga kelgan. Fizik-kimyoviy nuqtai nazardan eritma deganda nima tushuniladi? Eritma kamida ikkita moddadan (komponentdan) iborat bo`ladi, denak, eritma bir necha moddaning aralashmasidir. Lekin har qanday aralashma ham eritma bo`laolmaydi.
Kurs ishining dolzarbligi: Fizikaviy kimyo kimyoviy energiyaning elektr energiyasiga va aksincha, elektr energiyasini kimyoviy energiyaga aylanishi bilan bog‘liq bo‘lgan qonuniyatlarni o‘rganadigan bo‘limi elektrokimyo deb ataladi. Elektrokimyo katta amaliy ahamiyatga ega bo‘lib, elektroliz, elektr o‘tkazuvchanlik va elektr yutuvchi kuchlar haqidagi ta’limotlarni o‘rganadi.
Barcha moddalar elektr o‘tkazuvchanligi jihatidan o‘tkazgich, yarim o‘tkazgich va izolyatorlar (dielektriklar)ga bo‘linadi. O‘tkazgichlarning o‘zi I tur va II tur o‘tkazgichlarga bo‘linadi. Eritma tur o‘tkazgichlarga barcha metallar va ularning qotishmalari, shuningdek ko‘mir va grafit kiradi. II tur o‘tkazgichlarga elektrolitlarning (tuzlar, kislota va asoslarning) eritmalari va suyuqlanmalari kiradi. Bularda elektr toki elektrolit ionlari orqali uzatiladi (ionli uzatuvchanlik), natijada modda kimyoviy jihatdan o‘zgaradi.



Download 391.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling