Bajardi: odilova o
Download 391.06 Kb.
|
Odilova Ozoda Fizikaviy kimyo kurs ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ba’zi elektrolitlar eritmalarining 18 0 S dagi solishtirma elektr o‘tkazuvchanligi (𝛀 -1 sm -1 )
Ionlarning 180S dagi absolyut tezliklari (sm/s hisobida)
1- jadval
2.3. Eritmalarning elektr o‘tkazuvchanligiModdalarning tashqi elektr maydon ta’sirida elektr tokini o‘tkazish hususiyati elektr o‘tkazuvchanlik deyiladi. Eritmalarning elektr o‘tkazuvchanligi elektrolitik dissotsilanish natijasida eritmada paydo bo‘ladigan ionlar tufaylidir. Eritmalarda elektr zaryadini tashuvchilar ionlar bo‘lgani sababli ham eritmaning elektr o‘tkazuvchanligi ionlarning konsentratsiyasiga ham to‘g‘ri proporsional bo‘ladi. Konsentratsiya o‘zgarmas bo‘lganda esa elektr o‘tkazuvchanlik ionlarning harakatlanish tezligiga to‘g‘ri proporsional bo‘ladi. Elektr o‘tkazuvchanlik vaqt birligi ichida elektrolit orqali o‘tgan elektr miqdori (kulonlar) bilan o‘lchanadi. Elektr o‘tkazuvchanlik qarshilikka teskari kattalik bo‘lgani uchun quyidagicha yoziladi: Qarshilik o‘tkazuvchining uzunligi l ga to‘g‘ri va ko‘ndalang kesimi s ga teng proporsional bo‘ladi: (1) bunda: R - solishtirma qarshilik, ya’ni uzunligi eritma sm, ko‘ndalang kesimi eritma sm2 bo‘lgan o‘tkazgichning qarshiligi. (1) formulaga R ning qiymatini qo‘ysak: Solishtirma qarshilikka teskari qiymat 1/r solishtirma elektr o‘tkazuvchanlik deyiladi. Solishtirma elektr o‘tkazuvchanlik eritma kub santimetr eritmaning lektr o‘tkazuvchanligi bo‘lib, Ω-1sm-1 birlikda o‘lchanadi. Quyidagi 2-jadvalda ba’zi elektrolitlar eritmalarining solishtirma elektr o‘tkazuvchanlik qiymatlari keltirilgan. Ionlarning harakatlanish tezligi ularning tabiatiga hamda kuchlanganligiga, konsentratsiyaga, temperaturaga muhitning qovushqoqligiga va boshqalarga bog‘liq bo‘ladi. Ionlarning xarakatlanish tezligi odatda juda kichik, hamda molekulalarning gazlardagi xarakatlanish tezligi bir necha marta kichik bo‘ladi. Bunga sabab shuki, ionlarning muayyan yo‘nalishdagi harakatlanish tezligiga muhit, erituvchining molekulalari katta qarshilik ko‘rsatadi. Konsentratsiya o‘zgarmas bo‘lganda esa elektr o‘tkazuvchanlik ionlarning harakatlanish tezligiga to‘g‘ri proporsional bo‘ladi. Ba’zi elektrolitlar eritmalarining 180S dagi solishtirma elektr o‘tkazuvchanligi (𝛀-1sm-1)
2 - jadval Eritmaning solishtirma elektr o‘tkazuvchanligi eritmadagi ionlar konsentratsiyasiga bog‘liq. Ionlarning konsentratsiyasi qanchalik yuqori va ularning absolyut tezligi qancha katta bo‘lsa, solishtirma elektr o‘tkazuvchanlik shuncha yuqori bo‘ladi. Solishtirma elektr o‘tkazuvchanlik konsentratsiya ortishi bilan ma’lum maksimum qiymatga qadar ko‘payib boradi, shundan keyin ionlar orasidagi o‘rtacha masofa kamayishi bidan ionlararo ta’sir kuchlari ortganligidan ionlarning harakatchanligi kamayishi sababli solishtirma elektr o‘tkazuvchanlik ham kamaya boshlaydi. Bundan tashqari konsentratsiya ortishi bilan elektrolitning dissotsilanish darajasi kamayadi. SHu sababli, elektr o‘tkazuvanlikni o‘rganish uchun ekvivelent elektr o‘tkazuvchanlik (l) tushunchasidan foydalaniladi. U berilgan eritmada eritma g-evk elektrolitdan hosil bo‘lgan ionlarning o‘tkazuvchanligini ko‘rsatadi hamda quyidagicha ifodalanadi: l = 1000 x/S bunda, x - solishtirma elektr o‘tkazuvchanlik, S - eritmaning g=ekv/l da ifodalangan konsentratsiyasi. Demak, ekvivalent elektr o‘tkazuvchanlik elektrodlar orasidagi masofa eritma sm bo‘lganda, tarkibida eritma g-ekv erigan modda bor eritmaning elektr o‘tkazuvchanligidir. Ekvivalent elektr o‘tkazuvchanlik sm2Ω-1/g-ekvda ifodalanadi. Download 391.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling