Bajardi: Qilichova Gòzal. Ilmiy rahbar: M. B. Islomova. Navoiy


Bajarilgan kurs ishining yakuniy natijalari


Download 55.44 Kb.
bet2/8
Sana01.05.2023
Hajmi55.44 Kb.
#1419085
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Ijtimoiy pedagogik tadqiqotlarning òrni va ahamiyati

Bajarilgan kurs ishining yakuniy natijalari
Ilmiy rahbar: ________________________________


Reja:
Kirish.
Asosiy qism.
I- bob. Pedagogik tadqiqotlarning òziga xos uslubiy tamoyillari.
1.1.Pedagogik tadqiqotlarning asosiy tarkibiy elementlari.
1.2. Pedagogik tadqiqotlarning mohiyati.
II-bob. Ijtimoiy pedagog tadqiqotlarning amaliy sharoitlari.
2.1.Ijtimoiy pedagogik tadqiqotlarning funksiyalari.
2.2.Ijtimoiy tadqiqotlar va ularning yònalishlari.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.


KIRISH.
Mavzuning dolzarbligi: Mamlakatimizda har yili muayyan sohani rivojlantirish bo‘yicha yil dasturi qabul qilinadi. Bu yil “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili” deb nomlandi. Shunga binoan, Davlat dasturi amalga oshirilyapti. Bu yilgi davlat dasturining ko‘lami ham, marralari ham oldingilaridan ancha salmoqli, yuksak. Buni belgilangan chora-tadbirlar ijrosi uchun avvalgi yillardagiga nisbatan qariyb bir yarim barobardan ziyod mablag‘ ajratilgani ham ko‘rsatib turibdi. Bundan tashqari ta’lim sohasiga ham alohida rivoji uchun ham kòplab chora tadbirlar amalga oshirilmoqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-noyabrdagi “O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6108-son Farmoni joriy etildi.Prezidentimiz “Bizni hamisha o‘ylantirib keladigan yana bir muhim masala – bu yoshlarimizning odob-axloqi, yurish-turishi, bir so‘z bilan aytganda, dunyoqarashi bilan bog‘liq. Bugun zamon shiddat bilan o‘zgaryapti. Bu o‘zgarishlarni hammadan ham ko’proq his etadigan kim —yoshlar. Mayli, yoshlar o‘z davrining talablari bilan uyg‘un bo‘lsin. Lekin ayni paytda o‘zligini ham unutmasin. Biz kimmiz, qanday ulug‘ zotlarning avlodimiz, degan da’vat ularning qalbida doimo aks-sado berib, o‘zligiga sodiq qolishga undab tursin. Bunga nimaing hisobidan erishamiz? Tarbiya, tarbiya va faqat tarbiya hisobidan”, deya uqtiradi.¹ Bundan kòrinib turibdiki yoshlarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash, ularda vatanga muhabbat tuyg‘usini shakllantirish, milliy ongi va tafakkurini rivojlantirish hamisha demokratik jamiyatning eng asosiy maqsadi va matlabi bo‘lib kelgan. Tarbiyadan murod komil insonni voyaga yetkazishdir. Komillikning belgisi haq yo‘lidan borib, xalqqa foyda keltirishdan iborat. Inson kapitali qancha boy bo‘lsa, odamlarga shunchalik ko‘p foyda keltira oladi.Ijtimоiy pеdаgоgikа–gаrchi u аvvаldаn yurtimizdа pеdаgоgik bilim sоhаsi vа fаn sifаtidа mаvjud bo`lgаn bo`lsа hаm, O`zbеkistоn uchun yangi xоdisа vа tushunchаdir. Uning mustаqil fаngа аylаngаnligi vа аmаliy tаjribаlаri tizimlаshtirilmаgаnligining sаbаblаri O`zbеkistоn tаrixiy rivоjlаnishining murаkkаbliklаri vа qаrаmа-qаrshiliklаri bilаn izоhlаnаdi. Ijtimоiy pеdаgоgikаgа sаlbiy tа`sir ko`rsаtgаn hоdisаlаrgа XX аsrning 30 yillаridа bоshlаngаn ijtimоiy tаrbiyaning diskrеditаsiyalаshuvi milliy оlimlаr tomonidan òrganila boshladi.

Download 55.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling