Bajardi: Qodirova Nigora Qabul qildi: Salixova M. Sh. Toshkent 2022
Download 351.38 Kb. Pdf ko'rish
|
Pedagogika va Psixologiya fanidan 1-topshiriq sirtqi
ostida. Umumiy pedagogika.
– T.: “Fan va texnologiya”, 2017, 27- bet.) Pedagogikada shunday maxsus metodlar mavjudki, ular yordamida ta’lim-tarbiya jarayoniga oid muhim faktlar, turli pedagogik vaziyatlar mohiyatlari, mexanizmlari, xususiyatlari o’rganiladi. Ob’ektiv dunyoni bilish, nazariyada nimani o’rganish va o’rgatish kerak, kimni va qanday tarbiyalash lozim degan masalalar mavjud bo’lib, ular o’zaro uzviy bog’liqdir. Har qanday fan sifatida o’zining ilmiy tadqiqot usullariga ega. Bu usullari orqali o’z mazmunini boyitib, yangilab boradi. Pedagogika fani o’z mazmun mohiyatini boyitishda, yangilashda mavjud pedagogik hodisa va nazariyalarni uning maqsadi va vazifalariga muvofiq keladigan usullari bilan o’rganadi. Ushbu ilmning ilmiy tadqiqot usullari deganda yosh avlodni tarbiyalash, bilimli qilish va o’qitishning real jarayonlariga xos bo’lgan ichki aloqa va munosabatlarni tekshirish, bilish yo’llari, uslublari va vositalari majmui tushuniladi. Pedagogikaning ilmiy tadqiqot usullari qanchalik to’g’ri tanlansa ta’lim-tarbiya mazmunini yangilash va takomillashtirish shu darajada yaxshilanadi, pedagogika fani ham boyib boradi.( Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti fanidan ma’ruzalar matni. Navoiy – 2012, 15- bet. ) Pedagogik ilmiy-tadqiqot metodlari shaxsni tarbiyalash , unga muayyan yo‘nalishlarda chuqur, puxta ilmiy bilimlarni berish tamoyillari, obyekti va subyektiv omillarini aniqlovchi pedagogik jarayonning ichki mohiyati, aloqa va qonuniyatlarini maxsus tekshirish va bilish usullaridir. Ayni vaqtda, O‘zbekiston Respublikasida pedagogik yo‘nalishda olib borilayotgan ilmiy izlanishlar dialektik yondashuvga asoslanadi. Pedagogik hodisa, voqelik va ularning qonuniyatlarilarni aniqlashga bunday yondashuv pedagogik hodisa va jarayonlarning umumiy aloqasi, ularning izchil, uzluksiz rivojlanishi, bolaning fiziologik rivoji uning psixologik, intellektual jihatdan takomilashtirib borishini ta’minlashi, qarama- qarshiliklarning shaxs kamolotini ta’minlashdagi o‘rni va roli, shuningdek , dialektika kategoriyalarining ahamiyatini e’tirof etadi. Pedagogik ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish murakkab, muayyan muddatni taqozo etuvchi, izchillik, uzluksizlik, tiziml ilik hamda aniq maqsad kabi xususiyatlarga ega bo‘lgan jarayon bo‘lib, uning samarali bo'lishi uchun bir qator shartlarga rioya etish zarur. Ular quyidagilardir: muammoning dolzarbligi va mavzuning aniq belgilanganligi; ilmiy farazlarning to‘g‘ri shakllantirilganligi; vazifalarning tadqiqot maqsadi asosida to‘g‘ri belgilanganligi; tadqiqot metodlar tizimiga nisbatan obyektiv yondashuv; tajriba- sinov ishlari jarayoniga jalb etiluvchi respondentlarning yosh, psixologik va shaxsiy xususiyatlari, shuningdek, s haxs rivojlanishi qonuniyatlarining to‘g‘ri hisobga olinganligi; tadqiqot natijalarini oldindan tashxislash va uning natijalarini bashorat qilish; tadqiqot natijalarining kafolatlanganligi. ( B. X. Xodjayev. Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti. Darslik.- T.: “ Sano-standart” nashriyoti, 2017-yil, 33-bet. ) 2-savol Muloqotning ijtimoiy axamiyati. Muloqot odamlar oshiradigan faoliyat ichida yetakchi o’rinni egallab, u insondagi eng muhim extiejni - jamiyatda yashash va o’zini shaxs deb hisoblash bilan bog’liq etiejini kondiradi. Shuning uchun ham har bir inson uchun ahamiyati kattadir. M u l o k o t - odamlarning birga likda faoliyatlari extiejlaridan kelib chiqadigan turli faolliklari mobaynida bir - birlari bilan o’zaro munosabatlarga kirishish jarayonidir. Ya’ni har bir shaxsning jamiyatda ado etadigan ishlari (mehnat, ukish, o’yin, ijod qilish va boshqalar) o’zaro munosabat va o’zaro ta’sir shakllarini o`z ichiga oladi. Chunki har qanday ish odamlarning bir birlari bilan til topishishi , bir birlariga turli xil ma’lumotlarni uzatishni, fikrlar almashuvi kabi murakkab xamkorlikni talab qiladi. Shuning uchun har bir shaxsning jamiyatga tutgan o’rni, ishlarining muvaffakiyati, obrusi uning muloqotga kirisha olish qobiliyati bilan bevosita b og’liqdir. Bir qarashga osonga o’xshagan shaxslararo muloqot jarayoni aslida murakkab jarayon bo`lib, unga odam hayoti mobaynida o’rganib boradi. Muloqotning psixologik jixatdan murakkab ekanligi haqida B. F. Parigin shunday yozadi:"Muloqot shunchalik ko’p kirralik jarayonki, unga bir vaqtning o’zida quyidagilar kiradi: a) individlarning o’zaro ta’sir jarayoni; b) individlarning o’rtasidagi axborot almashinuvi jarayoni ; v) bir shaxsning boshqa shaxsga munosabati jarayoni; g) bir kishining boshqalarga ta’sir ko’rsatish jarayoni; d) bir-birlariga hamdardlik bildirish imkoniyati; ye) shaxslarning bir-birlarini tushunishi jarayoni; Muloqotning turli shaklllari yoki bosqichlari mavjud bo`lib, dastlabki bosqich - odamlarning o`z- o’zi bilan muloqotidir. T. Shibutaki "Ijtimoiy psixologiya" darsligida: "Agar odam ozgina bo’lsa ham o’zini anglasa, demak, u o`z- o’ziga ko’rsatmalar bera oladi" - deb to’g’ri yozgan edi. Odamlarning o`z-o’zi bilan muloqoti aslida uning boshqalar bilan muloqotining harakterini va xajmini belgilaydi. Agar odam o`z- o’zi bilan muloqot qilishni odat qilib olib , doimo jamiyatd an o’zini chetga tortib, tortinib yursa, demak, u boshqalar bilan suhbatlashishda, til topishda qiyinchiliklarni boshdan kechiradi, deyish mumkin. Demak, boshqalar bilan muloqot - muloqotning ikkinchi bosqichidir. A. N. Leontev o’zining "Psixika taraqqiyotidan ocherklar" kitobida muloqotning uchinchi shakli- avlodlar o’rtasidagi muloqotning ahamiyati to’g’risida shunday deb yozadi ; "Agar barcha katta avlodlar ulib kyotganda, insoniyat to’g’ri yo’q bo`lib ketmasdi, lekin jamiyatning taraqqiyoti ancha orqaga surilibgina emas, balki yo’qolib ham ketishi mumkin edi". Xakikatdan ham, avlodlararo muloqotning borligi tufayli har bir jamiyatning o`z madaniyati , madaniy boyliklari, kadriyatlari mavjud bo`ladiki, buning ahamiyatini tushungan insoniyatning eng ilgor vaqillari uni doimo keyingi avlodlar uchun saklab keladigan hamda ta’lim, tarbiya ham kundalik muloqot jarayonida uni avloddan-avlodga o’tkazadilar. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling