Bajardi: Qo’shqorov Murod ilmiy rahbar: Matnazarova Mohira
Devashtich arxivi va qadimgi So‘g‘d yozuvlari
Download 0.57 Mb. Pdf ko'rish
|
Qo’shqorov Murod kurs ishi
2.2. Devashtich arxivi va qadimgi So‘g‘d yozuvlari.
Abdulazizxon (1645-168O) davlatdan tashqariga yuboriladigan xat va yorliqlami tuzgan munshiy ishidan qoniqmasdan, uning I ishiga tuzatishlar kiritgan, ba’zi hollarda uning o‘zi xat va yorliqlami Bundan tashqari, saroyda quyi darajadagi lavozimlar: kichik mushrif, paygemavis, maxramlar va yasovullar mansablari ham bo‘lib, ular ham hujjatlami ro‘yxatlashtirish bilan shug‘ullanganlar. Masalan, paygimavis-paygirlami rasmiylashtirish bilan shug‘ullangan. A.Semyonovning fikricha, “paygir” atamasi Buxoroda uzun qog‘ozlar о‘rami (tumor)ni anglatib, unda bir necha qog‘ozlar bir-biriga yopishtirilgan va truba shaklida o‘ralgan. Ayrim hollarda paygirlar mustahkam bo‘lishi uchun teriga ham yopishtirilgan. Ko‘pincha bunday paygirlar - vaqf yorliqlari uchun ham tuzilar edi. Muhim ahamiyatga ega bo- lgan vaqf hujjatlari va shajaranomalar ikki nusxada tuzilgan. Ikkinchi nusxa davlat arxiviga saqlash uchun topshirilgan. Birinchi nusxadagi hujjatning asl nusxasi yo‘qotilganda, ikkinchi nusxa asosida hujjat tiklangan. Mahramlar saroy huzuridagi amaldorlaming turli xil lavozimlarga tayinlanishi bo‘yieha hujjatlashtirish ishlarini olib borganlar. Fuqarolami qushbegiga, qozi-kalon, viloyat hokimlariga yoki boshqa mansabdor amaldorlarga yozgan turli xil arizalarini yetkazish bilan - yasovullar shug‘ullanishgan; yozgan. 37 Xonlikda yashayotgan arablar ishi biian maxsus mahkama - devon-i arabxona mashg‘ul bo‘lgan. Devon boshlig‘i arablar o‘rtasidagi muammolami rasmiylashtirish va ulami xonlikdagi boshqa tumanlarga ko‘chib o‘tishi, doimiy armiyaga chaqirilishi, soliqlar to ‘ lovi kabi masalalami hal qilgan. Saroy huzurida va devonlar faoliyatida maxsus ish yurituvchi xattotlar bo‘lib, ulami muharrir deb ataganlar. Muharrirlar quyidagi uch turga bo‘lingan: 1) davlat devoni xattoti; 2) amlok yerlar tuzilishi bo‘yicha xattot; 3) doimiy voqealami rasmiylashtiruvchi muharrirlar. Buxoro amirligida markaziy hokimiyat va joylardagi mahalliy amaldorlar o‘rtasida doimiy axborot almashinuvi yo‘lga qo‘yilgan. har bir ma’muriy amaldor (amir, hokim, amlokdor, oqsoqol) huzurida choparlar guruhi bo‘lib, jo ‘natiladigan xabaming hududiy kengligiga va yetkazilayotgan xabaming qancha ko‘p viloyatlarga tarqatilishini hisobga olib, 24 shuningdek, masofaning uzoq-yaqinligiga qarab - choparlar soni oshib borgan. Agar biron-bir mahalliy joylardan hukmdor nomiga hisobot yoki ma’ruza kelganda, shuningdek, biron-bir xat bilan elchi tashrif buyurganda, u holda ular keltirgan hujjatlar eng awalo - kichik inoq qo‘liga tushgan. O ‘rta Osiyoda hozirgi tushuncha bilan aytganda, hech qachon hujjatlami konvert ichiga solmaganlar. Yozma murojaatlar trubaga o‘ralib, buxorocha - lifofa (arabcha o‘rama) deb atalgan. Bu uchburchak qog‘oz bo‘lib, konvert vazifasini o‘tagan. hujjatlami biron-bir manzilga jo‘natishayotganda m i lifofaga o‘rashib, uchburchak qog‘ozni oxiridan tepaga qarab buklashgan va gummiarabik bilan yelimlangan hamda buklangan lifofani eng tepa o‘tkir burchagiga xat jo‘natilayotgan shaxsning ismi va uning manzili yozilgan. Buxoro amirligi Qushbegi arxivi. O ‘zR MDA ilmiy xodimi K.V.Muhsinovaning ma’lumotlariga ko‘ra (1949-yilda Buxoro amiri Qushbegi arxivi hujjatlari bo ‘yicha ilmiy-temik faoliyat olib borgan), amirlikdagi har bir xatning ustiga muallifning ismi bilan birgalikda sana va muhr ham qo‘yilgan. Biroq, muhr amaldor shaxsning o‘z 38 lavozimiga kelgan birinchi yilida buyurtma qilib yasatilganligi uchun bir necha yillardan so‘ng ham u o‘sha muhridan foydalanganligi sababli hujjatda ko‘rsatilgan sana doimo xat mazmuni va haqiqiy sanasiga to‘g‘ri kelavermagan. O ‘z navbatida xabami tayyorlaganda uni muallifi imzo qo‘ymagan, bu o‘sha davrdagi urf-odatlarga ko‘ra, xudoning ismi va amirdan so‘ng imzo qo‘yish hurmatsizlik , hisoblangan. Oliy diniy mansabdor shaxslar: qozilar, raislar va ay- .rim hollarda obro‘li viloyatlar hokimlari bundan mustasno bo‘lib, ularga hujjatlarga o‘z ismlarini ko‘rsatishga ruxsat berilgan. Mang‘itlar sulolasi davrida viloyat hokimlari va qozilar o‘tgan ishlar hisobotini amirga jo‘natib turishgan. Xabarlar har juma kuni bomdod namozidan so‘ng amirga yetkazilgan. Oliy hukmdor beklaming hisobotlarini ко‘rib chiqib, ulami hal etish choralari to ‘ g ‘risida mas ’ ul shaxslarga buyruq bergan. Xat-xabami zudlik bilan yetkazish zarur ho‘lganda viloyat • hukmdorlari bu xabarlami doimiy choparlar orqali emas, balki tezkor maxsus choparlar (“shatir-pari”) orqali jo‘natishgan. Barcha yetkazilgan xabarlar uchun uning egasi markaziy hokimiyatdan xizmat maktubi yoki topshiriqlar olgan. Agar biror-bir topshiriq berilmasa, , hukumat boshlig‘i xabami ma’qullaydigan javob - “Muboraknoma” jo'natgan. 25 Axborotni yetkazish hokimiyat tizimining quyi tabaqasidan yuqori tabaqasiga yetkazish orqali amalga oshirilgan. Davlatdagi ikkinchi shaxs hisoblanmish - “quli- i qushbegi” (Bosh vazir) orqali amiming o‘ziga xabar yetkazilgan. Qushbegi mahkamasiga xabar kelib tushgach, maktubning yuqori o‘ng burchagiga qora tush bilan xabar muallifining ismi yozib qo‘yilgan. Ashtarxoniy Ubaydullaxon (17O2- 1711-yy.) hukmronligi davridan boshlab, “quli-i qushbegi” roli hokimiyat tizimida о‘sib borgan. Mang‘itlar hukmronligi davriga kelib, XIX asming boshidan boshlab, to mang‘itlar sulolasining qulashiga qadar, ya’ni 192O-yilgacha qulii qushbegi lavozimi - “qushbegi-i bolo” deb o‘zgaitirilib — “premerministr” lavozimini anglatgan. Rossiya istilosiga qadar mang‘itlar sulolasi davrida qushbegi eng oliy mansab hisoblangan. Aslida bu 39 mansab egasi Bosh vazir vazifasini bajargan. U amirlikda o‘z vazifasi va majburiyati bo‘yicha amirdan so‘ng birinchi mansabdor shaxs hisoblangan. Amirlikdagi barcha hokimiyat tizimi uning qo‘lida bo‘lib, u davlatning kirim-chiqiftilari ustidan oliy nazoratni o‘matgan, shuningdek, poytaxt tinchligi uchun javobgar bo‘lgan. qushbegi zimmasiga turli xildagi ko‘plab davlat ishlarining yuklanishi va boshqaruv haq-huquqlarini berilishi, Buxoro amirligida alohida idoralar va vazirliklar bo‘yicha davlat apparati funksiyalarini taqsimlanmaganligidan dalolat beradi. Biroq, markaziy hokimiyat turli xil ma’muriy-xo‘jalik masalalari bilan shug‘ullanadigan amaldorlar armiyasiga ega edi. Samarqand o‘lkashunosi va sharqshunos V.L.Vyatkin o'zining V.V.Bartoldga XIX asming oxirida yozgan xatida amirlikda saqlanayotgan davlat hujjatlari haqida quyidagi xabami bergan edi: ‘‘Men tomonimdan to‘plangan ma’lumotlardan amiming kutubxonasi borligi aniqlandi, biroq kutubxona to‘la tashlandiq va tartibsiz ahvolda edi. Bir samarqandlik kishi bilan mahalliy kiyimda Arkka tashrif buyurganimda, saroydagi amaldorlar diplomatik tarzda shubha uyg‘otmaslik uchun kutubxona mavjudligini, ammo kutubxonadan faqat Amiming ruxsati bilan foydalanish yoki qo‘lyozmalami ko‘rsatish mumkinligini ta’kidlashdi. Keyinchalik, Amir saroyida remont ishlarini olib borgan bir tatar kishi, saroyda kitob, xabamomalar va qog‘ozlar bilan tartibsiz to‘ldirilgan uchta katta xonalami ko‘rganligini - menga aytdi. Bir kishi unga Arkdan keladigan kitoblar va eski 26 qo‘lyozmalami muqovalayotganligini ham ta’kidladi. Keyinchalik, Buxoroda bir- necha marotaba eshitdimki, Amir ms fuqarolariga o‘z kutubxonasi va davlat arxivini ko‘rsatishni xohlamaydi. U ehtiyotkorlik yuzasidan kutubxonada mslar uchun o‘ng‘aysiz biror-bir hujjat chiqib qolishidan shubhalanadi yoki bu hujjatlami ko‘rsatishdanko‘ra, maxfiylikda saqlashni afzal ko‘radi”. Amirga yaqin bo‘lgan mansabdor shaxslaming mahkamalarida ularga tegishli faoliyatni yorituvchi hujjatlar to‘plangan. 27 XULOSA Shu juiiiladan, hozirgi kungacha saqlanib qolgan va O ‘zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxividagi “Buxoro amiri Qushbegi arxivi” sarlavhasi bilan I-126- jamg‘armada saqlanayotgan hujjatlardan, turli mazmundagi axborot-ma’lumotnoma materiallar (mamlakatdagi siyosiy ahvol haqidagi ma’ruza va xabarlar, harbiy qismlar ro‘yxati va bo‘linmalari, soliq yig‘imlari to‘g‘risidagi hisobotlar)dan, xizmat maktublari, vaqf hujjatlaridan Buxoro amirligidagi siyosiy, ijtimoiy- iqtisodiy va diniy hayotni o‘rganishimiz mumkin. 1931-yilda Buxoro Arki yerto‘lasidan “Qushbegi arxivi” topilgan. Buxoro muzeyi xodimlari tomonidan arxiv hujjatlarining ayrim qismlari turli xil joylardan yig‘ib, to‘plangan. Masalan, Buxoro ichki ishlar boshqarmasidan va h.k. Awalida muzey xodimlari arxiv ' hujjatlarini tozalash va qayta ta’mirlash ishlarini amalga oshirishgan. Masalan, muzey xodimi M.Xakimov arxiv hujjatlarini ajratayotganda ulami quyidagi hujjatlar guruhiga taqsimlagan: 1. Moliyaviy masalalarga oid hujjatlar 2. Buxoro amiri va Rossiya hukumati o‘rtasidagi yozishmalar. 3. Xorij iy davlatlar bilan diplomatik munosabatlarga oid hujjatlar. 4. Xazinadan Amir xarajatlariga taalluqli xarajat hujjatlari. 5. Buxoro amirligidagi yer-suv munosabatlariga oid hujjatlar. 6. Turli xil yozishmalar: rivoyatlar, tariqa va h.k. M.Xakimov tomonidan amalga oshirilgan ishlardan so‘ng, arxiv hujjatlariga opis (ro‘yxat) tuzishga kirishildi. 1932- yilda Buxoro muzeyi ma’muriyati hujjatlami klassifikatsiya qilishda yordam so‘rab O ‘zbekiston Markaziy arxiv ishi bpshqarmasiga murojaat qiladi. Qiyinchiliklami hisobga olib, shuningdek, maxsus mutaxassislar - fors tilini biluvchilar, sharqshunoslami jalb etish va ajratish ishlarini amalga oshirmasdan arxiv hujjatlarini Toshkentga olib kelish murakkabligini hisobga olib, 1932-yil 22 avgustda O 28 ‘zbekiston Markaziy Arxiv ishi boshqarmasi muzey ma’muriyati bilan maxsus bitim tuzdilar va unga o‘z arxiv hujijatlarini tartibga keltirish uchun ajratishdi. Download 0.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling