Avval aytib o`tilganidek, joriy operatsiyalar bo`yicha balans va kapital xarakati balansi o`zaro chambarchas boglik. Bizning misolda birinchisining takchilligi (-87) katta kismi (+63) kapitalning sof okib kelishi xisobiga moliyalashtiriladi va aksincha, agar to`lov balansi joriy operatsiyalar bo`yicha musbat koldikka ega bo`lsa, kapital xarakati xisobi balans bo`yicha manfiy koldikka yo`l ko`yilgan bo`ladi. SHunday kilib, balansning bu ikki bo`limi bir-biri bilan tenglashib boradi. To`lov balansi koldigi= Joriy operatsiyalar + Kapital xarakati balansiBirok, amalda to`lov balansining bu kismida xam ko`pincha kamomad yoki ortikchalik yuzaga keladi. Barcha mamlakatlarning Markaziy banklari rasmiy zaxiralar deb ataluvchi xorijiy valyuta zaxiralariga ega bo`lib, bu zaxiralar joriy operatsiyalar bo`yicha balans va kapital xarakati bo`yicha balans nomutanosibligini bartaraf etishda ko`llaniladi. Bizning misolda bu nomutanosiblik yoki koldik (-24)ni tashkil etadi va rasmiy zaxiralardan tushumlar xisobiga tartibga solinadi. Rasmiy zaxiralarning kiskarishi (+) kamomad mikdorini ifodalaydi, rasmiy zaxiralarning o`sishi (-) esa to`lov balansining musbat koldigi mikdorini ko`rsatadi. Natijada uning barcha uch bo`limi summasi «0»ni tashkil etishi lozim. Bu esa xorijiy valyuta taklifini va unga mamlakatda bo`lgan talab tengligini bildiradi. 17.4. To`lov balansining tarkibiy kismlari o`rtasidagi boglikliklar
Do'stlaringiz bilan baham: |