Bajardi: ramanberganov yodgorbek qabul qildi: xamrayev ergash


Download 0.68 Mb.
bet3/5
Sana29.03.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1306179
1   2   3   4   5
Bog'liq
3-AMALIY ISH GEODEZIYA TAYYOR

Qisqa Tasvir: 
Turi: optik
Aniqlik (SKP): 2"
Rasm: teskari
Kattalashtirish: 27x




  1. Gorizantal va vertikal burchaklarni o’lchash bo’yicha amaliy ko’nikmalarga ega bo’lish;

Burchak oʻlchovlari 1) geodezik ishlarni bajarishda B.oʻ. teodolit yordamida amalga oshiriladi. Gorizontal burchaklar yuqori aniqlikda (oʻrta kvadratik nuqsoni — 0.5"—1,0"), aniq (2"—1") va texnikaviy aniqlikda (10"—30") oʻlchanadi. Teodolit yordamida vertikal burchaklarni ham oʻlchash mumkin; 2) kon ishlarida uncha aniklikni talab qilmaydigan marksheiderlik sʼyomkalarida gorizontal va vertikal burchaklar hamda masofalar kon burchak oʻlchagichi — taxeometr yordamida oʻlchanadi; 3) mashinasozlikda burchaklar prizmatik burchak oʻlchovlari, burchakliklar, konussimon kalibrlar, andazalar, tangens va sinus chizgʻichlari (lineykalari), noniusli burchak oʻlchagichlar, optik burchak oʻlchagichlar, boʻlish kallagi, teodolitlar, kvadrantlar, goniometrlar va boshqa asbob hamda moslamalar yordamida oʻlchanadi.
Teodolit — ochiq joylarda gorizontal va vertikal burchaklarni oʻlchashda ishlatiladigan koʻchma geodezik asbob. Burchaklarni oʻlchash, triangulyatsiya va poligonometriya ishlarini bajarishda foydalaniladi. Burchak oʻlchash ishlarida gorizontal yoʻnalishda G yoki 30" aniqlikda oʻlchaydigan T.lar qoʻllaniladi. Triangulyatsiya ishlarida (yer sirti holatini aniqlashda) aniqlik darajasi yanada yuqori (0,5" gacha) boʻlgan T.lardan foydalaniladi. Aniqlik darajasi yuqori boʻlgan T.lar universal T. deb ataladi. T.lar bilan ochiq joydagi vertikal burchaklar, masofalar hamda yoʻnalishlar, magnit azimutlarini ham oʻlchash mumkin. T.ning asosiy qismlari — koʻrish trubasi, gorizontal va vertikal doiralar. Gorizontal doira limb va adilakdan iborat. Vertikal doira 15° qiya burchaklarni oʻlchash uchun moʻljallangan. Yangi optik Tlar metall limbli Tlarga nisbatan ixcham, yengil va ishlatish oson. T.lar tuzilishi, aniqligi va boshqa xususiyatlariga koʻra bir necha xil boʻladi (xisob qurilmali, optik mikrometrli, mikroskopli, indeksli va boshqalar).


  1. Download 0.68 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling